Elektron taqdimot umumiy tushuncha tuzilishi


Download 336.5 Kb.
bet1/3
Sana13.11.2023
Hajmi336.5 Kb.
#1770235
  1   2   3
Bog'liq
ELEKTRON TAQDIMOT UMUMIY TUSHUNCHA TUZILISHI


ELEKTRON TAQDIMOT UMUMIY TUSHUNCHA TUZILISHI

Reja:




  1. Taqdimot tayyorlash tizimi (Power Point). 

  2. Elektron taqdimot: umumiy tushuncha, tuzilishi. Taqdimot tayyorlashning asosiy bosqichlari.

  3. Taqdimot tayyorlash dasturlari.





Taqdimot dasturi orqali soha bo'yicha animatsion taqdimnoma tayyorlash
PowerPoint dasturi to’g’risida umumiy ma‘lumot
Power Point - bu grafik dasturlar paketi bo’lib, elektron slaydlarni tayyorlash, ular bilan tanishishni uyushtirish va slaydfilmlarni namoyish etishga tayyorlaydi.
Prezentatsiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to’plami bo’lib, ularni ekranda ko’rsatish, tarkatiladigan material, dokladni plani va konspekti shaqlida bitta faylda saqlanadi.
Slayd - bu prezentatsiyaning alohida kadri bo’lib, uz ichiga matnni, sarlavxalarni, grafik va diagrammalarni olishi mumkin.
Tarkatiladigan material - qulay shaqlda bosib chikarilgan va tanishish uchun mo’ljallangan materiallar.
Dizayn kolipi - professional tomonidan oldindan tayyorlab quyilgan grafiklar, buyoklar, jilolar, tovushlar namunasi bo’lib, ular slaydlarda ishlatish uchun mo’ljallangan.
Ranglar sxemasi - bu 8 xil ranglardan tashkil topgan to’plam bo’lib, prezentatsiyalar uchun asosiy ranglar sifatida ishlatiladi.
Animatsiya - bu slaydlarni namoyish qilish va ko’rsatishda ularni samaradorligini oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar va ularni yigindisidan iborat.
Prezentatsiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri - bu Microsoft Office ilovasidagi - POWER POINT dasturidir. U grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animatsiyalardan foydalanib, sifatli prezentatsiyalar yaratish imkonini beradi. Bu dastur yordamida slaydlarni kullab ma‘ruzalar tashkil qilish va ularni maxsus plyonkalarga, kogozlarga, 35 mm. li slaydlarga chop etish, kompyuter ekranida namoish etish mumkin. Shu bilan birga tinglovchilarga tarkatish uchun ma‘ruza konspektlarni va boshqa materiallarni tayyorlash mumkin
Faraz kilaylik, bizning firmamiz uz maxsulotlarini buyurtmalarga tavsiya etmokchi. Albatta buning uchun maxsulotingiz to’g’risida kizikarli gaplar aytishimiz kerak bo’ladi, ya‘ni ko’pdan beri bozorda ishlayotganimiz ichki va tashki firmalar bilan aloqa kilayotganimiz: ishlarimizning rivojlanishi to’g’risida va xokazo. Boshqaga qilib aytganda, biz ishonchli va salmokli sherik ekanimiz, ish jarayonida biz va buyurtmachilar orasida xech qanday muammolar yuzaga kelmasligi to’g’risida auditoriyada ishonch hosil bo’lishi kerak
Microsoft PowerPoint dasturi 1987 yildan boshlab paydo bo’lgan bo’lsa ham, ammo prezentatsion grafik ishlarida yetakchi o’rin tutadi. Bu dasturning keyingi versiyalarida esa shu dasturga yangi ko’shimcha fikrlar va prezentatsiyalarni ko’llashning yangi usullari ishlab chikildi.
PowerPoint ni ishga tushirish uchun Windows ishchi stolidagi «Пуск» tugmsi tanlanib, «Программы» bo’limidan «Microsoft PowerPoint» bandi tanlanib, Enter tugmasi bosiladi (yoki S:\Program files\ Microsoft office\ Office oynasidagi POWERPNT.EXE belgisida sichqoncha tugmasi ikki marta bosiladi (Windows XP da))

Download 336.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling