«Электроника ва схемалар 1» фанидан оралик назорат саволлари
Download 1.75 Mb.
|
1 dan 24 gacha javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba qismi
Hisoblash qismi
1-rasmda tasvirlangan elektr zanjiri uchun berilganlar : generator kuchlanishi Ug; generator chastotasi F; rezistor qarshiligi R; kondensator sig'imi C. Hisoblash: Zanjirdagi ta'sir etuvchi tokning qiymati; Ug generator kuchlanishi va tok I orasidagi faza siljishi; Ur rezistordagi kuchlanish; Uc kondensatordagi kuchlanish. Hisoblash natijalarini 1-jadvalga kiriting. U, I, Ur ,Uc, lar aks etgan vektor diagrammasini quring. 1-rasm.Ketma-ket ulangan RC zanjir parametrlarini hisoblash uchun sxema. 1-jadval Ug= JN V ,R = 5 kОm , С = 5 nF bo'lganda RC zanjir parametrlarini hisoblash
Tajriba qismi Tajriba qismida quyidagilar bajarilishi shart: Generator chastotasining har xil qiymatlarida (R va C doimiy) RC zanjirning elementlaridagi kuchlanishni o'lchang; Generator chastotasining har xil qiymatlarida (R va C doimiy) RC zanjirning kuchlanishi va RC zanjirning toki orasidagi fazalar siljishini o'lchang; Tajriba natijalarini hisoblash natijalari bilan taqqoslang va o'tkazilgan hisoblashlarning to'g'riligiga ishonch hosil qiling; Zanjirning R va C elementlaridagi kuchlanishni o'lchang (generator chastotasi o'zgartirilmaydi); RC ning har xil qiymatlarida RC zanjirdagi kuchlanish va RC zanjirdagi tok orasidagi fazalar siljishini o'lchang (generator chastotasi o'zgartirilmaydi). 2-rasmda o'lchashlar o'tkazishning prinspial sxemasi keltirilgan. Past chastotali generator (G2 chiqish «0 dB» ) past chastotali generator garmonik tebranishlar manbai hisoblanadi. PV1 voltmetr Ug generatorning chiqish kuchlanishini o'lchash uchun ishlatiladi. PV2 voltmetr Ur rezistordagi kuchlanish o'lchaydi: 2-rasm. O'lchashlarni o'tkazishning prinspial sxemasi (variant 1)
O'lchashlar so'ngida past chastotali generator chiqish kuchlanishi rostlagichini soat miliga qarshi oxirigacha burang. Uc kondensatordagi kuchlanish qiymatlarini olish uchun 4-rasmga muvofiq o'lchash sxemasini o'zgartirish zarur. Bu bilan zanjir rejimi o'zgarmaydi, lekin PV2 voltmetr kondensatordagi kuchlanishni, fazometr esa generatorning chiqish kuchlanishi va kondensatordagi kuchlanishlar orasidagi fazalar siljishini ko'rsatadi. 4-rasm. O’lchasharni o’tkazishning prinspial sxemasi. 5-rasm. Qurilma elementlarining ulanish sxemasi
Past chastotali generator chiqish kuchlanishini Ug= 3 V qilib o'rnating. PV2 voltmetr va fazometrning ko'rsatishlarini 3-jadvalga kiriting. Тok I ning qiymatlarini hisoblang va ularni 3-jadvalga kiriting. 2 va 3 rasmlarga muvofiq o'lchash sxemalariga qayting. R = 10 kOm, С = 5 nF bo'lganda o'lchashlarni o'tkazing. Natijalarni 3-jadvalga kiriting. R = 5 kОm, С = 10 nF bo'lganda o'lchashlarni o'tkazing. Natijalarni 3-jadvalga kiriting. 5 kHz li chastotaga mos keluvchi 3-jadvaldagi tajriba natijalarini 2-jadvaldagi ma'lumotlar bilan taqqoslang. Zarur xulosalar chiqaring.
Ideal induktivlikning qarshiligi uning reaktiv qarshiligi bilan mos tushadi; X=XL Real induktiv chulg'ami orqali tok oqib o'tayotganda energiyaning kamayishiga olib keladi. Real induktiv chulg'amidagi energiya isrofni ketma-ket ulangan o'rnini bosuvchi sxemani e'tiborga olib, unda ideal induktivlikni L ga ketma-ket ulangan R, yo'qotish qarshilikli rezistor ulangan sxemani tasavvur qilish mumkin (l-rasm). Shuning uchun real induktiv cho’lg'amning kompleks qarshiligi nafaqat mavhum balki haqiqiy tashkil etuvchilarga ham ega: ZL = RL + jXL l-rasm. Real induktiv cho’lg'amli o'rnini bosuvchi sxema Elektr zanjirlarining asosiy passiv elementlari va ularning ideal va real modellari. Elektr zanjirlari deb, elektr toki hosil qiluvchi va uni olinishini ta`minlash uchun berk yo`l hosil qiladigan qurilmalar yig`indisiga aytiladi. Elektr zanjiri, asosan elektr energiyasining manbai YE elektr energiyasi iste`molchisi-R, birlashtiruvchi simlar hamda zanjirni ulab-uzish uchun moslama (ulagich) - U kabi elemetlardan tashkil topgan (1-rasm). 1-rasm. Elektr zanjiri. Manbada boshqa tur energiya (issiqlik, mexanik, kimyoviy va shunga o`xshashlar) elektr energiyasiga aylanadi. Elektr energiyasini hosil qiluvchi turli manbalarning shartli belgilanishi quyidagicha: EYUK;
Galvanik elementlar yoki akkumulyator batareyalari;
Ketma-ket ulangan galvanik elementlar; Termometrlar; Fotoelement; O`zgarmas tok mashini generatori; O`zgaruvchan tok elektr mashina generatori. Elektr energiya ist`yemolchilarda boshqa tur energiyalarga aylanadi. Elektr energiya iste`molchilari sxemalarda quyidagicha belgilanadi: Zaryadlanuvchi akkumulyator; O`zgarmas tok dvigateli; Elektr peni; Chuglanma lampa. Elektrotexnik qurilmalarni ulab uzish uchun kommutatsion (qurilmalar) apparatlar ishlatiladi (uzgichlar, ulagichlar, tumblerlar, va sh. o`.). Elektr zanjirlarini kommutatsion apparatlari quyidagicha belgilanadi: Bir qutbli (uzgich); Pereklyuchatel; 3 fazali ulagich (rubilnik). 2-rasm. Sodda o`zgarmas tok zanjiri Zanjirdan o`tayotgan elektr tokining qiymati yoki kuchi o`tkazgichning ko`ndalang kesimidan vaqt (t) birligi ichida o`tayotgan elektr zaryadlarining miqdori -q Bilan aniqlanadi, ya`ni tok kuchi zaryadlarning xarakat tezligiga proporsional kattalikdir: i dq dt Agar zanjirdan o`tayotgan tokning yo`nalishi va qiymati vaqt davomida o`zgarmas bo`lsa, bunday tok o`zgarmas tok deyiladi va quyidagicha belgilanadi: i q , ( A) t 1A 1Kl 1c Elektrotexnik qurilmalarda o`tadigan energetik jarayonlar juda murakkab bo`lib elektromagnit maydonlarini hosil bo`lishi hamda ularni ifodalovchi miqdorlarni o`zgarishi Bilan bog`liq. Ularni ifodalash uchun elektromagnit maydonlarni ifodalovchi vektor, elektr va magnit miqdorlari talab qilinadi, ya`ni elektr E, magnit maydoni N kuchlanganliklari, magnit induksiyasi V, elektr toki zichligi j va boshqalar. Lekin ko`p hollarda elektrotexnik qurilmalarni asosiy hususiyatlari fizika kursidan ma`lum integral tushunchalar orqali ham ifodalanishi mumkin: tok, EYUK, kuchlanish. Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling