Mavzu: model sistemalarda potensiallar farqi
Download 84.98 Kb.
|
Model sistemalarda potensiallar farqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olma po’stida vujudga keladigan potensiallar farqini o’lchash Ish uchun zarur vositalar
MAVZU: MODEL SISTEMALARDA POTENSIALLAR FARQI. Model sistemalarda potensiallar farqi. Fazaviy potensiallar farqi. Olma po’stida yoki aloe bargida yuzaga keladigan potensiallar farqini o’lchashga bag’ishlangan laboratoriya ishining nazariy qismi “Biofizikadan amaliy mashg’ulotlar” o’quv qo’llanmasining 43 -betida ifodalangan. Olma po’stida vujudga keladigan potensiallar farqini o’lchash Ish uchun zarur vositalar:millivoltmetr, potensallari farqini o’lchashga mo’ljallangan moslama, Petri chashkasi (2 dona). P va G shaklidagi agarli sifonchalar, kaliy xloridning 0,01 pa 0,001 n eritmalari, pipetkalar, fil'tr qog’oz, ksilol yoki skalpel, paxta, olma. Potensiallar farqini o’lchash uchun mo’ljallangan sistema rasmda ko’rsatilgandek qilib yig’iladi (8-rasm) va millivoltmetr elektr tarmog’iga ulanadi. Olmaning tepa tomonidan G shaklidagi agarli sifonning kalta uchi siqadigan kattalikda teshik ochiladi. So’ngra olma Petri chashkaga shundan joylashtiriladiki undagi teshik tepaga qarasin. Petri chashkaga 0,01 n kaliy xlorid eritmasi quylib, mazkur eritma II shaklidagi agarli sifoncha vositasida, o’lchash moslamasining oraliq stakanidagi eritma bilan ulanadi. G-shaklidagi sifoncha vositasida esa olma po’stidagi teshik oraliq stakanlarning ikkinchisidagi eritma bilan ulanadi. Oraliq stakanlardagi eritmalarga tushirilib qo’yilgan elektrodlarning shtekkerlari millivoltmetrga ulanib, potensiallar farqining dastlabki qiymati o’lchab olinadi. O’lchash ishlari har 5 minutda takrorlanib, turg’un kattaliklarga eritmaguncha davom ettiriladi. O’lchab olingan kattaliklar yozib boriladi. Turg’un kattaliklarga erishilgach, chashkadagi eritma kaliy xloridning 0,001 n eritmasiga almashtiriladi va tezlik bilan potensiallar farqi o’lchab olinadi, keyin esa o’lchash ishlari yuqorida ko’rsatilganidek, har 5 minutda takrorlanadi. Potensial turg’unlashgach, olma moslamadan olinib, uning eritmaga tegib turgan tomonidagi qismi ksilolda qo’llangan paxta bilan artiladi. Ksilol bo’lmagan taqdirda olmaning eritmaga tegib turadigan tomonidagi po’sti skalpel yordamida shilib tashlanadi va chashkadagi eritmaga joylashtirilib, dastlabki tartibda, oldin kaliy xloridning 0,01 n, keyin esa uniig 0,001 n eritmalarida potensiallar farqi o’lchab olinadi. Olma po’sti orqali kelib chiqadigan fazalararo potensiallar farqini o’lchashga mo’ljallangan moslamaning chizmasi.1-olma, 2-Petri chashkasi, 3-oraliq stakanlar, 4-xlorlangan kumush elektrodlar, 5-P shaklidagi, 6-G shaklkdagi agarli sifonchalar.Qo’lga kiritilgan ma'lumotlar asosida, fazalararo potensiallar kattaligining eritmadagi ionlar konsentrasiyalariga bo’lgan bog’liqligini aks ettiruvchi grafik chiziladi. Bunda absiss o’qiga minutlarda ifodalangan vaqt, ordinata o’qiga esa millivoltlarda ifodalangan fazalararo potensiallar farqining kattaliklari tushiriladi. Olma po’stining ksilol bilan artilishi grafikda strelkalar yordamida belgilab qo’yiladi. Download 84.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling