Elektron tijorat tizimi asoslari Elеktron tijoratning an'anaviy savdo turlaridan farqi. Intеrnеt do’konlar va intеrnеt birja
Download 134.3 Kb.
|
raqamli iqtisod mustaqil ish
Elektron tijorat. Internet do’konlar Reja: Kirish Asosiy qism Elektron tijorat tizimi asoslari Elеktron tijoratning an'anaviy savdo turlaridan farqi. Intеrnеt do’konlar va intеrnеt birja Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Elektron tijorat — iqtisodiy taraqqiyot garovi Mamlakatimizda ishlab chiqarishni izchil diversifikatsiya qilish, ichki va tashqi bozorda raqobatdosh mahsulotlarni ko‘paytirish, kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik subyektlariga biznes yuritish uchun qulayliklar yaratish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, iqtisodiyotning barcha jabhasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bozor iqtisodiyoti sharoitida elektron tijoratning jadal rivojlanishi yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashga, innovatsion tadbirkorlik faoliyatining yanada taraqqiy etishiga xizmat qiladi. Bugungi kunda biznesda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilayotgani natijasida sohaning elektron ko‘rinishi shakllanmoqda, masofalar qisqarib, vaqt tejalayapti. Kundalik turmushimizdagi turli yumushlarni Internet orqali bajarish, xat-xabarlar, to‘lovlarni elektron tarzda amalga oshirish amaliyoti tobora kengayib bormoqda. Pirovardida zamonaviy axborot texnologiyalari asosida yangi turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatish, elektron tijorat, elektron to‘lovlar tizimi va xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblar samaradorligini oshirish uchun keng shart-sharoitlar yaratilmoqda. Birgina joriy yil boshidan buyon kichik biznes subyektlaridan davlat xaridlari hajmi 77,9 milliard so‘mni yoki elektron savdolar orqali amalga oshiriladigan davlat xaridlari umumiy hajmining 99,6 foizini tashkil qildi. Ayni paytda davlat xaridlari bo‘yicha elektron savdolarning joriy etilishi hisobidan 22 milliard so‘mlik yoki shu maqsadga mo‘ljallangan 21,9 foiz byudjet mablag‘lari iqtisod qilindi. Yurtimizda elektron tijorat sohasidagi munosabatlarning normativ-huquqiy asoslari yaratilgan. “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”, “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi va boshqa Qonunlar ana shular jumlasidandir. Ushbu huquqiy hujjatlar asosida elektron bank hujjat aylanishi, elektron plastik kartochkalar kabi tizimlar amaliyotga izchil joriy etilayapti. Barchaga ma’lumki, keyingi yillarda, yurtimizda iqtisodiyotning jadal rivojlanishi kuzatilmoqda. Natijada elektron tijoratning ahamiyati tobora oshib, aholining ushbu soha xizmatlariga bo‘lgan talab va ehtiyojlari yuksalib borayapti. Shak-shubhasiz, elektron tijorat bozorini taraqqiy toptirish axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanib, tegishli mexanizmlarni kengroq joriy qilish, eng avvalo, elektron tijorat sohasining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish zaruratini kun tartibiga olib chiqdi. Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilishi kutilayotgan yangi tahrirdagi “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonun ham ana shu talab va ehtiyojlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur huquqiy hujjat Prezidentimizning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida belgilab berilgan vazifalar doirasida tayyorlangan. Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida keng jamoatchilik, soha mutaxassislari, siyosiy partiyalarning faol ishtirokida, xalqaro va xorij tajribasi chuqur o‘rganilib, ilg‘or yutuq hamda tajribalar hisobga olingan holda qabul qilingan. Senat tomonidan ushbu hujjatning keng muhokamasi tashkil etildi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Qonun elektron tijoratni rivojlantirish uchun yangi huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy va texnik sharoitlar yaratadi. U tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish imkonini beradi. Elektron tijoratni yanada rivojlantirishga, elektron savdoda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishga, bitimlarni tuzish tartib-taomillarini soddalashtirishga, elektron tijorat ishtirokchilari huquqlarini ro‘yobga chiqarishning huquqiy mexanizmlarini o‘rnatish va muhofaza etishga xizmat qiladi. Mazkur Qonun respublikada elektron tijoratni yanada keng joriy etishga huquqiy zamin yaratib, savdo operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha xarajatlar (tranzaksiya xarajatlari)ni kamaytiradi. Elektron tijorat subyektlarining biri-biridan geografik uzoqligi bilan bog‘liq muammolarni hal qiladi. Sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tezkor ravishda shartnomaviy munosabatlarni o‘rnatish uchun sharoit tug‘diradi. Jumladan, bozorda yangi ishtirokchilarning paydo bo‘lishida muhim omilga aylanadi. Qolaversa, u tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhiti yanada yaxshilanishi, xalqaro standartlarga javob beradigan texnologik bozor infratuzilmasini yaratishga qo‘shimcha imkon beradi. Umuman, Qonunda ko‘zda tutilayotgan qoidalar umumdavlat va hududlar manfaatlariga uyg‘un bo‘lib, ular mamlakatda kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy barqarorligi, investitsiya faolligini yuksaltirib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning jahon bozoridagi raqobatdoshligi va sifati oshishida ayni muddao bo‘ladi. Shuni aytish lozimki, "elektron tijorat" tushunchasiga qat'iy ta'rif berish bugungi kunda oddiy ish emas. Gap shundaki, bir tomondan, ommaviy axborot vositalarida va taniqli nashriyotlarda elektron tijorat tovarlarni Internet ishlatish orqali sotib olish, deya ta'riflanadi. Ikkinchi tarafdan, ixtisoslashtirilgan nashriyotlarda elektron tijoratni juda ko'p ta'riflari keltiriladiki, ularda ushbu global xodisaning u yoki bu qususiyati qirralari qayd etiladi. Umumiy qolda bu erda "elektron" va "tijorat" so'zlarini tashkil etuvchilari bugungi kun hisobi bilan qanday ma'no berishini bilib olish lozim. Shundan kelib chiqib, elektron tijorat tushunchalarini amaliy nuqtai nazardan aniqlashtirish bilan chegaralanamiz.Elektron tijorat tushunchasi ostida tovar buyurtmasini qabul qilish, to'lovni amalga oshirish, tovar (xizmat bajarilishi) etkazib berilishidagi boshqaruvda qatnashuvni o'z ichiga oluvchi operatsiyalarning (amallar) yopiq siklli texnologiyasi tushuniladi. Ushbu amallar (operatsiyalar) axborot texnologiyalari va elektron vositalar yordamida o'tkazilib, egalik etish yoki ishlatish huquqini bir yuridik (jismoniy) shaxsdan ikkinchisiga o'tishi ta'minlanadi.Keltirilgan ta'rif elektron tijoratning "ideal" tushunchasini yoki boshqa so'zlar bilan elektron tijorat tizimlarini tashkil etishda intilishi lozim bo'lgan maqsadni o'zida aks ettiradi. haqiqatda bugungi kunda faqat keng rivojlangan elektron tijorat tizimlarigina barcha tijorat kelishuvlar to'liq yopiq amallarni (operatsiyalar) elektron yo'l bilan o'tishini ta'minlaydi. Keyinchalik esa biz shunga amin bo'lamizki, elektron tijorat sinfiga kiruvchi deb qabul qilingan tizimlarning asosiy qismi operatsiyalar (amallar) bajarilishining elektron va odatiy usullari, masalan tovar va xizmatlar to'lovini o'z ichiga oladi. Yuqorida keltirilgan ta'rifda "savdo" va "Internet" so'zlari yo'q bo'lishiga sabab shuki, elektron tijoratda savdo xususiy holat va Internet elektron tijoratni kiritish bo'yicha axborot texnologiyalari vositalaridan biri hisoblanadi. Elektron tijoratda Internet imkoniyatlari 90 -yillardan faol ishlatila boshladi. Elektron tijoratning o'zi esa bundan uzunroq tarixga ega.Elektron tijorat tushunchasining paydo bo'lishi 1948 yilda g’arbiy Berlinni kerakli material -texnik xom ashyo bilan ta'minlash uchun g’arbiy mamlakatlar tomonidan bunyod etilgan avia ko'prikni tashkillashtirish ishlarida qo'llanilgan amaliyot bilan bog’lanadi. Ushbu ko'prik deyarli 11 oy faoliyat ko'rsatib, shahar ehtiyojlari to'g’risida juda tez va aniq ma'lumotlar uzatilishini talab qilgan.Agar Berlin avia ko'prigini elektron tijoratning paydo bo'lish nuqtasi yoki aloqida epizodi hisobida ko'rsak, 30 yillik AT&T korporatsiyasi loyihasining ish faoliyati boshlanishini elektron tijorat tizimi faoliyatining boshlanishi, deya hisoblash mumkin. Loyihaning asosiy g’oyasi AT&T korporatsiyasi telefon chaqiruvlarini operator orqali qayta ishlovning narxini kamaytirish uchun chaqirilgan abonentlar shaharlararo so'zlashuv uchun hisobini avtomatik usuli kashf etilganligida va patentlanganligida tashkil topdi va bu o'z navbatida, 800 talik raqamlar xizmatining tashkil topilishiga asos bo'ldi. AQShda, misol uchun, har yili bu xizmat orqali 100 mlrd. dollarlik shartnoma tuziladi. Elektron savdosidagi chiqimlar sanoatning ichki xarakteriga aloqadar bo’ladi. Elektronli effektiv sxemaning savdo nuqtasini o’ylab topish-internet orqali echiladi. O‘zbekiston Internet tarmog‘idan foydalanish orqali biznes faoliyati rivojlanishining dastlabki bosqichida turibdi. Shu bilan birga, ushbu jarayon boshlangan. Internetdan foydalanuvchilar soni sezilarli darajada o‘sishi kuzatilmoqda. Hozirgi paytda Respublikamizda elektron biznesning predmetini asosan kitoblar, audio hamda videokassetalar va xizmatlarning ba’zi turlari tashkil qiladi.Qayd etilgan tovarlar tanlovi ularni xaridorga yetkazish nisbatan osonligi bilan izohlanadi. Bu esa respublikada yaxshi rivojlanmagan transport infratuzilmasi uchun ayniqsa muhimdir.Ekspert ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan elektron magazinlar soni 100 taga yaqin. Ularning 70 foizi Toshkentda joylashgan. Ushbu magazinlarda chop etilgan nashrlarning electron versiyalarini sotib olish, kitoblar, musiqa hamda videokompakt disklar, kompyuter o‘yinlari, tibbiy maqsaddagi tovarlar va xizmatlar, video-mahsulot montaji uchun uskunalar hamda dasturiy ta’minotni, san’at asarlarini sotib olish mumkin. Maxsuslashtirilgan elektron magazinlaridan tashqari, tovarlarni keng assortimentini taklif etadigan savdo uylari ham mavjud (avtomobil ehtiyot qismlari, kompyuterlar va maishiy texnika, xo‘jalik tovarlari, qurilish materiallari, ofis mebeli, antikvariat va h. k.). Internet yordamida, shuningdek, moliya, ishga yollash, turizm so-hasida fond, riyelterlik, kompyuter va boshqa bozorlarida ishlaydigan firmalarning turli xil xizmatlaridan foydalanish mumkin. Misol tariqasida biz www.torg.uz oziq-ovqat mahsulotlari uchun mo‘ljallangan elektron magazin, www.artel.uz esa texnika mahsulotlarini sotib olish uchun mo‘ljallangan elektron magazinlarni aytib o‘tishimiz mumkin. Download 134.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling