Elektronika va sxemalar fanidan
zarralar bir tomonga tartibli harakat qiladi, ya'ni oqadi va elektr toki hosil bo'ladi
Download 127.91 Kb.
|
Sattorov A 2-mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- bipolyar va unipolyar
zarralar bir tomonga tartibli harakat qiladi, ya'ni oqadi va elektr toki hosil bo'ladi.
Tok hosil bo'lishida elektr maydonning o'rni Zaryadli zarralarning harakat qilisliiga sabab, o'tkazgichda elektr maydonning mavjudligidir. Elektrometrning sharchasi manfiy zaryadlangan. O'tkazgich uclii sharchaga tekkizilmasdan awal yerning o'tkazgich ulangan joyi neytral bo'ladi, ya'ni manfiy va musbat zaryadlar teng miqdorda bo'ladi. O'tkazgich sharchaga ulangan zahoti undagi manfiy zaryadlarning ta'sirida yerning bu neytal joyidan manfiy zaryadlar qochadi.O'tkazgichning yerga ulangan joyida musbat zaryadlar qolishi natijasida sharcha va yer orasida elektr maydon vujudga keladi. Bu maydon ta'sirida sharchadagi elektronlar yer tomon tartibli harakat qiladi va o'tkazgichda tok hosil bo'ladi.Qattiq jismlarning, jumladan, metallarning atomlari tartibli davriy strukturali kristall panjarani tashkil etadi. Kristall panjaraning atom (ion)lar joylashgan nuqtalari t deyiladi.Metall atomining eng chekka orbitasidagi elektronlar o'z yadrosi bilan kuchsiz bog'langan bo'ladi. Metallarda bunday elektronlar o'z atomini tark etib, erkin elektronlarga aylanadi, atomlar esa musbat ionga aylanib qoladi. Ion — elektroni ortiqcha yoki elektroni yetishmaydigan atom. Agar atomni elektronlaridan birontasi yoki bir nechtasi tark etsa, bunday atom musbat ionga aylanadi. Atom ortiqcha elektron olganda esa, bu atom manfiy ionga aylanib qoladi. 1 sm3 metallda 1022—1023 ta erkin elektron mavjud. Metall kristall panjara tuzilishida bo'lib, panjara tugunlarida musbat zaryadli ionlar joylashgan. O'z atomini tark etgan elektronlar kristall panjara orasida erkin harakatlanib yuradi Masalan, mis (Cu) atomi yadrosida 29 ta musbat zaryadli proton bo'lib, yadro atrofida 29 ta manfiy zaryadli elektron yadro atrofidagi turli orbitalar bo'ylab aylanib yuradi. Eng chekka orbitada 1 ta elektron bo'lib, yadro bilan juda kuchsiz bog'langan bo'ladi. Unga qo'shni atomlarning yadrolari ham ta'sir etib turadi. Kuchlanish tokni yuzaga keltiruvchi elektr maydonni tavsiflovchi fizik miqdordir. Bu juda muhim fizik miqdor bilan tanishish uchun tajribaga murojaat qilamiz. Cho'ntak fonarning lampochkasi ulangan elektr zanjirida tok manbayi akkumulatordir. Boshqa zanjirda tok manbayi shahar elektr tarmog'idir. Bu zanjirga binolarni yoritadigan lampa ulangan. Ampermetrlarning ko'rsatishicha, ikkala zanjirdagi totaling kuchi taxminan bir xil. Biroq shahar tarmog'iga ulangan lampa cho'ntak fonari lampochkasiga qaraganda ancha ko'p issiqlik va yorug'lik beradi. Buning sababi shuki, elektr lampochkalaridan o'tayotgan tok bir xil bo'lgani holda, ulardagi kuchlanish har xildir. Cho'ntak fonarining lampochkasi batareyadan past kuchlanish ostida yonadi. Bu lampochkaning spirali orqali har bir kulon elektr o'tganda ozgina ish bajariladi, shu sababli lampochka issiqlik va yorug'likni oz beradi. Ikkinchi lampa esa, ancha katta kuchlanish ostida yonadi. Bu lampaning spirali orqali har bir kulon elektr o'tganida ancha ko'p ish bajariladi.Zanjirning biror qismi orqali bir kulon elektr o'tganida bajariladigan (yoki bajarilishi mumkin bo'lgan) ish zanjirning bu qismi uchlaridagi kuchlanish deb ataladi. Bu ish qancha ko'p bo'lsa, zanjir qismining uchlaridagi kuchlanish shuncha yuqori bo'ladi. 1948 y. D.Bardin va V.Bratteyn nuqtali n-p o‘tishlar bilan ishlab turib, ikki n-p o‘tishli qurilma quvvati bo‘yicha elektr tebranishlarni kuchaytirish qobiliyatiga egaligini guvohi bo‘lishdi. Bu qurilmani ular tranzistor deb atashdi (“Transfer” - o‘zgartiruvchi va “resistor” - qarshilik – ingliz so‘zlaridan olingan). Bugungi kunda bir yoki bir nechta n-p o‘tishli va uch yoki undan ko‘p uchlari bo‘lgan elektr o‘zgartiruvchi yarim o‘tkazgichli asbob tranzistor deb nomlanadi. Tranzistorlar konstruksiyasi bo‘yicha nuqtali va yassi bo‘lishi mumkin, biroq, garchi nuqtali tranzistorlar oldin paydo bo‘lishiga qaramasdan, ularning nostabil ishlashi shunga olib kelindiki, bugungi kunda faqat yassi tranzistorlar ishlab chiqariladi. Yassi tranzistor yarim o‘tkazuvchining monokristalli bo‘lib, unda ikki hudud bir tipdagi o‘tkazuvchanlikka ega, qarama-qarshi tipdagi o‘zgaruvchanlikka ega bo‘lgan hudud bilan bo‘lingan. Bu asboblarni asosiy vazifasi elektr tebranishlarni kuchaytirish yoki generatsiyalashdan iborat. Oddiy p-n-p va n-p-n o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan bipolyar tranzistorlar quyidagi rasmlarda o‘z aksini topgan. Bulardan tashqari qanday quvvatda ishlay olishiga qarab kichik quvvatli tranzistorlar R=0,3 Wt gacha; o‘rtacha quvvatli tranzistorlar R=0,3-3,0 Wt gacha; va katta quvvatli tranzistorlar R=3,0 Wt dan yuqori quvvatlarga bo‘linadilar. Yarim o‘tkazgichli triod elektron asboblarining bir turi bo‘lib, tranzistor deb ataladi. Tuzulishi va ishlash usuliga qarab tranzistorlar bipolyar va unipolyar tranzistorlarga ajratiladi. Bipolyar tranzistorlarning ishlashi p-n o‘tish hodisasiga, unipolyar tranzistorning ishlashi esa, bir turdagi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan yarim o‘tkazgichning o‘tkazuvchanligini elektr maydoni yordamida boshqarishiga asoslangan. Bipolyar tranzistor yarim o‘tkazgich monokristalda ikkita p-n o‘tish sohasini hosil qilish asosida yasaladi. Uni o‘tkazuvchanligi almashib keladigan 3 ta sohaga ajratish mumkin. Agar monokristallning hajmi bilan chegaralangan bo‘lsa, hosil bo‘lgan yassi tranzistor p-n-p turdagi tranzistor deyiladi. Aksincha, kovak o‘tkazuvchanlik soha orasida bo‘lsa n-p-n turdagi tranzistor hosil bo‘ladi. Download 127.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling