Elektron tijorat rivojlangan sayin inson lar ning "uzoqlardan-masofadanturib " elektron pullar to’lash lariga to’g’ri kela boshladi. Bunda p ulni masofadan turib qo’ldan qo’lga berishni ng esa umuman ilo ji yo’q
Kriptovalyutalar elektron tijoratidato’lov tizimlari
Download 61.77 Kb.
|
10.Kriptovalyutakar bozoridagi elektron tijorat
Kriptovalyutalar elektron tijoratidato’lov tizimlari
Xozirgi zamondagi an’anaviy to’lov instrumentlari bo’lgan mamlakatlar valyutalari bilan amalga oshirila digan internet tarmog’i orqali mamlakatlararo to’lovlarda bir qancha o’ziga xos muammolar mavjud . Bular jumlasiga , masalan, quyidagilarni kiritishimiz mumkin: To’lovlarni amalga oshirishda albatta banklar tomonidan belgilangan yuqori komission haqni to’lash; Tomonlarning to’liq rekvizitlarini (manzili, hisob raqami, ismi -sharifi va boshqalar) o’zaro oldi -sotti qilayotgan shax slardan tashqari, albatta uchinchi tomonga (bankk a) ma’lum bo’lishi; To’lovlarni markazlashgan holda qaysidir tashkilotlar tomonidan boshqarilishi; Ayrim holatlarda to’lovlar amalga oshirilgach, uni bekor qilish ham mumkinligi tufayli, sotuvchi ham isho nch hosil qilishi uchun ko’proq ma’lumotlar so’rashi kerak bo’ladi. Yuqorida keltirilgan barcha kamchiliklarni hal qila oladigan bir tizim sifatida ilk kriptovalyutalardan biri bo’lgan raqamli pul birligi bitkoin paydo bo’ldi. Bitkoin 2009 yil 3 yanvarda o’zini Satoshi Nakamoto deb atagan shaxs tomonidan yaratilgan va 2008 yil 31 oktyabrida « Birkoin – elektron to’lovlarga mos raqamli tizim » («Bitcoin: A Peer -to -Peer Elektronic Cash System») deb nomlangan maqolada ommaviy e’lon qilingan. Ushbu bitkoin valyutasi ishonchga emas, balki kriptografik kodlash tiz imiga asoslangan va o’zaro hech qanday vositachilarsiz ( bank yoki boshqa moliyaviy instrumentlarsiz ) to’lovlarni bevosita ishtirokchilar orasida amalga oshirilishini ta’minlovchi to’lov tizimi valyutasidir. Bunda nazorat qiluvchi organlarsiz, raqamli valyu ta larning haqiqiyligini murakkab matematik algoritmlar asosida tasdiqlanadigan tizim amal qilgan xolda ishtirokchilarning har biri ushbu pul birliklarni emissiya qilishi ham mumkin. Bitkoinning o’ziga xos jihatlari sifatida quyidagilarni ko’rsatishimiz mum kin: Markazlashmagan tizim – har bir ishtirokchi teng huquq va imkoniyatlarga ega; Hisob-kitoblarning to’liq s haffofligi – har bir ishtirokchi barcha tranzaktsiy alarni ko’rishi mumkin; Nazoratning yo’qligi – hech bir davlat yoki tashkilot tizim ichidagi operatsiyalarni nazorat qila olmaydi; Sirlilik – tizim ishtirokchilar haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlanishini so’ramaydi; Kriptotangalarni emissiya qilish cheklangan –jami 21 million BTC (bitkoin tangasi) chiqariladi; Balans ikki yoqlama yozuv asosida bo’lmaydi, balki barcha tranzaktsiyalar xronologik tartibda barcha ishtirokchilarda ko’rinadi; Kriptovalyutalar inflyatsiyaga uchramaydi. Qiymati esa bozordagi talab va taklifga qarab o’zgaradi; Yuridik (huquqiy) jihatdan kriptovalyutalarning ishlatilishi uchun hech qanday asos mavjud emas; Bitkoin va u bilan bog’liq operatsiyalarning amalga oshirilishi uchun faqatgina internet tarmog’iga ulangan va tegishli dasturiy-texnik ta’minotga ega bo’lgan ishtirokchilarning mavjud bo’lishi kifoya. Kriptovalyutalar bilan ishlash jarayoni qaysidir ma’noda oldindan mavjud torrent tizimida ishlovchi ishtirokchilarning o’zaro fayllar almashinuviga ham o’xshab ketadi. Faqat bu tizimda fayllar o’rnida maxsus kriptografik kodlar xeshlangan xolda bloklarga y ig’iladi. Ushbu bloklarning vaqt bo’yicha to’g’ri ketma -ketlikda tuzilishi esa blokcheyn ( bloklar zanjiri) texnologiyasini yuzaga keltiradi, masalan: Har bir ishtirokchining amalga oshiradigan tranzaktsiyalari ommaviy kalit va mahfiy kalit iorqali amalga oshirilishi ko’zda tutiladi. Ommaviy kalit orqali bo’ladigan harakatlar va tranzaktsiyalar umumiy tizimda barcha ishtirokchilar tomonidan qayd etilib boriladi . Mahfiy (yopiq) kalit orqali kelib tushgan pul mablag ’lari tasdiqlanadi . Bu tranzaktsiyalarni amalga oshirish va umuman boshqa har bir tranzaktsiyani ishlov bergan xolda saqlab olish uchun zamonaviy yuqori ko’rsatgichli parametrlarga ega bo’lgan (video karta ishlov berish tezligi va protsessor taktchastotasi o ’ta yuqori bo ’lgan ) komp’yuterlar va tezkor internet aloqasi bo’lishi talab etiladi . Tizim to’liq kuchlanishda ishlashi uchun esa komp’yuterlar ko’proq energiya sarfini talab etadi . Ushbu harajatlarni sarflash orqali ishtirokchilar rag ’batlantirish sifatida yangi kriptovalyuta ( bitkoin, efirium, laytkoin va boshqalar ) Yoki oddiy pullarda komission haq olish imkoniyatiga ega bo ’ladilar . Ishtirokchilar soni qanchalik ko ’paygani sari kriptovalyuta tangalarini olish ham shunchalik qiyinlashib boraveradi . Xuddi shuning uchun ham kriptovalyutat angalarini qo ’lga kiritishni oltin qazib olingani singari – Mayning qilish deb nomlangan . Xozirgi davrga kelib, Mayning qilish uchun katta-katta inshootlar va binolardan foydalangan xolda doimiy ravishda ishlab turuvchi yirik serverlardan iborat “Mayning fermalari ” tashkil qilingan . Kim avvalroq shu ishga qo’l urgan bo ’lsa, hozirda barcha harajatlarni qoplagan xolda , bir necha million dollarlik daromadga ega bo ’lgan . Ammo bu amalni kechroq boshlaganlarda esa barcha harajatlar hali to ’liqqoplanmagan. Yuqorida kriptovalyutalar orqali amalga oshirladigan to ’lovlarning xususiyatlari haqida ma’lumotlar berildi . Endi esa nima uchun ularning (bitkoin, laytkoin , Efirium va boshqalarning ) qiymati so’nggi vaqtlarda yuqori sur’atlar bilan oshayotgani haqida ma ’lumotlar keltiramiz . Aslida kriptovalyuta tangalarini yaratish uchun sarflanadigan harajatlar unchalik katta emas , biroq, foydali qazilmalar yohud heftni qazib olishdagi tashkilotlar ko’payishi va ushbu zahiralarning kamyob topilishi bois narxi oshgani kabi bitkoinni ham mayning orqali hosil qilish murakkablashgan holatda butun boshli mayning fermalaridagi bir necha kunlik to’xtovsiz amaliyot natijasida bor yo’gi bir nechta bitkion hosil bo ’layotgani hamda bitkoinlar maksimal soni chegaralangani (21 million) narxning ko’tarilishiga sabab bo’lmoqda . Biroq narxlar ko’tarilishiga bundan boshqa sabablar ham mavjud . Eng asosiy sabablardan biri bitkoinni Xitoy , Yaponiya va Januviy Koreya singari rivojlangan davlatlar rasman to ’lov vositasi sifatida qabul qilayotgani (yoki bunga tayyorlanayotgani ) bitcoin tangalarga nisbatan talabni o’ta kuchaytirib, uning narxi 2017 yilning o’zida 998 AQSH dollaridan salkam 20000 AQSH dollarigacha o’sdi(850 foiz). Shuning uchun ham dunyoning yetakchi birjalari va yirik banklari bitcoin savdosini treyding tizimida yo ’lga qo ’ymoqdalar. Garchi kriptovalyutalar bozorining gurkirab rivojlanishi butun jahon moliyaviy –iqtisodiy tizimiga katta ta ’sir qilgan xolda mavjud tizimning yo’q bo’lib ketishiga sabab bo’lishi mumkin bo ’lsada, ayni paytda katta daromad ko’rish istagida bo ’lgan investorlar bitkoinlar bozorining rivojlanishidan manfaatdor bo’lmoqdalar . Shuningdek, Kriptovalyutalar bozorining gurkirab rivojlanishidan eng ko’p manfaatdor insonlar– yashirin iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi investorlardir . Shu va shu kabi faktorlar oqibatida hozirgi davrda bir qancha iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar bitcoin orqali turli noqonuniy va jinoiy faoliyatlarning rivojlanib ketishining oldini olish maqsadida kriptovalyutalari (shu jumladan, bitkoinni ham) to ’lov vositasi sifatida qabul qilishga shoshilishmayaptilar . Bitkoinni harid qilish masalasiga to ’xtaladigan bo’lsak, hozirgi vaqtda uni bir necha maxsus birjalar va bitcoin egalaridan (ishtirokchilardan) to ’g’ridan -to’g’ri sotib olishning bir qancha usullari mavjuddir . Bu savdoda bitkoinning joriy qiymati ishtirokchilar orasida o ’zaro kelishilgan xolda aniqlaniladi . Agar savdo birjalar orqali amalga oshirilgan bo’lsa, u xolda to’lovlar halqaro VISA, Master Card kartalari orqali va bundan tashqari Webmoney, Qiwi, Perfect Money, Advcash, Payeer, Paypal hamda boshqa turdagi electron hamyonlar orqali sotib olish mumkin . Agarda siz 2010 yilda 0,003 kurs bo’yicha 100 Dollarga bitcoin sotib olgan bo ’lsangiz , bugungi kunga kelib uning qiymati 153 Million dollardan oshgan bo’lar edi. Biroq bitcoin yagona kriptovalyuta emas , Xozirgi vaqtda undan tashqari boshqa bir qancha turdagi kriptovalyutalar ham mavjud. Quyida ular haqida bir qancha qiziqarli ma’lumotlar keltiramiz . Download 61.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling