Elektron ta’limni boshqaruv tizimi Moodle kurs yaratish


Dasturlarni to’liq o’chiruvchi utilita — Revo Uninstaller


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana11.05.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1449928
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Elektron ta’limni boshqaruv tizimi Moodle kurs yaratish.

Dasturlarni to’liq o’chiruvchi utilita — Revo Uninstaller 
Kompyuter foydalanuvchilari, bilim darajalaridan kelib chiqib, kompyuterga 
o‗rnatilgan dasturlarni har xil ko‗rinishda o‗chirishadi. Kompyuter bilan endi 
ishlashni boshlagan foydalanuvchilar, dastur o‗rnatilgan katalogni topib o‗chirib 
tashlashadi(SHIFT DELETE) va dastur o‗chirildi deb o‗ylashadi. Bunda, agar 
dastur 
ishlab 
turgan 
bo‗lsa, dasturning ba‘zi fayllari o‗chirilmaydi, 
undan tashqari dastur «ярлык«lari, reyestrdagi fayllar ham qolib ketadi. Bunday 
o‗chirish umuman tavsiya qilinmaydi. 
Kompyuter bilan biroz ko‗proq ishlagan foydalanuvchilar esa, «Установка и 
удаление программ» utilitasi orqali kerakmas dasturlarni o‗chirishadi. Bu usulda, 
asosan reyestrda fayllar qolib ketadi, hamma dasturlarda emas, lekin ko‗plarida. 
Reyestrni tozalash biroz qiyinroq, bilmasdan, biror faylni o‗chirib yuborsangiz, 
tamom operatsion tizimni qayta qo‗yishga ham to‗g‗ri kelishi mumkin. 


Yuqoridagi muammo yechimini har xil utilitalar yordamida hal qilish mumkin. 
Shunday utilitalardan biri My Unistaller deb nomlanadi. 
Bu utilita — Revo Uninstaller deb nomlanadi. Revo Uninstaller orqali kerak 
bo‗lmagan dasturlarni to‗liq va xavfsiz o‗chirishingiz mumkin bo‗ladi. Utilita 
orqali o‗chirilgan dastur fayllari reyestrda ham qolmaydi. Dasturni o‗rnatib, uni 
ishga tushiramiz va biroz kutamiz, shundan so‗ng, kompyuterga o‗rnatilgan barcha 
dasturlar ro‗yxati chiqadi. 
O‗chirish kerak bo‗lgan dastur tanlanadi va sichqonchani o‗ng tugmasini bosgan 
holda «удалить» buyrug‗i tanlanadi. Shunday so‗ng, o‗chirilish darajasi 
aniqlashtiriladi. 


Rasmdan ko‗rinib turibdiki, o‗chirilish 4 ta o‗chirilish darajasi mavjud. Tanlashda 
muammo bo‗lishi mumkin emas, to‗liq o‗chirish uchun «расширенный» punkti 
tanlanadi va o‗chirilish uzoq lekin to‗liq amalga oshiriladi. Utilitani ishlatib
qolgan punktlarini ishlatib solishtirib chiqishingiz mumkin. 
Shundan so‗ng, dasturni o‗chirilish boshlanadi va 4 ta bosqichda amalga oshiriladi. 
Qayta tiklash nuqtasini yaratish, dasturni tahlil qilish, dasturni o‗chirish va 
reyestrni tozalash. Shu orqali o‗chirilgan dastur fayllari hech qayerda qolmaydi. 
Bu utilita sodda va juda ixcham hisoblanadi. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling