Elektrostatik maydon kuchlarining ishi


Download 76.9 Kb.
Sana21.02.2023
Hajmi76.9 Kb.
#1217967
Bog'liq
ma\'ruza 14

ELEKTROSTATIK MAYDON KUCHLARINING ISHI


Elektrostatik maydon potensial maydon bo’lib, bu maydonda zaryadni ko’chirishda bajarilgan ish:
Bunda F-Kulon kuchi, dr - elektrostatik maydonning qaralayotgan ikki nuqtasi orasidagi masofa,  –kuch vektori bilan harakat yo’nalishi orasidagi burchak. Ish tashqi kuch hisobiga bajarilganligi uchun dA<0 deb olamiz. U holda
Bu ifoda bajarilgan ish zaryadning maydonda bosib o’tgan yo’liga bog’liq bo’lmay, balki bu zaryadning maydondagi boshlang’ich va oxirgi holatlariga bog’liq ekanligini ko’rsatadi.

Potensial. Elektr maydon kuchlanganligi bilan potensiali orasidagi bog’lanish

Mexanikadan ma’lumki, kuchlarning potensial maydonida joylashgan jism potensial energiyaga ega bo’lib, maydon kuchlari shu energiya hisobidan ish bajaradi. Elektr maydonida bajarilgan ishni potensial energiya farqi sifatida ifodalash mumkin:


O’zaro ta’sir potensial energiyasi:
Elektrostatik maydon potensiali φ esa, sinovchi qo zaryadning elektrostatik maydon ixtiyoriy nuqtasidagi potensial energiyasi E ning shu zaryad miqdoriga nisbati bilan aniqlanadigan fizik kattalikka aytiladi, ya’ni:
Potensial son jihatidan birlik musbat zaryadning maydondagi muayyan nuqtadagi potensial energiyasiga tengdir. Zaryadlar sistemasi hosil qilgan maydon potensiali sistema tarkibiga kirgan har bir zaryadning alohida hosil qilgan maydon potensiallari algebraik yig’indisiga tengdir
Agar bizga potensiallari ϕ1 va ϕ2 ga teng bo’lgan, bir-biridan ∆d=d2-d1 masofada joylashgan ikkita parallel plastinka berilgan bo’lsa, maydon kuchlanganligi:
bu yerda ϕ2 - ϕ1 =U - plastinkalar orasidagi potensiallar farqi yoki kuchlanish deyiladi. XBS da kuchlanish 1V birligi bilan o’lchanadi
Download 76.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling