Elektronika va sxemalar
Download 310.5 Kb. Pdf ko'rish
|
Elektronika va sxemalar 2 I. alohon
xulosa
Glossary Tranzistor Bir yoki bir nechta elektrik o‘tishli, uch yoki undan ko‘p elektrodli, elektr signali quvvatini kuchaytirish uchun yaroqli, elektr o‘zgarishlarni amalga oshiruvchi yarimo‘tkazgich asbob. Konstruktiv element ( KE) Qurilmaning xususiy funksional vazifani bajaruvchi har qandy butun bo‘lagi Parametr Obyekt(jarayon )ning holati,xossalari yoki tashqi sharsitlarni tavsiflaydigan muayyan sifat xususiyatining miqdoriy o‘lchovi bo‘lib, uning qiymati tanlangan o‘zaro munosabatlar tizimida berilgan yokm oldindan aniqlangan hisoblanadi. Konstruktiv elementning parametri Konstruktiv element xossalari yoki belgilarini tavsiflaydigan sifat xususiyatining miqdoriy o‘lchovi. Masalan, geometrik o‘lchovlar, maydon, singdidiruvchanlik va boshqalar. M- turdagi asbob Dinamik boshqaruvga asoslangan, ko‘ndalang o‘zgarmas magnit maydonida harakatlananayotgan elektronlarning potensal energiyasiga O‘YUCH chiqish signali energiyasiga aylantirib beruvchi elektrova kuum asbob. 0- turidagi asbob Dinamik boshqaruvga asoslangan, elektronlar dastasining kinetik energiyasini O‘YUCH chiqish signali energiyasiga aylantirib beruvchi elektrovakkum asbob. Integral Mikrosxema (IMS) Signalni o‘zgartirish,informatsiyani uzatish va yig‘ish bo‘yicha ma’lum vazifalarni bajaruvchi, tugal texnologik jarayonda tayyorlanadigan va elektr jihatdan o‘zaro bog‘langan elementlari yuqori joylashish zichligiga ega bo‘lgan mikroelektron mahsulot. Ma’lumot Elektronika — fan va texnikaning elektronlar va boshqalar zaryadlangan zarralarning elektromagnit maydon hamda turli jismlar bilan oʻzaro taʼsiri qonuniyatlarini oʻrganish, bu oʻzaro taʼsirdan foydalanib energiyani oʻzgartiradigan elektron asbob va qurilmalarni yaratish usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan sohasi. Matematika, fizika, nazariy elektronika kabi fanlar E.ning nazariy asosini tashkil qiladi. E.da axborotni diskret va uzluksiz elektromagnit signallar koʻrinishida olish va ularni oʻzgartirish, almashtirish masalasi ham oʻrganiladi. Elektronlarning juda kichik inersion xossaga ega ekanligi ularning elektron asboblar ish hajmidagi makromaydonlar bilan ham, atom, molekula yoki kristall panjara ichidagi mikromaydonlar bilan ham oʻzaro taʼsiridan chastotasi 1012Gs gacha boʻlgan elektromagnit terbanishlarni, shuningdek, chastotasi 1012— 1020Gs boʻlgan infraqizil, optik, ultrabinafsha va rentgen nurlanishlarni samarali generatsiyalash, oʻzgartirish va qabul qilish imkonini beradi. Elektron jarayonlar va hodisalarni, shuningdek, elektron asbob va qurilmalar yaratish usullarini tadqiq qilish natijalari elektron texnikaning turlituman asbobuskunalarini, hisoblash texnikasi, informatika, aloqa, radiolokatsiya, televideniye, telemexanika va boshqalar sohalardagi murakkab masalalarni hal qilishga moʻljallangan turli tizimlar va komplekslarni yaratishda oʻz aksini topgan. Adabiyotlar 1. A.A.Tulyaganov, S.S.Parsiyev, V.A.Tulyaganov, U.M.Abdullayev. Elektr zanjirlar nazaryasi. (O’quv qo’llanma). T. “Aloqachi”, 2018, 144 ,bet. 2. Elektronika va sxemotexnika. Darslik. X.K. Aripov, A.M.Abdullayev, N.D.Alimova, J.T.Maxmudov. A.A.Tulyaganov, SH.T.Toshmatov- Toshkent aloqachi nashiryoti, 2017, 376, bet 3. Elektronika: darslik. X.K.Aripov, A.M.Abdullayev, N.B.Alimova, X.X.Rustamov, Y,V,Obyedkov. Sh.T.Toshmatov. Toshkent. O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashryoti. 2012, 400 bet 4. Robert L. Boyleastad. Introductory Circuit analysis. 2014-Pearson Education Limited, 1091p. 5.Х.К.Арипов, А.М.Абдуллаев, Н.Б.Алимова, Х.Х.Бустанов, э.В. Обедков, Ш.Т.Тошматов. Схемотехника. Т..АЛОҚАЧИ, 2010г. А. А. Абдумаликов.Електроника.2012й 6. Digital Logic Design, Jivang Ware Z Scene. Fourth Edition, 2020y. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling