Windows operatsion tizimida razryad tushunchasi


Download 0.66 Mb.
Sana09.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1470916
Bog'liq
WINDOWS operatsion tizimida razryad tushunchasi


WINDOWS operatsion tizimida razryad tushunchasi
ugungi mavzuyimizni WINDOWS operatsion tizimidagi x32, x64 va x86 razryadlar haqida gaplashamiz. Xo'sh razryad o'zi nima? bularnig bir-biridan nima farqi bor? degan savollarga javob berishga harakat qilamiz. Bunda ikki xil turkumli razryadlarni uchratish mumkin: protsessorning razryadi va operatsion tizim razryadi. Operatsion tizim razryadi x64 razryadli protsessorga ahamiyatsiz hisoblanadi chunki x64 razryadli protsessorga ham x32 ham x64 razryadli operatsion tizim o'rnatish mumkin. Lekin x32 razryadliga protsessorga faqat x32 razryadli operatsion tizim o'rnatish mumkin (operatsion tizimni o'rnatishni keyingi darslarimizda ko'rib chiqamiz). Razryad bu kompyuterdagi protsessorimizda (kompyuter qurilmasining miyasi) mavjud bo'lgan shinalar soni hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda razryadlar soni yuqori bo'lsa, bizning kompyuter ma'lumotlar oqimini qayta ishlay olish qobilyati yuqori bo'ladi. Bizda 2 turdagi razryad mavjud: x32 va x64. Yuqoridagi x86 razryad qayoqqa ketdi dersiz? U hech qayerga ketmadi, shunchaki x86 razryad turi x32 razryad turiga kiradi ya'ni oddiyroq aytadigan bo'lsam, x86 razryadni qayerda ko'rsangiz uni x32 razryad deb hisoblashingiz mumkin. Biz bugun operatsion tizim razryadi haqida gaplashamiz.
Endi x32 razryadning xususiyatini ko'rib chiqsak:
— x32 razryadli operatsion tizim 3 Gb gacha bo'lgan operativ xotiraga ega kompyuterlarga o'rnatilishi maslahat beriladi. Sababi agar siz 4 Gb li operativ xotiraga ega kompyuterga o'rnatsangiz siz bu operativ xotiraning maksimal 3.5 Gb dan foydalana olishingiz mumkin nazariy jihatdan lekin biz amaliy jihatdan ko'rganimizda bu operatsion tizim operativ xotiraning 2.89 Gb dan foydalana olishi ko'rsatilgan. Qolgan qismi esa tizim uchun xuddi yo'qdek turaveradi;
— bu razryad faqatgina 1 yoki 2 yadro bilan ishlay oladi va undan ortiq multiyadorni esa qo'llab quvvatlay olmaydi;
— buning afzalligi shundaki operativ xotiradan kamroq joy olib ishlay olishidir.

x64 razryadning asosiy xususiyatini ko'rsak:


— x64 operatsion tizim 4 Gb va undan yuqori operativ xotiraga ega kompyuterlarga o'rnatilishi maslahat beriladi. Sababi u operativ xotiradan x32 ga nisbatan ko'proq joy talab qiladi;
— u 2 va undan ortiq yadro bilan ishlay oladi;
— yana bir afzalligi x32 razryadli dasturlarni ham ishlata olish imkoniyatiga ega (ba'zi x32 razryadli dasturlar bilan ishlay olmasligi ham mumkin).

Razryad tushunchasini bilib oldik endi, unga o'rnatiladigan dasturlarni razryadiga qarab farqlay olamiz va endi bu dasturlarni qanday operatsion tizimga qanday turdagi dasturlarni o'rnatish mumkinligini ko'rib chiqamiz. Barchamiz vaqti vaqti bilan turli dasturlarga muhtoj bo'lamiz va ularni o'rnatishimiz kerak bo'ladi. Xo'sh, buni qanday amalga oshirishimiz kerak? Quyida biz “WinRAR” dasturini o'rnatishni ko'rib chiqamiz:



WinRAR dasturi – bu dastur turli xil formatdagi (asosan hujjat va rasmlar)ni ixchamlash uchun ishlatiladi. Ixchamlash – aytaylik sizning word dokumentingiz 10 megabayt hajmda, WinRAR dasturi orqali siz uni 5 megabaytga (hatto 1 megabayt va undan ham kamrog'iga) qisqartirishingiz mumkin.



1-rasm. Avval o'zimizga kerakli razryaddagi dasturni tanlaymiz. “x32” — “x64” – bu bizga kerakli dastur razryadi.
Bizning kompyuter “x64” razryadli bo'lgani uchun “WinRAR 5.40 Final_x64” ni tanlaymiz.


2-rasm. Bu – dastur o'rnatilayotgan joy, ya'ni “C” diskning “Program Files” papkasi


3-rasm. Agarda xohlasak, uni istalgan yerga o'rnatishimiz mumkin. Xohlasak “C” ga, xohlasak “D” ga


4-rasm. “O'rnatish” (Установить) tugmasi bosiladi



5-rasm. Bu yerda WinRAR dasturi ochishi mumkin bo'lgan formatlar keltirilgan
Uchinchi qatorda WinRAR dasturiy guruhini yaratish yo yaratmaslik belgilanadi. Aslida bu va quyidagi qolgan qatorlar u darajada muhim emas, ularga tegish shart emas.


6-rasm. Birinchi qatorda WinRARni yorlig'ini “ish stoli” ga qo'yish yo qo'ymaslik belgilanadi. Ikkinchi qatorda Pusk menyusiga WinRAR yorlig`ini qo`yish yo qo`ymaslik belgilanadi


7-rasm. “OK” tugmasini bosamiz va dastur ishga tayyor


8-rasm. Tekshirish uchun biror bir formati “rar” bo'lgan fayl ustiga bosamiz, agar rasmdagi so'zlar mavjud bo'lsa demak dastur o'rnatilgan
Endi bizda yana har xil vaziyat bo'ladi ba'zi dasturlarni o'chirishimizga to'g'ri keladi. Dasturlarni o'chirishni quyidagi holatda xuddi shu WinRAR dasturida ko'rib chiqamiz. U quyidagicha amalga oshiriladi.

9-rasm. Biz ish stolida turib klaviaturadagi Win+X tugmalarini birgalikda bosamiz va bizda kichik menyucha ochiladi


10-rasm. Ochilgan oynadan «программы и компоненты» bo'limini tanlaymiz


11-rasm. Tanlagan bo'limimizning oynasi ochiladi va u yerdan WinRAR dasturini qidirib topamiz va tanlaymiz


12-rasm. Bizda WinRAR dasturini o'chirishni tasqidlash uchun oyna ochiladi va uni «ДА» deb tasdiqlaymiz


13-rasm. O'chirish jarayoni ko'rsatiladi yoki ko'rsatilmay quyidagicha o'chirilganlikni tasdiqlash oynasi ochiladi
Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling