Mingyillik rivojlanish maqsadlari


Download 307.68 Kb.
bet1/4
Sana09.06.2023
Hajmi307.68 Kb.
#1470494
  1   2   3   4
Bog'liq
Ming yillik rivojlanish maqsadlari

Mingyillik rivojlanish maqsadlari

Mingyillik Rivojlanish Maqsadlari

2000 yilda jahon tarixida va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarixida muhim voqea bo`ldi. Mingyillik Sammiti muhim global da`vatlarga e`tiborni qaratish uchun 189 mamlakat rahbarlarini to`pladi. Ular ushbu dunyoni butun insoniyat uchun yaxshiroq qilish majburiyatini o`z zimmalariga oldilar. Davlatlar qashshoqlikka qarshi kurashish, xizmatlarning asosiy turlaridan bahramand bo`lishni yaxshilash, kasalliklar tarqalishini kamaytirish va atrof muhitni himoyalash uchun kuch-g`ayratni birlashtirish borasida noyob imkoniyatga ega bo`ldilar. “Mingyillik Deklaratsiyasi” 21 asrga mo`ljallangan Global kun tartibini belgilab berdi hamda Mingyillik Rivojlanish Maqsadlari (MRM) sifatida ma`lum bo`lgan cakkizta konkret maqsadga erishishga qaratilgan vazifalarni qo`ydi. Shunday qilib, “Mingyillik Deklaratsiyasi” jahon yetakchilarining azmu qarorlarini aks ettiradi, 2015 yilgacha bo`lgan davrda rivojlanishning “yo`l xaritasi” hisoblanadi.

1-maqsad

O’ta qashshoqlikka barham berish

  • Kuniga 1 dollardan kam mablag’ga kun ko’rayotgan kichilar o’ta qashshoq hisoblanadilar. Ular jahon bo’yicha 1,3 mlrd kishini tashkil etadi.
  • Jahonda har 7 daqiqada bir bola ochlik yoki u bilan bog’liq sabablar tufayli nobud bo’ladi.
  • Qashshoqlarning eng ko’p qismi – Afrikaning Sahroi Kabirdan janubdagi mamlakatlariga to’g’ri keladi.

Kam ta’minlanganlikni va qoniqarsiz oziqlanishni qisqartirish

  • Jahon banki tomonidan tayyorlangan 2003-yilgi “Turmush darajasini baholash” ko’rsatkichiga ko’ra, O’zbekiston aholisining 26,2% kundalik oziqlanish ratsionining yaxshilanishiga muhtoj. Bular, asosan, janubiy viloyatlarning uncha katta bo’lmagan shaharlarida va Qoraqalpog’istonda yashovchi oilalardir. Orol dengizi qurib borayotganligi natijasida yuzaga kelayotgan ekologik oqibatlar bu muammoni yanada ildiz otishiga sabab bo’lmoqda

Download 307.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling