Elektron tijoratda logistikaning o’rni


Download 50.23 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi50.23 Kb.
#1458877
Bog'liq
Elektron-tijoratda-logistikaning-o’rni

Elektron tijoratda logistikaning o’rni

Logistika atamasi (yunoncha ,,logistike ‘’ so’zidan olinib ) – o’ylash , hisoblash , maqsadga muvofiqlik ‘’ degan ma’noni anglatadi.Qadimgi Rim imperiyasida bu atama ,,oziq ovqat mahsulotlarini tarqatish ‘’ deb tushunilgan.Vizantiyada logistika harbiy ta’minot va armiyani boshqarishni tashkil qilish vositasi deb hisoblangan.

Bugungi kunda logistikaga moddiy oqimlarni boshqarish sifatida qaraladi.O’z davrida Sharq bilan G’arbni bog’lab turgan Buyuk Ipak Yo’li orqali bo’ladigan turli xil tovar almashinuvi hamda savdo- sotiq jarayonlarida logistika elementlarini yaqqol ko’rish mumkin.

Logistika – moddiy axborot oqimlarini , ularning birinchi manbayidan to oxirgi iste’molchigacha bo’lgan harakatini boshqarish, nazorat qilish , rejalashtirish , va tshkil etish to’g’risidagi fandir.

Zamonaviy axborot kommunikatsion va internet texnologiyalarining rivojlanish raqamlashtirish jarayonlariga olib keldi.Hozirgi kunda raqamli iqtisodoyot rivojlanish tendensiyalari yangi texnologiyalarni joriy etishni talab etadi.Raqamli iqtisodiyot shakllanmoqda va uning yordamida yangi institutsional o’lchamda yashaydigan raqamli logistika yangi qoidalar va qonunlarga muvofiq rivojlanmoqda.Logistika xalqaro virtual bozorning bir qismiga aylanib , raqobat maydonini kengaytirmoqda.

Elektron tijoratning rivojlanishi logistikaning yangicha shakllanishiga sezilarli darajada turtki berdi , onlayn va oflayn biznesning logistika tarkibiy qismlariga o’zgarishlar kiritdi.

Internet tezkor axborot uzatish vositasi sifatida aralash mamlakatlar , qit’alar barcha chegaralarni ochib tashladi , barqaror aloqalarni yo’q qildi va yangilarining paydo bo’lishiga olib keldi.So’ngi yillarda Internet orqali tuzilgan bitimlar aylanmasi 20 barobardan oshdi.Elektron tijorat sohasida korxonalar o’rtasidagi tovar ayirboshlash sezilarli darajada oshdi.

Elektron tijorat zamonaviy biznes sharoitida tarqatish kanali sifatida raqobatbardoshlikni oshirish imkoniyatlaridan biridir.Elektron tijoratda logistikaning xususiyatlari mahsulotga buyurtma berish , inventarizatsiyani boshqarish , omborga joylashtirish , yetkazib beriladigan mahsulotlarni tarqatish va qadoqlash uchun moslashtirilgan.

Elektron tijoratning samarali ishlashi uchun elektron tijorat tizimini saqlash , inventarizatsiya qilish , mahsulotlarni yetkazib berish va yetarli bo’lmagan mahsulotni qaytarish orqali qo’llab quvvatlovchi izchil logistika tizimi bo’lishi zarur.

An’anaviy logistika elektron tijorat bilan tubdan o’zgardi

Elektron tijoratning mohiyati logistika qanday ishlashini o’zgartirdi , bu esa logistika tizimining samaradorligini oshirishda yangi muammolarni keltirib chiqardi.

Elektron tijoratda logistika sotuvchi va xaridor o’rtasidagi vositachi vazifasini bajaradi.

Internet orqali xarid qilingan mahsulotni o’z vaqtida xaridorning manziliga yetib borishini ta’minlaydi.

Elektron tijoratda logistikaning bosqichlari :


Buyurtma xaridor tomonidan online amalga oshiriladi
Mahsulot sotuvchisi
Shahar /hudud markazi
Qadoqlangan mahsulot
Logistika xizmati provayderi
Zavod ombori
Oxirgi manzil yetkazib beruvchi
Yakuniy buyurtmachi manzili

Xulosa qilib aytganda bugungi kunda har qanday elektron tijorat faoliyatida logistika eng muhim funksiyalardan birini bajaradi.Biz yaratgan elektron tijorat tizimimiz dizayn jihatdan , narhlarning hamyonbopligi , foydalanish osonligi va boshqa jihatlarda o’z ustunliklariga ega bo’lsa-da , zamonaviy , ishonchli va tezkor logistika xizmatisiz ushbu tizimimiz mukammal ishlamaydi , ya’ni , xaridor tomonidan online xarid qilingan mahsulotlar o’z vaqtida ,shikastlanmagan holatda yetkazib berilmasa bu omillar biz yaratgan tizimga nisbatan xaridorlarning salbiy munosabatlariga olib keladi.

Hozirgi kunda logistikaning elektron tijoratda tutgan o’rnini FedEx kompaniyasi misolida ko’rib chiqamiz:

Ushbu kompaniyaga 1971 yilda asos solingan , kompaniya AQSHning Memphis ,Tenessee shahrida joylashgan.Logistika sohasida dunyoning eng yetakchi kompaniyalaridan biri .Asosiy raqobatchisi UPS hisoblanadi.Ushbu kompaniya o’zining tezkor logistika xizmati bilan tanilgan.2021 yil holatiga ko’ra kompaniyaning aylanma daromadi 383.959 milliard dollarni tashkil etgan.

Kompaniyaning ishchilar soni aynan shu yilda 850 000 kishini tashkil etgan.Ushbu kompaniya asosan havo yo’llari orqali logistika xizmatlarini tezkor tashkil etganligi bilan mashxur.Kompaniya Memphis xalqaro aeroportini unyodagi eng gavjum yuk aeroportiga aylantirdi.Kompaniya 138 ta turli yo’nalishdagi yirik kompaniyalar bilan hamkorlik qilib keladi.Ulardan biriga Microsoftni misol qilib keltirish mumkin.


Download 50.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling