Elektrostatikaning asosiy qonuni kulon qonuni Reja


O`zaro elektr sigim. Kondensatorlar


Download 57.78 Kb.
bet3/4
Sana14.01.2023
Hajmi57.78 Kb.
#1092972
1   2   3   4
Bog'liq
elektrostatikaning asosiy qonuni k

5.O`zaro elektr sigim. Kondensatorlar. Iuqorida ko`rdiki, yakkalangan, yani boshqa o`tkazgichlar tasiridan izolyasiyalangan o`tkazgichning
(87)
elektr sigimi kichik bo`lganda ham uning o`lchamlari juda katta bo`ladi. Masalan, elektr sigimi 1 mkf bo`lgan yakkalangan sharning radiusi 9 km ga teng. Binobarin, o`lchami juda katta bo`lgan bunday yakkalangan o`tkazgichlarni elektr sigim sifatida ishlatib bo`lmasligi, sigimi katta, lekin o`lchamlari kichik bo`lgan elektr sigimlarining yaratilishiga olib keldi. Agar o`tkazgich yakkalanmagan, yani uning yaqinida boshqa o`tkazgichlar mavjud bo`lsa, uning elektr sigimi S yakkalangan holatidagidan katta bo`lar ekan. Bunga sabab, q zaryadli A o`tkazgich atrofidagi o`tkazgichlarning yaqin sirtlarida q zaryadga teskari orali induksiyalangan zaryadlar hosil bo`lib, u ham o`z o`rnida A o`tkazgichning potensialini kamaytiradi va uning elektr sigimini oshiradi. Amalda esa bir–biridan dielektriklar bilan ajralgan, miqdor jihatdan teng, qarama–qarshi ishorali zaryadlar bilan zaryadlangan ikkita o`tkazgichlar sistemasi o`zaro elektr sigim yordamida zaryadlangan sigimlarni hosil qilinadi.
+
+ + + +
+ +
+ +
+ A +
+ +
+ +
+ + + +
10–rasm.

Agar zaryadlangan ikkita o`tkazgichlar orasidagi potensiallar ayirmasi va ulardagi zaryadlarning absolyut qiymati q bo`lsa, formulaga asosan ikki o`tkazgichning o`zaro elektr sigimi S quyidagiga teng bo`ladi:


(88)
Bu ifodaga binoan o`zaro elektr sigimni quyidagicha tariflash mumkin:
Ikki o`tkazgichning o`zaro elektr sigimi deb, ular orasidagi potensiallar ayirmasini bir birlikka o`zgartirish uchun bir o`tkazgichdan ikkinchisiga olib o`tilgan zarjadga miqdor jihatdan teng bo`lgan fizik kattalikka aytiladi.
Ikki o`tkazgichning o`zaro elektr sigimi ularning shakliga, geometrik o`lchamiga, o`zaro joylanishiga va muhitning dielektrik hususijatiga bogliq. O`tkazgichlarning o`zaro elektr sigimi asosida elektrotehnika va radiotehnikada keng qo`llanishga ega bo`lgan kondensatorlar deb ataluvchi qurilmalar yasalgan. Kondensator lotincha "kondensaciya" so`zidan olingan bo`lib, to`plovchi, quyuqlovchi manosini anglatadi.
Kondensator o`ziga berilgan zaryadni to`plovchi va uzoq vaqt saqlovchi qurilmadir. Kondensatorlarga misol qilib, stolbalarda tortilgan ikki parallel simlarni, qo`rgoshin bilan qoplangan telefon kabelllarini, o`zaro parallel joylashgan ikki plastinkani va shu kabilarni olish mumkin. Kondensatorlarni hosil qilgan o`tkazgichlarga kondensatorning qoplamalari deyiladi.
Qoplamalarning shakliga qarab kondensatorlar yassi, sferik va silindrik kondensatorlarga ajraladi.
Yassi kondensator deb, qoplamalari bir–biridan dielektrik bilan ajratilgan ikkita parallel plastinkalardan iborat bo`lgan kondensatorga aytiladi.
Yassi kondensatorning elektr sigimi quyidagi formuladan aniqlanadi:
(89)
bunda S–kondensator plastinkalarining yuzi, d –ular orasidagi masofa, –plastinkalar orasidagi moddaning nisbiy dielektrik singdiruvchanligi.
Sferik kondensator deb, qoplamalari bir–biridan dielektrik bilan ajratilgan ikkita koncetrik sferalardan iborat bo`lgan kondensatorga aytiladi.



Download 57.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling