Elektron tijorat tadqiqot metodologiyasi
Download 41.67 Kb.
|
Tadqiqot Amaliy
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI BUDJET HISOBI VA G'AZACHILIGI FAKULTETI ELEKTRON TIJORAT TADQIQOT METODOLOGIYASI MAVZU: Nazorat savollariga javoblar TALABA: Abdullayev Arslon GURUH: BET-70/22TOSHKENT - 2023 Nazorat savollariga javoblar Ilmiy tadqiqotning masu’liyatli bosqichidan olingan natijalarni rasmiylashtirish tashkil qiladi. Katta fanga qadam tashlagan yosh tadqiqotchi qo‘lga kiritgan izlanish natijalarini Oliy ta’lim muassasi hukmiga taqdim qilishdan oldin ilmiy ishlarni rasmiylashtirish qonun-qoidalari bilan batafsil tanishib chiqishi va ularni o‘zini faoliyatida tatbiq qilish lozim. Bajarilgan tadqiqot, uning natijalari davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi Nizom, qabul qilingan standart va qoidalar asosida rasmiylashtirilgandan keyingi mutasaddi tashkilotlar tomonidan tan olinadi. Rasmiylashtirilgan ish ijtimoiy qadriyat va intellektual mulkka aylanadi. Ilmiy tadqiqot natijalari dastlab qo‘lyozma huquqida bo‘lgan hisobot shaklida tayyorlanadi. Keyinchalik hisobot materiallari turli matbuot organlarida chop qilinadi. Amaliy va nazariy jihatdan muhim hisoblangan, o‘zida yangilikni saqlagan ilmiy natijalar monografiya, ilmiy maqola, ilmiy va ilmiy-amaliy anjuman materiallari shaklida chop etiladi. Ilmiy bilimlarni ommalashtirishning zamonaviy vositalari har xil. Bularga filmlar, televideniya, radio va davriy nashrlar kiradi. Kitob va jurnal nashrlarida alohida o'rin bor. Mamlakatimizda ko'plab ilmiy -ommabop jurnallar nashr etiladi. Ilmiy -ommabop kitobning eng muhim vazifasi - ilmiy bilimlarni ommalashtirish va targ'ib qilish. Bu, eng umumiy ta'rifda, kitobning maqsadini tashkil qiladi. Bu funksiya ta'lim va axborot va tarbiya bilan birga har doim yetakchi bo'lib kelgan. Ilmiy-ommabop nashr - bu nazariy va/yoki eksperimental tadqiqotlar to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan va fan va texnika, madaniyat asoslari va yutuqlarini, amaliy faoliyat natijalarini keng omma orasida ommalashtirish va ommalashtirishga qaratilgan nashr. Tilshunoslik tadqiqotlari uchun mo‘ljallangan; Adabiyotshunos uchun mo‘ljallangan; tarixchilar uchun mo‘ljallangan; Ilmiy maqsadlardagi nashr turlari quyidagicha xillanadi: sinkografik; fotografik; "Ilmiy-ommabop nashr - bu fan, madaniyat va amaliy faoliyat sohasidagi nazariy va (yoki) eksperimental tadqiqotlar to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan, mutaxassis bo'lmagan o'quvchi uchun ochiq shaklda taqdim etilgan nashr". Ilmiy-ommabop nashrlarning asosiy vazifasi fan haqidagi ma'lumotlarni targ'ib qilish va ommalashtirish hisoblanadi. Bu funksiya tanishtirish bilan bir qatorda doimo yetakchi bo‘lib kelgan. Olim (yoki jurnalist) ilmiy bilimlarni targ‘ib qilish orqali ommaga fandagi so‘nggi so‘zni aytadi va shu orqali ularni ana shu yangi bilimlar bilan tanishtiradi, ularning bilim darajasini oshirishga yordam beradi va shu bilan birga ta’lim muammolarini hal qiladi. Ilmiy bilimlar ilmiy-ommabop adabiyotlar o‘quvchisini ma’naviy boyitadi, unda yanada kognitiv qiziqish uyg‘otadi, ijodiy tashabbusini rivojlantirishga xizmat qiladi va nihoyat, bilim bilan tanishtiradi. 5. Standartlashtirish deganda haqiqiy va potensial vazifalarga nisbatan umumiy va takroriy qoʻllash qoidalarini belgilash orqali maʼlum bir sohada tartibga solishga erishishga qaratilgan faoliyat holatlari tushuniladi. Ushbu faoliyat standartlarni ishlab chiqish, nashr etish va qoʻllashda keng qoʻllaniladi. Bugungi kunda katta ijtimoiy tarmoqlarda olimlar o‘zlarining ilmiy ishlarining taqdimotini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo'lmoqdalar. Lekin olimlarning shu imkoniyatlardan foydalanishga befarqligi yoki ularni bilmaslik oqibatida ko‘p olimlarning ishlari haqida jamoatchilik tasavvurga ega emas. Shu bois, har bir olim o‘zining ilmiy ishlarini internetdagi ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib borishlari maqsadga muvofiq. (Google akademiya, Google Scholar, RINS). Jami indekslarning umumiy soni mamlakatning ilmiy salohiyatini aniqlash imkoniyatlaridan biridir). Scopus Elsevier nashriyotiga qarashli bibliografik va referativ ma’lumotlar bazasi bo‘lib, undan shuningdek ilmiy jurnallarda nashr etiluvchi maqolalarning havola keltirilish darajasini aniqlash uchun ham foydalaniladi. Bu ma’lumotlar bazasida 5 mingga yaqin nashriyotlarning 24 mingdan ziyod nashrlari joylangan. Bazaga 2004 yil 15 martda asos solingan. Bu ma’lumotlar bazasiga ushbu veb-sahifaga yozilish va a’zo bolish orqali kirish mumkin. Ushbu ma’lumotlar bazasi o`z ma’lumotlarini izlashda Scopus qidiruv apparatidan foydalanadi. Web of Science (inglizchadan Web of Science (WOS) - “Fan tarmogi”) internet-qidiruv platformasi bo‘lib, u ilmiy nashrlardagi ilmiy ishlar va patentlar, shuningdek o‘z bazalaridagi ilmiy ishlarning o‘zaro havola qilinishini, hisobga oluvchi ma’lumotlar bazalarini ham o‘z ichida oladi va foydalanuvchilarga bu manbalarda qidiruv olib borish imkonini beradi. Web of Science ma’lumotlar bazasi o‘z ichiga tabiiy, texnik ijtimoiy, gumanitar fanlar va san'at sohalariga oid ilmiy ishlarni oladi. Shuningdek, mazkur platformada bibliografik ma’lumotlarni izlash, tahlil etish va boshqarishning o4ziga xos qulayliklari mavjud. Mazkur platforma 2016 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, uning hozirdagi egasi Clarivate Analytics kompaniyasidir. Akademiya Google (google scholar) - bu barcha tur va sohani o‘z ichiga qamrab oluvchi ilmiy nashrlar qidiruv tizimidir. Bu loyiha 2004 yildan buyon uzluksiz ravishda o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. Google Scholar o‘z indeksini Yevropa va Amerikaning mashhur nashrlariga qarashli jurnallarida nashr etiladigan ilmiy ishlar reytinglariga asosan belgilaydi. Bajaradigan funksiyasiga ko‘ra Google Scholar, Scopus, CiteSeerX va GetCITED saytlariga yaqin turadi. Shuningdek, Google Scholar, muayyan to’lov amalga oshirilgandan keyin ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkonini beruvchi funksiyaga ham ega va bu xususiyati bilan u Scopus va Web of Science tarmoqlariga yaqin turadi. Google Scholar bazasining shiori “Gigantlar yelkasida turib” bo‘lib, bu I.Nyuton tomonidan asrlar davomida fan rivoji uchun hissa qo‘shgan va yangi kashfiyotlar va yutuqlar uchun asos bo’lib xizmat qilgan olimlarni nazarda tutib aytgan “Agar men boshqalarga nisbatan uzoqroqni kо`ra olgan bo‘lsam, buning sababi mening gigantlar yelkasida tunganimdir” iborasidan olingandir. Tezis - muayyan katta maqolaning asl mohiyatini tushuntiruvchi kichik izoh. Mavzuni tanlashda quyidagilarga e`tibor berilishi kerak: - Mavzuni tanlashda biriktirib qo’yilgan ilmiy rahbar bilan kengashish va bir to’xtamga kelish. - Kafedradagi himoya mavzulari bilan tanishish, himoyalangan dissertatsiya katalogini o’rganish, tahlil qilish. - Himoya qilingan dissertatsiyalardagi so’nggi yangiliklar, siz mo’ljallayotgan mavzuga yaqin ishlar bilan tanishish. - Zamon talablari asosidagi yangi yo’nalish, muammolar, mavzular yangicha qarashlarni o’rganish. - O’z ilmiy mutaxassisligi bo’yicha adabiyotlar bilan tanishib chiqish, maxsus ilmiy to’plam, mavsumiy davriy nashrlar, internet saytlar bilan tanishib chiqish. - Amaliyotchi mutaxassislar bilan suhbatlar o’tkazish va maslahatlarini olish. Dolzarbligi - Aniqlikligi - yangiligi, jamiyat va hayot bilan bog’liqligi, ayrim mavjud qarama-qarshiliklar yechimiga qaratilishi. - qisqa, aniq muammoni olib, uni atroflicha gorizontal, vertikal, tizimli yechimini izlash. Ma'ruzaning batafsil rejasini tuzish; ma'ruza rejasini eshittirish; rejaning har bir qismini yoritishdan so’ng qisqacha umumiy xulosa qilish; ma’ruzaning bir qismidan boshqa qismiga (bo’limiga) o’tishda mantiqiy bog’liqlikni ta’minlash; muammoli bayon qilish; yozib olish zarur bo’lgan joylarni ajratish (yozdirish); ma’ruzalarni uning alohida holatlarini batafsil tahlil qilish imkonini bеruvchi seminar-mashg’ulotlari va amaliy mashg’ulotlar bilan qo’shib olib borish. 1. Kirish Motivatsiya, qiziqishni uyg‘otish 2. Asosiy qism: Asosiy fikr:1.Asosiy fikr ; 2. Asosiy fikr va hokazo. 3. Yakuniy qism, natija ,xulosa va umumlashtirish. Ilmiy maqola – bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo’lib, u dolzarb ilmiy muammo bo’yicha o’z fikrlarini bayon qilishdir.Yuqori maqsadni ko'zlagan insonlar uchun ilmiy maqolaning o'rni judayam muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy maqolalarda zamonaviy ilm-fan sohalarining nazariy yoki amaliy asoslarini rivojlantirishga tadqiqotchining shaxsiy hissasi nimadan iborat ekanligi iloji boricha yorqinroq ifodalanadi. Ilmiy maqolaning sarlavhasi qisqa va loʻnda boʻlishi, ayni vaqtda imkon qadar mohiyatan material mazmunini aks ettirishi lozim. Maqolaning asosiy qismida olib borilgan ilmiy izlanish doirasida qo‘llanilgan tadqiqot uslublari ta’riflanadi, tadqiqotning to‘plangan va ilmiy jihatdan tahlil qilingan umumiy natijalari keltiriladi. Odatda, bu qism hajm jihatdan maqolaning 80-90% ni tashkil etadi. Bundan tashqari, asosiy qismda olingan natijalarning ilmiy jihatdan yangiligi va amaliy jihatdan sinovdan o‘tkazish natijalari haqida ma’lumotlar keltiriladi. Kimgadir iqtiboslik qilish - bu avvalgi yozgan yoki o‘tmishdagi olimlar ishiga o’z ishingizda e’tibor ko’rsatish, ya’ni iqtiboslik keltirish bu insonning intellektual qarashlari hisoblanadi. Nashrlarga iqtiboslik keltirish sabablari: • hissasini tan olish; • shaxsiy ishini yoki boshqalar ishini fikrlash; • avvalgi ishlarni tanqid qilish; • ushbu mavzuga oid qo’shimcha adabiyotlarni ko’rsatish; • avvalgi ishlarni inkor qilish, tan olmaslik; • ma’lumotlarni tasdiqlash; • hurmat keltirish. Download 41.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling