Elektronika asbobsozlik
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
signallarni sinxron detektorlash usuli yordamida qayd qilishni organish
Xulosalar
Bitiruv malakaviy ishini bajarish va tayyorlash davomida signallarni sinxron detektorlash usuli yordamida qayd qilish va bu usulda ishlaydigan eksperimental qurilmada o’lchangan foton kristali xususiyatiga ega bo’lgan sun’iy opallarning qaytarish va o’tish spektrlarini o’rganishdan quyidagi xulosalarni qilish mumkin: Signallarni sinxron detektorlash usuli yordamida qayd qiluvchi eksperimental qurilma va sinxron detektor УПИ-1 qurilmasining ishlash prinsiplari va uning ishlatilish sohalari o’rganildi. Signallarni sinxron detektorlash usuli yordamida qayd qiluvchi va kuchaytiruvchi УПИ-1 qurilmasida kuchsiz optik signallarni kuchaytiruvchi fotoelektron kuchaytirgichdan kelayotgan 0.01 mV dan 0.1 mV gacha bo’lgan sinusoidal signallar qayd qilindi. O’rganilayotgan namuna sun’iy opallarning skanlovchi elektron mikroskopda olingan
tasviridan strukturaviy tuzilishi ularning nanoo’lchamli SiO 2 sharlaridan tashkil topganligi va ularning uch o’lchamli foton kristalliga misol bo’la olishini ko’rish mumkin. Signalni sinxron detektorlash usuli yordamida qayd qiluvchi eksperimental qurilma orqali sun’iy opallarning qaytarish spektrlarini o’lchab ularning fton taqiqlangan zonalarini spektrning 430 nm, 480 nm va 530 nm to’lqin uzunliklari sohalarida joylashganini aniqlandi. Signalni sinxron detektorlash usuli yordamida qayd qiluvchi eksperimental qurilma orqali sun’iy opallarning o’tish spektrlarini o’lchab ularning fton taqiqlangan zonalarini qaytarish spektrlariga mos ravishda spektrning 430 nm, 480 nm va 530 nm to’lqin uzunliklari sohalarida joylashganini aniqlandi. Signalni sinxron detektorlash usuli yordamida qayd qiluvchi eksperimental qurilma orqali sun’iy opallarning qaytarish va o’tish spektrlarini o’lchab ularning fton taqiqlangan zonalari Buger-Lambert qonuniga mos ravishda o’zgarishi aniqlandi. 61
Demak, signallarni sinxron detektorlash usuli yordamida qayd qilishdan foydalanish, bizga zamonaviy ilm-fan va texnikaning ko’pgina sohalaridagi kuchsiz signallarni o’lchashda va ulardagi bo’layotgan jarayonlar haqida ma’lumotlar olishda yordam berishi mumkin ekan.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling