«Электроника ва схемалар 1» фанидан оралик назорат саволлари
Download 1.75 Mb.
|
1 dan 24 gacha javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- RL VA RC ZANJIRLARDAGI GARMONIK TEBRANISHLARNI TADQIQ ETISH. 1 .
Rezistor (ba`zan rezistiv element, rezistiv qarshilik, Omik qarshilik degan nomlari ham uchraydi) deb, elektr energiyasi sarflanib, uning xususiyatlari U=Ri yoki i=GU bog‘lanishlar bilan ifodalangan elementga aytiladi (2.1-rasm). Bunda R- qarshilik va G- o‘tkazuvchanlik deb nomlangan proportsionallik koeffitsientlari. 2.1-rasmda ularning sxemalarda belgilanishi keltirilgan. R va G o‘zgarmas bo‘lganda chiziqli (2.1a-rasm) va aksincha, R va G lar tok yoki kuchlanishga bog‘liq o‘zgarganda nochiziqli (2.1b-rasm) qarshilik yoki nochiziqli o‘tkazuvchanlik deyiladi. 2.1d-rasmda mos ravishda ularning VAX lari keltirilgan.
2.1-rasm. Rezistorlar ((a)-chiziqli, (b)-nochiziqli) va ularning VAXsi (d). Elektromagnit energiyani zahiralash xossasiga ega bo‘lgan, fizik xususiyatlari tenglama bilan ifodalanuvchi induktiv g‘altakning ideallashtirilgan elementi induktivlik elementi (yoki induktivlik) deyiladi. L proportsionallik koeffitsiyenti induktivlik deyiladi va Genri [H] o‘lchov birligiga ega. 2.2-rasmda chiziqli induktivlikning belgilanishi hamda bog‘lanishlar keltirilgan. 2.2-rasm. Chiziqli (a) va nochiziqli (b) induktuvlik elementi va ularning veber-amper xarakteristikalari (d). Elektr energiyasini zahiralash xossasiga ega bo‘lgan, fizik xususiyatlari q=Cu tenglama bilan ifodalanuvchi kondensatorning ideallashtirilgan elementi sig‘im elementi deyiladi. C proportsionallik koeffitsiyenti sig‘im deyiladi va Farada [F] o‘lchov birligiga ega. 2.3-rasmda chiziqli (a), nochiziqli (b) sig‘imning belgilanishi hamda q=Cu bog‘lanishlar keltirilgan. 2.3-rasm. Chiziqli (a) va nochiziqli (b) sig‘im elementi va ularning xarakteristikalari (d). Ketma-ket ulangan R, L va C zanjirlarda garmonik tebranishlar RL VA RC ZANJIRLARDAGI GARMONIK TEBRANISHLARNI TADQIQ ETISH. 1.Ketma-ket RC-zanjirdagi garmoniк tebranishlar rejimlarini tadqiq etish Elektr zanjirining kompleks qarshiligi: Bu yerda Z- kompleks qarshilikning moduli, - kompleks qarshilikning argumenti; Zanjirning kompleks qarshiligini algebraik shaklda ifodalash mumkin: Z=R+jX, Bu yerda R – qarshilikning faol tashkil etuvchisi; X – qarshilikning reaktiv tashkil etuvchisi. R = Z . cos φ ; Х = Z . sin φ ; Ideal rezistorning kompleks qarshiligi ZR = R bo'lib u haqiqiydir. Uning argumenti nolga teng. Ideal sig'imning kompleks qarshiligi -90° argument bilan mavhumdir. Zc = -jXc, Bu yerda Xc- sig'im qarshilik bo'lib chastotaga teskari mutanosib: Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling