Elektrostatik maydonni o’rganish Ishning maqsadi


Download 43.06 Kb.
bet1/2
Sana20.01.2023
Hajmi43.06 Kb.
#1103415
  1   2
Bog'liq
elektrostatik maydonni organish


Aim.uz

Elektrostatik maydonni o’rganish
Ishning maqsadi: elektrostatik maydonning kuch va energetik xarakteristikalarini o’rganish, ekvipotensial chiziqlarni tajribada aniqlash.
Kerakli asbob va qurilmalar: suvli vanna, har xil shakldagi elektrodlar, metall zond, o’zgarmas tok manbai, galvanometr, voltmeter, ulovchi simlar.
Nazariy qism
Zaryadlagan jismlar o’rtasidagi o’zaro ta’sir materiyaning maxsus turi bo’lgan elektr maydon orqali amalga oshadi.
Elektr maydonning asosiy xossasi elektr zaryadlarga uning biror kuch bilan ta’sir qilishidir. Qo’zg’almas elektr zaryadlarning elektr maydoni elektrostatik maydon deb ataladi.
Elektrostatik maydonning kuch xarakteristikasi elektr maydon kuchlanganligi deyiladi. - vektor kattalik bo’lib, u maydonning istalgan nuqtasiga kiritilgan q birlik sinov zaryadiga ta’sir qiluvchi F kuchga son jihatdan teng bo’ladi. (1)
Elektrostatik maydonni energetik xarakteristikasi  - elektr maydon potensiali deyiladi. U son jihatdan birlik sinov zaryadini maydonning ma’lum bir nuqtasidan cheksizlikka ko’chirishda elektr maydon kuchlarining bajargan ishini ko’rsatadi va zaryad miqdoriga bo’lgan nisbatiga teng bo’ladi: (2)
Potensiallari teng bolgan elektrostatik maydon nuqtalarining geometrik o’rnidan iborat sirtga ekvipotensial sirt deyiladi.


1-rasm. 2-rasm.


Ekvipotensial sirtlar sistemasi orqali elektrostatik maydonni tasvirlash qulay, chunki ularga nisbatan kuchlanganlik vektori E ning kuch chiziqlari quriladi. Maydonning qaraladigan nuqtasida E vektor hamma vaqt ekvipotensial sirtlarga perpendikulyar bo’ladi.


Agar zaryadni ekvipotensial sirt bo’ylab l masofaga ko’chirsak, unda bajarilgan ish nolga teng buladi, chunki Bundan,
(3)
Demak, E vektori bilan yo’nalish orasidagi burchak 900 ga teng ekan.Maydonning kuchlanganligi E va potensiali orasidagi munosabatga asosan ekvipotensial cniziqlar bo’ylab kuchlanganlik E ni topish mumkin.
yoki (4)
1, 2–rasmdan ko’rinadiki, ekvipotensial sirtlar sistemasi orqali elektrostatik maydonni tasvirlash qulay, chunki ularga nisbatan kuchlanganlik vektori E ning kuch chiziqlari quriladi. Maydonning qaraladigan nuqtasida E vektor hamma vaqt ekvipotensial sirtlarga perpendikulyar va hamma vaqt potensialning kamayish tomoniga yo’nalgan bo’ladi.

Download 43.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling