Elektron qo‘llanmalar talablar - Elektron qo‘llanmalar - o‘quv fanini yoki uning ma’lum bir bo‘limini mustahkam o‘rganishni ta’minlovchi va o‘zida odatdagi qo‘llanma, ma’lumotnoma mashqlar to‘plami, laboratoriya praktikumi xususiyatlarini birlashtiruvchi dasturiy-uslubiy majmuadir. Ushbu «elektron maruzachi», faqat qo‘llanma yoki o‘quv qo‘llanmasining barcha afzalliklarini saqlab qolish uchun mo‘ljallangan bo‘lmasdan, balki kompyuterlar tomonidan taminlanadigan zamonaviy axborot texnologiyalari, multimedia imkoniyatlaridan to‘la ravishdafoydalanish uchun ham yaratiladi. Bu imkoniyatlarga quyidagilar kiritish mumkin:
- Fizikaviy, kimyoviy va shunga o‘xshash jarayonlarni dinamikada
- ko‘rsatish;
- Bevosita kuzatish imkoniyati bo‘lmagan ob’ekt va jarayonlarni
- ko‘rgazmali ko‘rsatish;
- O‘zining o‘rganish uchun noyob yoki qimmatbaho ko‘rilmalar,
- materiallar, reagentlarni talab qiluvchi, shuningdek insonning sog‘lig‘i va hayoti uchun xavfli ob’ekt va jarayonlarni kompyuterli modellashtirish va ularni ko‘rgazmali ko‘rsatish;
Do'stlaringiz bilan baham: |