«Elektronika va radio texnika» kafedrasi «Elektronika va sxemalar 1» fanidan


Download 69.03 Kb.
Sana30.11.2020
Hajmi69.03 Kb.
#156338
Bog'liq
«Elektronika va radio texnika» kafedrasi «Elektronika va sxemala




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

«Elektronika va radio texnika» kafedrasi

« Elektronika va sxemalar 1» fanidan

MUSTAQIL ISH

Mavzu: Elektr zanjiri elementlari. Aktiv ba Passiv qismlar.



Bajardi: CAE024_L-1 guruh talabasi

Rasulov Izzatbek

Qabul qildi: Xolmonov Shodiyor

Toshkent 2019

Mavzu: Elektr zanjiri elementlari, Aktiv va Passiv qismlar

Reja:

  1. Elektr zanjirlari va uning elementlari.

  2. Aktiv va passiv qismlar

  3. Xulosa.

  4. Foydalanilgan adabiyotlar

Elektr zanjirielektr energiyasi manbalari, qabul qilgichlari (isteʼmolchilari) va ularni bir-biriga tutashtiruvchi oʻtkazgichlar (simlar) majmui. Elektr zanjiri tarkibiga ulabuzgichlar (viklyuchatellar), qayta ulagichlar (pereklyuchatellar), saqlagichlar, himoyalash va kommutatsiya (uzibulash) apparatlari, oʻlchash va nazorat asboblari va boshqalar ham kiradi. Elektr zanjiri yordamida elektr energiyasi (elektromagnit energiya yoki zanjirida elektr toki, elektr yurituvchi kuch EYUK, potensiallar farqi mavjud boʻlgan boshqa tur energiya) uzatiladi, tarqatiladi hamda kuchlanishi pasaytiriladi yoki oshiriladi. Elekt energiyasi manbalarida biror turda gi energiya (suv, issiklik va boshqalar ener giyasi) elektr energiyasiga, qabul qil gichlar (isteʼmolchilar)da elektr ener giyasi issiqlik, mexanik va boshqalar tu| energiyaga aylantiriladi. Elektr zanjiri rejim" (isAh maromi) barcha qismalardagi tok va kuchlanish qiymatiga bogʻliq boʻladi. Elektr zanjiridagi tok, EYUK va kuchlanish oʻrtasidagi munosabat Kirxgof qonunlari bilan tushuntiriladi (qarang Kirxgof koidalari). Elektr zanjiri oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok zanjirlariga boʻlinadi. Elektr zanjirining asosiy elementlari: rezistor, induktivlik gʻaltagi, elektr kondensator va boshqalar

Elektr zanjirlari deb, elektr toki hosil qiluvchi va uni olinishini ta`minlash uchun berk yo`l hosil qiladigan qurilmalar yig`indisiga aytiladi.



Elektr zanjiri, asosan elektr energiyasining manbai YE elektr energiyasi iste`molchisi-R, birlashtiruvchi simlar hamda zanjirni ulab-uzish uchun moslama (ulagich) - U kabi elemetlardan tashkil topgan (1-rasm).

1-rasm. Elektr zanjiri.



Manbada boshqa tur energiya (issiqlik, mexanik, kimyoviy va shunga o`xshashlar) elektr energiyasiga aylanadi. Elektr energiyasini hosil qiluvchi turli manbalarning shartli belgilanishi quyidagicha:

  • EYUK;

  • Galvanik elementlar yoki akkumulyator batareyalari;

  • Ketma-ket ulangan galvanik elementlar;

  • Termometrlar;

  • Fotoelement;

  • O`zgarmas tok mashini generatori;

  • O`zgaruvchan tok elektr mashina generatori.

Elektr energiya ist`yemolchilarda boshqa tur energiyalarga aylanadi. Elektr energiya iste`molchilari sxemalarda quyidagicha belgilanadi:

  • Zaryadlanuvchi akkumulyator;

  • O`zgarmas tok dvigateli; - Elektr peni;

  • Chuglanma lampa.

Elektrotexnik qurilmalarni ulab uzish uchun kommutatsion (qurilmalar) apparatlar ishlatiladi (uzgichlar, ulagichlar, tumblerlar, va sh. o`.). Elektr zanjirlarini kommutatsion apparatlari quyidagicha belgilanadi:

  • Bir qutbli (uzgich);

  • Pereklyuchatel;

  • 3 fazali ulagich (rubilnik).



2-rasm. Sodda o`zgarmas tok zanjiri

Zanjirdan o`tayotgan elektr tokining qiymati yoki kuchi o`tkazgichning ko`ndalang kesimidan vaqt (t) birligi ichida o`tayotgan elektr zaryadlarining miqdori -q Bilan aniqlanadi, ya`ni tok kuchi zaryadlarning xarakat tezligiga proporsional kattalikdir:

i=dq/dt

agar zanjirdan o`tayotgan tokning yo`nalishi va qiymati vaqt davomida o`zgarmas bo`lsa, bunday tok o`zgarmas tok deyiladi va quyidagicha belgilanadi:

i=q/t ,(A) 1A=1Kl/1c

Elektrotexnik qurilmalarda o`tadigan energetik jarayonlar juda murakkab bo`lib elektromagnit maydonlarini hosil bo`lishi hamda ularni ifodalovchi miqdorlarni o`zgarishi Bilan bog`liq. Ularni ifodalash uchun elektromagnit maydonlarni ifodalovchi vektor, elektr va magnit miqdorlari talab qilinadi, ya`ni elektr E, magnit maydoni N kuchlanganliklari, magnit induksiyasi V, elektr toki zichligi j va boshqalar. Lekin ko`p hollarda elektrotexnik qurilmalarni asosiy hususiyatlari fizika kursidan ma`lum integral tushunchalar orqali ham ifodalanishi mumkin: tok, EYUK, kuchlanish.

Elektr zanjirlarni zamesheniya sxemalari.

Zamesheniya sxemalari real elektr zanjirlarini matematik ifodalanishi bo`lganligi sababdan ular ko`p hollarda elektr zanjirlarini matematik modeli deb ham ataladi.

Kuchlanishi toka bog`liqligi elektr zanjiri elementlarini asosiy xarakteristikalari xisoblanadi. Bu bog`lanishlarni volt-amper xarakteristikalari deb atashadi(VAX).

Elektr zanjiri elementlari passiv va aktivga bo`linadi. Barcha elektr energiya manbalari aktiv elementlar hisoblanadi, ular EYUKni ma`lum miqdori Bilan harakterlanadi.

Elektr energiya issiqlikka aylanadigan zanjir elementi qarshilik R yoki o`tkazuvchanlik g Bilan xarakterlanadi. Bunday elementlar passiv elementlar deb ataladi.

Aktiv elektr zanjirlari passiv elementlardan tashqari, elektron yoki yarimo`tkazgichli asboblardan tashkil topadi, ularda kirish signali energiyani o`zgarish jarayonini boshqaradi. Bu energiya esa manbadan keladi.

Real elementlarni modellari elektr energiyasi ideal manbalari va ist`yemolchilari tushunchasidan foydalanishga asoslanadi. Masalan: rezistivli, induktivli va sig`imli elementlar, yana tok va kuchlanish manbalari.



Rezistiv elementlarni matematik modellari Om qonuni asosida yoziladi, unga ko`ra aktiv qarshilik r (yoki o`tkazguvchanlik g ) tok (t) ko`rinishidagi ta`sir Bilan kuchlanish I(t) ko`rinishidagi reaksiya orasidagi aloqani ifodalovchi parametr hisoblanadi.

O --t vaqt oralig`idagi intervalda rezistorda boshqa tur energiyaga aylangan elektromagnit energiya:

Quyidagi tenglama induktiv elementlarni matematik modullari hisoblanadi:

Quyidagi tenglama sig`im elementini matematik modeli hisoblanadi:


Rvt qarshilikni rezistiv element va EDS YE manbaadan iborat elementlari ketma-ket ulangan elektr energiya manbasini zamesheniya sxemasi quyidagicha bo`ladi: a) ichki qarshilikli EYUK manbaasi;

b) elektr energiya mabaai va passiv iste`molchi ketma-ket ulangan zanjirni zamesheniya sxemasi.

Elektr energiya manbaasi va aktiv iste`molchi ketma-ket ulangan zanjirni sxemasi quyidagicha ko`rsatiladi:



RН

Aktiv iste`molchi volt-amper xarakteristikasi (a) va zamesheniya sxemasi (b); elektr energiya manbaasi va aktiv iste`molchi ketma-ket ulangan zanjirni zamesheniya sxemasi (v). Elektr zanjiri va u asosida tuzilgan zamesheniya sxemasi quyidagicha bo`ladi:

a) elektr zanjiri. b) zamesheniya sxemasi.

Xulosa:

Men ushbu ishni bajarish mobaynida Elektr zanjirlari, elektr kattaliklar , Elektr zanjirining elementlari va boshqalar haqida bilmagan bilmlarni urgandim va o’zimga tegishli xulosalar chiqardim deb o’ylayman. Hayotimizda bu kattaliklar zanjirlar dan ko’p foydalanamiz har bir texnika borki zanjirlarni to’g’ri ulamasa yoki elementlarini o’z o’rnini topib qo’yilmasa nosozlik bo’ladi yoki ishlamaydi.



Shunday ekan biz yoshlar Elektronika va Sxemalar fanini chuqur va mukammal o’rganishimiz kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Xonboboev А.I., Хаlilov N.А. Umumiy elektrotexnika va elektronika asoslari. Darslik. – Т.: “Uzbekiston”, 2000. – 446 b.

  2. Karimov A.S va boshqalar. “Elektrotexnika va elektronika asoslari”. -Toshkent.: O‘qituvchi, 1995. – 465 b

  3. Атабеков Г.И. Теоретические основы электротехники. Линейные электрические цепи: Учебное пособие. 7 – е изд., СПб.: Издательство «Лань»,2009. – 592 с.

  4. Majidov S.М. “Elektrotexnika”, Toshkent, “O’qituvchi” 2000 y., 210b.

Download 69.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling