Elektronika asbobsozlik


Bug’  yordamida  o‘chirish


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/22
Sana05.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#216048
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
signallarni sinxron detektorlash usuli yordamida qayd qilishni organish

Bug’  yordamida  o‘chirish.  Ba’zi  bir  sanoat  korxonalarida  juda  ko‘p 

miqdorda  bug’  hosil  bo‘lishi  mumkin.  Bunday  korxonalarda  yong’in  chiqqan 

taqdirda bug’dan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.  

Bug  bilan  o‘chirishning  asosiy  moxiyati,  bug’ning  xonalarga  yuborilishi 

natijasida  u  bu  xonadagi  kislorodga  boy  havoni  siqib  chiqarib,  uning  o‘rnini 

egallashiga  asoslangan.  Bug’ning  o‘t  o‘chirish  samaradorligi  uning  ma’lum  bir 

xonaga  yuborilgan  miqdoriga  bog’lik  bo‘ladi.  Bunda  bug’  yonayotgan  xonadagi 



57 

 

asosiy  bo‘shliqlarning  hammasini  to‘ldirib,  kislorodli  havoni  butunlay  siqib 



chiqarishi  kerak.  Bunda  hosil  bo‘ladigan  ortiqcha  namlik  o‘t  o‘chirishning  asosiy 

vositasi bo‘la olmaydi.  

Yuqori  bosimga  mo‘ljallangan  vodoprovod  sistemasida  esa  hisoblangan 

miqdordagi suvni stvollar yordamida binoning eng yuqori nuqtasidan kamida 10 m 

uzoqlikka  otib  berishi  kerak.  Bunday  vazifalarni  bajarish  uchun  vodoprovod 

baklarini yetarli darajadagi balandlikka o‘rnatish bilan yoki ayrim hollarda nasoslar 

yordamida amalga oshiriladi.  

Sanoat korxonalarida o‘t o‘chirish uchun kerak bo‘ladigan suvning miqdori 

sanoat  korxonasining  yong’in  kategoriyasi  va  bu  binoning  o‘tga  chidamlilik 

darajasiga va uning umumiy hajmiga qarab belgilanadi.  

Mashinasozlik  sanoat  korxonalarida  yong’inni  o‘chirish  uchun  suvning 

miqdori 10 l/s dan 40 l/s gacha belgilanadi.  

Agar  vodoprovod  sistemasidan  yong’inni  o‘chirish  uchun  suv  olishi  texnik 

tomonidan  mumkin  bo‘lmasa  (masalan  ichimlik  suvni  ingichka  vodoprovod 

quvurlari  orqali  keltirilayotgan  bo‘lsa)  unda  sanoat  korxonalarini  territoriyasida 

suv  saqlovchi  qurilmalar  tashkil  qilinadi.  Bundan  suv  saqlovchi  qurilmalarning 

hajmi  yong’in  vaqtida  undan  olinadigan  suvning  maksimal  miqdori  3  soatga 

etadigan bo‘lishi kerak.  

Yong’inga  qarshi  qurilgan  vodoprovod  sistemalari  aylanma  vodoprovod 

sistemasiga  suv  ikkita  trubopprovod  bilan  umumiy  sistemaga  ulanadi.  Yong’inga 

qarshi  gidrantlar  sanoat  korxonasi  maydonida  bir-biridan  100  m  dan  ortiq 

bo‘lmagan  masofada  joylashtiriladi va ular  bino devoriga va ko‘chalar  kesishgan 

joylarga 5 m dan yaqin bo‘lmasligi kerak.  

Ko‘pik  bilan  o‘chirishning  asosiy  xususiyati,  u  yengil  alangalanuvchi 

suyuqlik  yuzasini  yoki  qattiq  jism  yuzasini  yupqa  ko‘pik  qavati  bilan  qoplashi 

natijasida, yonayotgan modda bilan havodagi kislorod o‘rtasida to‘siq hosil qiladi. 

Bu  to‘siqning  mustahkamligi  ko’pikning  turg’unlik  xossasiga  bog’liq  bo’ladi 

chunki ko‘pik yengil alangalanuvchi suyuqlikdan ancha yengil bo’lganligi sababli 

uning yuzasida muxofaza qobig’i tashkil qiladi va bu qobiq suyuqlik parlari hosil 



58 

 

bo’lishiga to‘sqinlik qiladi va shuningdek, kislorod kirmasligini ta’minlaydi. Agar 



ko’pikning  turg’unligi  kam  bo’lsa,  unda  suyuqlik  yuzasida  uzilish  hosil  bo‘lishi 

mumkin, ya’ni tarang tortilib turgan parda ochilib ketishi mumkin, bu esa albatta 

alangalanishning  qaytadan  boshlanishiga  sharoit  yaratadi.  Bundan  tashkari 

ko‘pikning  issiqlik  o‘tkazish  xususiyati  juda  past  bo‘lganligidan,  yonayotgan 

yuzadan issiqlikni suyuqlik yuzasiga ta’sir etishiga to‘siqlik qiladi.  

Ximiyaviy  ko‘piklar  asosan  qo‘lda  ishlatiladigan  o‘t  o‘chirgichlarda  keng 

qo‘llaniladi. Ularning muqim o’rnatiladigan turlari ham bor.  

Mexanik  ko‘piklar  esa  4  -  6  ko‘pik  xosil  qiluvchi  poroshoklar  yoki 

rastvorlarni suv va xavo bilan aralashtirilishi xisobiga ko‘pik generatorlari, ko‘pik 

xosil qilish stvollarida ko‘pikka aylantirib ishlatiladi. 

O‘chirish  uchun  ishlatiladigan  ko‘piklarning  xarakterli  belgilari,  ularning 

turg’unligi va ko‘pik  hosil qilish darajasi hisoblanadi. Ko‘pik xosil qilish darajasi 

bu  xosil  bo‘lgan  ko‘pikning  uni  xosil  qilish  uchun  sarflanadigan  moddalarga 

nisbatan  xisoblanadi.  Ko‘pik  xosil  qilish  darajasi  ximiyaviy  ko‘piklar  uchun  5, 

mexanik  ko‘piklar  uchun  8-12  bo‘lishi  mumkin.  Yuqori  ko‘piruvchi  mexanik 

ko‘piklarda  bu  miqdori  100  va  undan  katta  bo‘lishi  mumkin.  Ko‘pikning 

turg’unligi esa uning katta xaroratda so‘nmasdan ma’lum vaqtgacha chidab berishi 

xisoblanadi.  Ximiyaviy  ko‘piklar  suyuqlik  yuzasida  1  soatgacha  PO-1  yordamida 

olingan  mexanik  ko‘piklar  30  min,  PO-6  yordamida  xosil  qilingan  ko‘piklar  esa 

40-45 minut turg’unlikka ega bo‘lishi mumkin.  

Sanoat  korxonalaridagi  o‘t  o‘chirish  sistemalarining  asosiy  qismini  suv  va 

ko‘piksimon moddalar tashkil qiladi. Shuni xam ta’kidlash kerakki, suv va ko‘pik 

bilan  hamma  yerda  va  xar  qanday  yong’inlarni  o‘chirish  mumkin  emas.  Chunki 

ba’zi  bir  xolatlarda  ximiyaviy  reaksiyalar  sanoat  chiqindilari  ta’sirida  yetarli 

darajada  unumdor  ko‘pik  ajratmasdan,  ulardan  boshqa  moddalar  ajralib  chiqishi 

yong’inni kuchaytirishga olib kelishi mumkin.  

Ko‘pikni  xilma-xil  qurilmalarda  xosil  qilish  mumkin:  bular  doimiy 

o‘rnatilgan,  ko‘chirib  yuborish  mumkin  bo‘lgan  yoki  xarakatlanuvchi  qurilmalar 

va qo‘lda ishlatiladigan o‘t o‘chirgichlardir.  



59 

 

Qo‘lda  ishlatiladigan  ko‘pikli  o‘ch  o‘chirgichlar  juda  keng  tarqalgan  o‘ch 



o‘chirish  sistemalari  hisoblanadi.  Ularning  keng  tarqalganligiga  asosiy  sabab,  o’t 

o’chiruvchi moddani hohlagan vaqtda ishlatish mumkin. Uni ishlatish juda oson va 

uni  bir  odam  bir  necha  sekund  davomida  ishga  tayyorlashi  va  ishlatishi  mumkin. 

Bundan  tashqari  undan  ajralib  chiqadigan  ko‘piksimon  modda  oqim  sifatida 

anchagina  bosim  yordamida  (6-8  atm.)  bir  necha  metr  masofadagi  yonayotgan 

zonaga (6-8 m) yo‘naltirilishi mumkin. Bu esa uni samarali ishlatish imkoniyatini 

beradi.  

Adabiyotlar: 

1.  I. Nigmatov «Hayot faoliyati xavfsizligi» Darslik.Toshkent.2011y. 

2.  O.R.Yuldashev «Hayot faoliyati xavfsizligi» Darslik.Toshkent.2014y. 

3.  O‘quv uslubiy majmua “Hayot faoliyati xavfsizligi”ToshdTU.2015y. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


60 

 


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling