Elektronika 1
Download 1.08 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’rt valentli element bo’lgan germaniy va kremniyni tashqi qatlamida uning yaqin atrofidagi to’rt atomlari bilan to’rt kovalentli aloqalar mavjud.
A. Beletskiy Elektronika - 1Toshkent-2006 Elektronika-1 – T. Fan va Texnologiya, 2005, - 108-bet. Kitobda yarim O‘tkazgichlar, tranzistorlar, analogli integral va optoelektron sxemalar, kuchaytirgichlar va elektr tebranish generatorlari o‘rganiladi. Kitob kollej o‘qituvchilari va talabalari uchun mo‘ljallangan. «Fan va Texnologiya» nashriyoti, 2006 y.
Solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi bo‘yicha metallar va dielektriklar orasidagi holatida bo‘lgan moddalar yarim o‘tkazgichlarga kiradi. Ularning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi 10-8 dan 105 sm/m gacha bo‘ladi va metallarga qaraganda xarorat ko‘tarilgan sari uning miqdori oshib boradi. Yarim o‘tkazgichlar ko‘p sonli moddalar guruxini tashkil etadi. Ularga quyidagi kimyoviy elementlari kiradi: germaniy, kremniy, bor, uglerod, fosfor, oltingugurt, margimush selen, kul rangli qalay, tellur, yod, ba’zi kimyo birlashmalar va ko‘p sonli organik moddalar. Elektronikada yarim o‘tkazgichli materiallarning cheklangan soni qo‘llaniladi. Bu birinchi navbatda kremniy va galliy arsenididir. Margimush, bor, fosfor kabi qator moddalar qorishma (aralashmalar) sifatida ishlatiladi. Elektronikada qo‘llaniladigan yarim o‘tkazgichlar ancha va takomillashgan kristallik tuzulishga ega, ularning atomlari fazoda bir-birovidan o‘zgarmas masofalarda aniq davrli ketma-ketlikda joylashgan bo‘lib, kristallik panjarani tashkil qiladi. Yarim o‘tkazgichlar elektronikasida eng ko’p tarqalgan – germaniy va kremniy – panjaralari olmos turidagi tuzilishga ega. Bunday panjarada moddaning har bir atomi huddi shunday to‘rt atom bilan o‘ralgan bo‘lib, to‘g‘ri tetraedrning cho‘qqisida joylashgan. Kristallik panjarada joylashgan har bir atom elektrik neytraldir. Panjara tugunlarida atomlarni ushlab turuvchi kuchlar kvantomexanik harakterga ega; ular o‘zaro xarakatlanuvchi atomlarning valentli elektronlarini almashuvi hisobiga paydo bo‘ladi. Atomlarning shunday aloqasi kovalentli aloqa deb nomlanadi, uning yaratilishi uchun bir juft elektronlar kerak bo‘ladi. To’rt valentli element bo’lgan germaniy va kremniyni tashqi qatlamida uning yaqin atrofidagi to’rt atomlari bilan to’rt kovalentli aloqalar mavjud. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling