Elektronika va sxemalar ifanidan mustaqi ish Bajardi: Mirzailova N


Download 336.92 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi336.92 Kb.
#1028076
Bog'liq
Elektronika va sxemalar ifanidan mustaqi ish Mirzailova Noila

Elektronika va sxemalar ifanidan mustaqi ish

Bajardi:Mirzailova N

Tekshirdi:Sabirova U

Toshkent-2022


Mavzu:Sanoq tizimlari
REJA:
1.Sanoq tizimlari
2. Sanoq tizimi qoidalari
3.Xulosa
Sanoq tizimlari pozitsion va nopozitsion turlarga bolinadi. Nopozitsion tizimlarda raqamning aniq qiymati o‘zgarmas bo‘lib, sonni yozishda uning o‘rni ahamiyatga ega emas. Bunday sanoq tizimiga Rum sanoq tizimi misol bo‘la oladi. Masalan, XXVl 1 sonini yozishda X ning o‘rni ahamiyatga ega emas. Bu son qayerda turishidan qat’iy nazar 10 ga teng.
Pozitsion sanoq tizimda raqamning aniq qiymati, sonni yozishdagi o‘rniga bog‘liq bo‘1adi. Raqamli texnikada faqat pozitsion sanoq tizimlari qo‘llaniladi.
Ixtiyoriy son Q ni q asosga ega ixtiyoriy sanoq tizimi da quyidagi polinom yordamida ifodalash mumkin:
bu yerda: x1 — razryad koeffitsienti (x1=0...q—1);
q — vazn koeffitsienti.
q soni ham butun, ham kasr son bo‘lishi mumkin. Raqamning pozitsiya tartibi x1 razryad deb ataladi.
(1)
q ning musbat darajaga ega bo‘lgan razryadi xl sonning butun qisrnini, manfiy darajaga ega bo‘1gan qismi esa — kasr qisrnini hosil qiladi. x n-1 ve x-m raqamlar mos ravishda son ning katta va kichik razryadlari hisoblanadilar. I kkilik sanog‘ida q = 2, o‘nlik sanog‘ida m = 10. Sanoq asosi qancha katta bo‘lsa, mazkur sonni ifodalash da shuncha kam miqdorda razryad talab qilinadi, demak, uni uzatish uchun kam vaqt sarflanadi.
Boshqa tom ondan, q asosga ega bo‘lgan sonni elektr signallar yordam ida ifodalash uchun, chiqishida turli q elektr signallar shakllantiruvchi elektr qurilma talab qilinadi.
Demak, q qancha katta bo‘lsa, elektron qurilma shuncha ko‘p turg‘un diskret holatlarga ega bo‘lishi kerak. q ortishi bilan chiqish signalining diskret sathlari orasidagi farq kamayib boradi. Demak tashqi ta'sirlar natijasida xatoliklar yuzaga kelish ehtimoli ortadi va qurilma murakkablashib ketadi.
Ma'lumki, uchlik tizim (q =3) eng samarali, ikkilik (q =2) va to‘rtl ik (q =4) t izim lar esa undan quyi hisoblanadi. Yeta rli xalaqitbardoshlikni ta’minlashda q ni tanlash mezoni bo‘lib, apparat xarajatlarini minimallash hisoblanadi.
Bu munosabatda ikkilik tizimi tanlangan, chunki elektron qurilmalar faqat ikkita turg‘un holatga ega bo‘lishi kerak. U holda, bu tizimda signallarni ajratish uchun faqat: impuls bormi yoki yo‘qmi? degan savolga javob berish kifoya bo’ladi. Masalan, o‘ nlik son J=29 ikkilik tizimda quyidagi ko‘rinishda
simvol ko‘rinishda esa — 11101 raqamlar ketma-ketligi bilan ifodalanadi.
Shunday qilib, ikkilik sanoq tizimida ixtiyoriy sonni 0 yoki 1 raqamlari yordamida yozish mumkin ekan. Bu sonlarni raqamli tizimda ifodalash uchun elektr kattalik (potensial yoki tok jihatidan bir-biridan aniq farqlanuvchi, ikkita holatni egallashi mumkin bo‘lgan qurilmaga ega bo‘lish yetarli hisoblanadi. Bu kattaliklardan biriga 0 raqami,
ikkinchisiga esa 1 raqami beriladi.
Hisoblash texnika qurilmalari bilan ishlashda 2, 8, 10, 16 asoslarga 5ga bo‘lgan pozitsion sanoq tizimlari bilan to‘qnash kelinadi. Raqamlarni bir sanoq tizimidan ikkinchisiga o‘tkazish uchun quyidagi qoidalar mavjud:
  • qoida. Kichik asosga ega bo‘lgan sanoq tizimidan katta asosga ega bo‘lgan sanoq tizimiga o‘tishda (1) ifodadan foydalaniladi.

Misol. X2= 10112 ikkilik sonini J 10 o‘nlik soniga o'zgartiring.
Yechimi. ( 1 1.1) ga asosan q =2 uchun
X10 = 1 2 + 1 2 + 0 2 + 1 2 =11
ga ega bo‘lamiz.
3
2
1
0
2-qoida. Kichik asosga ega bo‘lgan sanoq tizim idan katta asosga ega bo‘lgan sanoq tizimiga o ‘tish quyidagicha amalga oshiriladi:
  • birlam chi signalning butun qismi yangi sanoq tizim i asosiga bo‘linadi;
  • b) birlam chi signalning kasr qismi yangi sanoq tizim i asosiga ko‘paytiriladi.

Misol. 25,12 o ‘nlik sonini ikkilik sanoq tizimiga o ‘zgartiring. Yechimi.
  • Butun qismni o ‘zgartiramiz:

  • 25:2 = 12 + 1 (X0 = 1)
    12:2 = 6 + 0 (X1 = 0)
    6:2 = 3 + 0 (X2 = 0)
    3:2 = 1 + 1 (Xз = 1)
    1:2 = 0 + 1 (X4 = 1)

X2 ikkilik sonining butun qismi bo'linishining so‘nggi natijasidan yoziladi, ya’ni 2510=110012 ko‘rinishida bo‘ladi.
2. Kasr qismini o ‘zgartiramiz:
0,12*2 = 0 + 0,24 ( X-1 = 0)
0,24*2 = 0 + 0,48 (X-2 = 0)
0,48*2 = 0 + 0,96 (X-3 = 0)
0,96*2 = 1 + 0,92 (X-4 = 1)
0,92*2 = 1 + 0,84 (X-5 = 1).
Aniqligi yuqori darajada boMgan natija olish uchun bu jarayonlar к — marta takrorlanadi.
5 ta qiymatgacha aniqlikda b o ‘lgan ikkilik sonini kasr qismini yozish uchun ko‘paytirishning birinchi natijasidan olinadi, ya’ni 0,1210=0,00012 ko‘rinishida bo‘ladi.
3. So‘nggi natija 25,1210 1 1001,00012 ko‘rinishida bo‘ladi.
Eslatma. Ikkilik sanoq tizimidan sakkizlik yoki o ‘n oltilik sanoq tizimiga o‘tish ancha sodda usulda amalga oshirilishi mumkin. 8=2 , 16=2 bolgani sababli, sakkizlik sanog'ida yozilgan sonning bir razryadini — uchta razryad, o ‘n oltilik sanog‘ida yozilgan bir razryadini — to‘rtta razryad ko‘rinishida va aksincha ifodalash mumkin.
3
4
Misol. X2 =1010012 ni X8 ga o'zgartiring.
Yechimi.
1-javdalga mos ravishda 1012 = 58 va 0012 = 18 ga teng, shu sababli X8 = 518 bo'ladi.
Misol. X2 =101001102 ni X16 ga o ‘zgartiring.
Yechimi.
1-javdalga mos ravishda 10102 = A16 va 01102 = 616 ga teng, shu sababli X16 = A616 bo'ladi.
Raqamli texnikada bit, bayt, so'z kabi terminlar keng qo'llaniladi.
Ikkilik razryadni odatda bit deb atashadi. Shunday qilib, 1001 soni 4-bitli ikkilik soni, 101110011 soni esa — 9 bitli ikkilik soni hisoblanadi. Sonning chap chekkasidagi bit katta razryad (u katta vaznga ega), o ‘ng chekkadagi bit kichik razryad (u kichik vaznga ega) hisoblanadi. 16 bitdan iborat bo'lgan ikkilik soni 2-rasmda tasvirlangan.
2 -rasm. Bit, bayt, so‘z.
Hisoblash va axborot texnikasi evolutsiyasi qurilmalar o'rtasida axborot almashinish uchun 8 — bitli kattalikni paydo qildi. Bunday 8 — bitli kattalik bayt deb ataladi. Kompyuter va boshqaruv diskret tizimlarning yangi turlari axborotlarni 8, 16 yoki 32 bitlar yordamida (1, 2 va 4 bayt) so'zlar bilan bo'laklab qayta ishlamoqda.
Xulosa
Men bu mustaqil ishni bajarish natijasida Sanoq tizimlari haqida koproq malumotlarga ega boldim. Sanoq tizimlarini ishlashni o’rgandim.Sanoq tizimlari nima ekanligini tushunib oldim

Foydalanilgan adabiyotlar

  • X.K. ARIPOV, A.M. ABDULLAYEV, N.B. ALIMOVA, X.X. BUSTANOV, Y.V. OBYEDKOV, SH.T. TOSHMATOV ELEKTRONIKA
  • http://www.myshared.ru/slide/1435368/
  • https://milliycha.uz/sanoq-tizimi/
  • https://sukachoff.ru/uz/router/ponyatie-sistemy-schisleniya-pozicionnye-i-nepozicionnye-sistemy/

Download 336.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling