Elektron tijorat rivojlangan sayin inson lar ning "uzoqlardan-masofadanturib " elektron pullar to’lash lariga to’g’ri kela boshladi. Bunda p ulni masofadan turib qo’ldan qo’lga berishni ng esa umuman ilo ji yo’q
Elektron tijoratda qo’llaniladigan kriptovalyutalarning tavsif i
Download 61.77 Kb.
|
10.Kriptovalyutakar bozoridagi elektron tijorat
Elektron tijoratda qo’llaniladigan kriptovalyutalarning tavsif i
Litecoin (Laytkoyn) deb nomlangan kriptovalyuta dunyodagi eng ommalashgan kriptovalyuta turlaridan biri hisoblanadi. Litecoinning maxsus yaratilgan saytida uni ko’pincha «raqamli valyuta» deb ham ataylaydilar. Litecoin uni yaratuvchilar tomonidan asosiy raqamli valyuta bo’lgan Bitcoinning evolyutsiyasi hisoblansada, undan ancha-muncha farq ham qiladi. 2013 yilning 11 dekabri xolatiga ko’ra BTC-E birjasida 1 LTC taxminan 33 AQSh dollariga teng hisoblangan. Laytkoinlar pul almashtirish shaxobchalarida bitkoinga yoki oddiy pullarga almashtirilishi mumkin. Undan tashqari, kriptovalyutalar turli xil tovar va hizmatlarni sotib olish uchun ham ishlatilishlari mumkin ( agarda sotuvchilar bunga rozi bo’lsalar, albatta). Laytkoin o’zining bir qancha ko’rsatgichlari bilan Bitkoinga juda ham o’xshab ketadi. Bular jumlasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: Mayning pullar topishning asosiy vositasi; Tarmoqning markazlamaganligi va tarqoqligi; Tizimda tashqi nazoratning mavjud emasligi; Laytkoin emissiyasining algoritmik jihatdan chegaralanganligi; Pul mablag’lariga anonym jihatdan egalik qilish Mumkinligi va ulardan foydalanishning anonimliligi (bunga tranzaktsiyalar ham kiradi); Tranzaktsiyalarni rad etishning mumkin emasligi; Mablag’larni tarmoqning bir qismi bo’lgan hamyon faylida saqlanishi. Xuddi Bitcoin kabi, Litecoin ham C++ tilida yozilgan va mijoz uchun Windows, Mac OS X, Linux versiyalarida saqlanadi. LITECOIN (LTC)ning BITCOIN (BTC)dan asosiy farqlari: Litecoin hisoblash amallari uchun markaziy protsessorni Bitcoinga nisbatan samaradorroq ishlatadi, mayning jarayonining afzalliklari esa unda biroz pastroq darajada. Pul o’tkazmalarini tasdiqlash uchun to’rt marta kamroq real vaqt sarfi kerak bo’lishi; Pul mablag’larining maksimal katta miqdoridan foydalana olish mumkinligi – ya’ni 84 million dollar; Har 3,5 kunda kriptografik hisoblarning murakkablik darajasi qayta hisoblanilib turiladi; Tarmoqda jami bo’lib 84 million LTC dan foydalanish mumkin, bu esaBTC ga nisbatan to’rt marta ko’p deganidir (21*4); Yangi bloklar generatsiya qilinganiuchun mukofotlanuv miqdori ham 840 000 blokdan so’ng, ikki baravarga kamaytiriladi; Laytkoinning loyihachilari o’zlarining asosiy maqsadlari sifatida bitkoin tizimidagi xatolar va kamchiliklarni tuzatishni qabul qilganlar. Kriptovalyutalar bilan ish olib borilganida Litecoinning kursi Bitcoinning kursiga bog’liq ekanligi kuzatiladi. Bu ularning bir biriga bog’liqligidan emas (chunki ular bir-biriga bog’liq bo’lmagan valyutalardir), balki Bitcoin va Litecoinga bo’lgan talab va taklifning o’zaro balansi natijasida paydo bo’ladi. Kriptovalyutalarning kurslarini umuman bashorat qilib bo’lmaydi va xolat istalgan daqiqada batamom o’zgarib ketishi mumkin. Ayniqsa bu xolat 21 million bitkoinlar ishga tushib ketgandan so’ng yaqqol kuzatiladi. Laytkoinlarning keyingi vaqtda kuzatilgan katta muvaffaqiyati quyidagilarda deb ta`kidlashimiz mumkin: 1. Kipr davlatining o’z iqtisodiyotining ayrim qismlarni bitkoinlarga o’tkazishni rejalashtirganligi; 2. Kriptovalyutaga juda katta pullar oqimining kirib kelganligi. Ularning kapitalizatsiyalashuvi bir necha milliard AQSH dollaridan oshib ketdi; 3. Ko’pchilik insonlarning 100 sumga ham, 3 dollarga ham bitkoin sotib ollolmaganliklari ularning bitkoin millionerlari bo’lish imkoniyatlarini batamom yo’qqa chiqarganligi, laytkoinga bo’lgan umidni oshirdi; 4. Shuning uchun ham bitkoindan keyingi ikkinchi alternativ kriptovalyuta – laytkoinning obrusi orta boshladi. Ushbu bozorda faoliyat ko’rsatayotgan ko’pchilik insonlar laytkoin ham bitkoinning muvaffaqiyatini qaytarishiga va u ham 1000dollargacha kattalikka o’sa olishiga ishonadilar; 5. Kriptovalyutalarning asosiy birjalari o’zida laytkoinlardan ham foydalanish mumkinligini bildirdi; 6. Yuqoridagi ko’rsatilgan sabablar tufayli ko’pchilik insonlar yaxshi umid bilan laytkoinlarni faol ravishda sotib ola boshladilar. Xozirgi davrdagi asosiy kriptovalyutalarning qisqacha tavsifi quyidagi jadvalda keltirilgan: Valyuta Kod Yaratilgan vaqti Muallif Faollik Sayt Xesh Izox Bitcoin BTC 2009 Satoshi Nakamoto Ha bitcoin.org SHA-256 Birinchi va eng ommabop kriptovalyuta, proof-of-work Litecoin LTC 2011 Coblee Ha litecoin.org Scrypt proof-of-work Namecoin NMC 2011 Vinced Ha dot-bit.org SHA-256 proof-of-work. Markazlashmagan DNS sifatida, internet-tsenzurani qiyinlashtirish maqsadida Kriptovalyutalarning ba`zi bir xususiyatlarini va internet manzillarini quyida qisqacha tavsiflab o’tamiz: Download 61.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling