Elektronika va elektra texnika fakulteti
Download 165.62 Kb.
|
3-20 maxmudjon
Shishaga o’xshash holatda (qattiq yoki amorf) molekulalar zanjirini hosil qiluvchi atomlar turg’un holat atrofida tebranma harakat qiladi; zvenolar harakati va makromolekulalarning siljishi kuzatilmaydi.
Yuqori-elastik holatda material, zvenolarining tebranishi va makromolekulalarining egilish qobiliyatiga ega bo’lib qolishi natijasida, ko’p bo’lmagan qizdirish natijasida qaytar katta shakil o’zgartirish xususiyati bilan tavsiflanadi. Materialning qovushqoq-oquvchan holati suyuq holatga o’xshab ketadi, ammo barcha makromolekulalarining harakatchanligi hisobiga, yuqori qovushqoqligi bilan farqlanadi. Konstruksion plastmassalar mexanik mustahkamlik ko’rsatkichlari bo’yicha uch ta asosiy guruhga bo’linadi: past, o’rtacha va yuqori mustahkamlik. Plastmassalarning asosiy texnologik xossalari bo’lib: oquvchanlik, cho’kish, qotish tezligi (reaktoplastlar) va termoturg’unlik (termoplastlar) kabi ko’rsatkichlari hisoblanadi. Oquvchanlik – bu materialni unga berilgan shakilni, ma’lum temperatura va bosimda, to’ldira olish qobiliyati bo’lib, u material tarkibidagi to’ldiruvchi, plasifikator, moylovchi materialining turi va miqdoriga bog’liq bo’ladi. Shu bilan birga press-formaning konstruktiv o’ziga xosligiga ham bog’liq bo’ladi. To’ldiruvchisiz termoplastlar uchun oquvchanlik ko’rsatkichi sifatida <<suyuqlanish indeksi>> deb nomlanuvchi va ma’lum temperatura va bosimda diametri 2,095 mmli soplodan vaqt birligi ichida siqib chiqariladigan material miqdori qabul qilingan. Cho’kish tushunchasi orqali press-forma ichki yuzasi o’lchamlariga nisbatan detal o’lchamining absolyut yoki nisbiy kamayishi tushuniladi. Absolyut kattalikdagi cho’kish miqdorining katta qismini press-forma va detal materiallari temperatura koefitsientlari orqasidagi farq tashkil etadi. Cho’kish miqdori bog’lovchi smolaning fizik-kimyoviy xossalariga, to’ldiruvchining miqdori va tabiatiga, unda namlik va uchuvchi moddalar bor yo’qligiga, ishlov berishning temperatura rejimiga va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi. Cho’kishni press-formani loyihalayotganda hisobga olish kerak. Reaktoplastlarning yuqori-elastik yoki qovushqoq-oquvchan holatdan to’la polimerlanish holatiga o’tish jarayoni qotish tezligi bilan aniqlanadi. Qotish tezligi (polimerlanish) bog’lovchining (termoreaktiv smolalar) xossalariga va ishlov berish temperaturasiga bog’liq bo’ladi. Qotish tezligining pastligi materialni bosim ostida press-formada ushlab turish vaqtini oshirib yuboradi va jarayonning ish unumini pastlatib yuboradi. Qotish tezligining ortiqcha kattaligi materialni kutilgan vaqtdan avval press-formaning o’zida polimerlanishiga olib keladi,natijada qolip ichidagi bo’shliqning ba’zi joylari quyilayotgan material bilan to’lmay qolishi mumkin. Termoturg’unlik ostida shunday vaqt tushuniladiki, bu davir mobaynida termoplast parchalanmasdan ma’lum temperaturaga bardosh beradi. Yuqori termoturg’unlikka polietilen, polipropilen, polistirol kabilar ega bo’ladi. Past termoturg’unlika ega materiallar (poliformaldegid, polivinilxlorid va boshqalar) uchun ularga ishlov berish jarayonida parchalanib ketishini oldini olish choralarini ko’rib olish kerak bo’ladi. Masalan, qoliplar kesimini, diametrini oshirish vas hu kabilar. 8. Polimer materiallardan tayyorlangan buyumlarning xossalari sezilarli darajada ularni tayyorlash yoki materialni qayta ishlash texnologiyasiga bog’liq bo’ladi. Xuddi shunday bog’liqlik metal buyumlarni tayyorlashda ham kuzatiladi, ammo qayta ishlash rejimining polimer materiallar xossalariga ta’sir etishi, tuzilishi va molekulalararo struktura o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan, o’ziga xoslikka ega. Termoplastdan tayyorlangan detallarning sifati polimerning makromolekulalar va molekulalararo strukturaviy xossalari bilan aniqlanadi. Bu xossalar materialni detalga aylantirish jarayonida hosil qilinadi va texnologik rejim ko’rsatkichlariga bog’liq bo’ladi. Bu polikaproamid quymasini tayyorlash misolida yaxshi ko’rinadi. Quymaning temperaturasini 220 dan 2650C gacha ko’tarish uning molekulyar massasini 29600 dan 16800 gacha kamayishiga olib keladi. Quyma temperaturasining ortishi bilan termoplastlarning (polietilen, polipropilen) mexanik xossalarini ifodalovchi: mustahkamlik, elastiklik moduli, nisbiy cho’zilish kabi asosiy hususiyatlari sezilarli darajada pasayadi. Polimerdan bosim ostida quyib tayyorlangan detallarning xossalari bosimning qiymatiga ham bog’liq bo’ladi. Polimerlarga termik ishlov berishning asosiy turlari: polimer materiallarga termik ishlov berish polimerlarni qayta ishlashning muxum texnologik jarayonlaridan biri xisoblanadi. Hatto plastmassalardan tayyorlangan buyumlarga yuqori mustaxkamlik yoki yeyilishga chidamlilik kabi talablar qo’yilmagan hollarda ham har qanday detal tayyorlashda ham yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ichki kuchlanishlarni bartaraf etish uchun ham ularga termik ishlov beriladi. Kristallanuvchi termoplastik polimer materiallarga ratsional rejimlarda termik ishlov berish yo’li bilan uning zichligini, qattiqligini, molekulyar massasini, cho’zilish va siqilishdagi mustahkamlik chegarasini, zarbiy qovushqoqligini, yeyilishga chidamliligini oshirishga va foydalanish jarayonida detallar o’lchamining turg’unligini ta’minlashga erishiladi. Termik ishlov berishning samaradorligi polimerdan buyumlar olish jarayoni barcha bosqichlaridagi temperatura rejimlariga bog’liq bo’ladi. Metallar kabi polimerlar uchun ham to’rt xil termik ishlov berish turi ishlatiladi: toblash, yumshatish, normallash va bo’shatish. Qisqa qilib aytganda polimerlarga termik ishlov berish – bu, kerakli xossalarni olish maqsadida amalga oshiriladigan, detalni ma’lum temperaturagacha qizdirish, shu temperaturada ushlab turish va ovutishdan iborat jarayondir. Kompozitsion materiallar ichida sintetik polimerli kompozitsion materiallar bosh o’rinni egallaydi. Polimerlin kompozitsion materiallar (PKM) quidagi ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi: sun’iy kelib chiqishi; material tarkibida kimyoviy tarkibi bo’yicha ikkitadan kam bo’lmagan va aniq chegaralari bilan bir-biridan ajralib turadigan tashkil etuvchilardan iboratligi; tashkil etuvchilar o’zining hajmiy ko’rinishi bilan kompozitsiya hosil qilishi; kompozitsiya har bir tashkil etuvchisiga tegishli bo’lmagan yangi xossalarga ham ega bo’lishi kabi ko’rsatkichlari bilan. Polimerli kompozitsion materiallarning ko’plab turli-tuman tarkiblari ichida minimum ikkita alohida fazalar bo’ladi – matrisasi va puxtalovchi (armatura) elementi, undan tashqari oraliq (fazalararo) qatlam ( element) ham bo’lishi mumkin. Matritsa tushunchasida uzluksiz fazoviy fazasi tushuniladi va u buyumning shaklini saqlovchi, tasir etuvchi kuchlanishni puxtalovchi elementga uzatib beruvchi, boshqa turdagi tashqi omillarga qarshilik ko’rsatuvchi sifatida namoyon bo’ladi. Bog’lovchiancha keng ma’noga ega bo’lib matritsa faqat qattiq (tayyor) PKMlar ychun tegishli xolos. Matritsa fazasini ifodalovchi ko’rsatkich bo’lib g’ovakli, germetiklik, tashqi muhit (namlik, benzin, moylar, kislotalar va boshqalar) ta’siriga chidamlilik, qoldiq kuchlanish, puxtalovchi bilan o’zaro bog’lanish mustaxkamligi, mexanik xossalari,yemirilishdagi qovushqoqligi kabilar kiradi. Bog’lovchi tushunchasi texnologik ma’noni ifodalaydi. Shuning uchun bog’lovchi matritsadan farqli o’laroq polimer fazasining yashovchanligini, qovushqoqligini, ho’llash qobiliyatini, adgeziyasini, texnologiyabopligini, yod qo’shimchalarning mavjudligini, cho’kishini, ekologiyabopligini ifodalaydi. Puxtalovchi (armatura) fazasi donador zarrachalar, uzluksiz tolasimon puxtalovchi elementlar, listlar, qatlamlar ko’rinishida bo’lishi mumkin. PKM larda ko’pincha tolasimon elementlardan foydalaniladi. Ular elementar tola, iplar to’plami, bog’lamlar, chiviqlar, arg’amchilar, lentalar, turli usulda to’qilgan matolar, turli o’lcham va zichlikdagi setkalar, fazoviy xatolik (erkin) joylashgan mayda tolalar va boshqa ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Oraliq (fazalararo) qatlam (faza) matritsadan farq qiladi va matritsani puxtalovchi element bilan to’g’ri birikishini ta’minlash va kerakli hajimni egallash uchun xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: U.A.Ziyamuxamedova ,,Materialshunoslik” Toshkent -2018. Download 165.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling