Aim.Uz
Elektrostatikaning asosiy qonuni - kulon qonuni
Reja:
1.Elektrostatikaning asosiy qonuni–Kulon qonuni
2.Elektr maydonda zaryadni ko`chirishda bajarilgan ish.
3.Zaryadlarning potensial energiyasi.
4.Elektr maydonning potensiali va potensiallar ayirmasi.
5.O`zaro elektr sigim. Kondensatorlar.
1.Elektrostatikaning asosiy qonuni–qulon qonuni. Tinch holatda turgan zarjadlangan jismlarning o`zaro tasiri va hususiyatlari elektrostikada o`rganiladi.
Elektrostatika tinch holatdagi elektr zarjadlarining tasiri va hususiyatlarini o`rganuvchi bir bo`limidir.
Elektrostatikada ko`pincha nuqtaviy zaryad tushunchasidan foydlaniladi.
Nuqtaviy zaryad deb, tekshirilayotgan masofaga nisbatan o`lchamlari juda kichik bo`lgan zaryadli jismlarga aytiladi.
1785 yo`lda francuz fizigi SHarl Kulon (1736–1806) buralma tarozi yordamida eksperimentar aniqlagan elektr zaryadlarining o`zaro tasir qonuni quyidagicha tariflanadi:
Vakuumdagi ikki nuqtaviy elektr zaryadlarining o`zaro tasir kuchi zaryadlar ko`paytmasiga to`gri proporsional, ular orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsional:
(74)
bunda q1 va q2 –nuqtaviy zaryadlar, r –nuktaviy zaryadlar orasidagi masofa, k1 –proporsionallik koeffisienti bo`lib, birliklar sistemasiga va muhitning dielektrik hususiyatiga bogliq.
2.Elektr maydonda zaryadni ko`chirishda bajarilgan ish. Har qanday elektr maydonga q0 zaryad kiritilsa, elektr kuchi tasirida zaryjad siljib ish bajariladi. Misol tariqasida nuqtaviy zaryad hosil qilgan maydondagi q0 nuqtaviy zaryad 1 nuqtadan 2 nuqtaga ihtiyoriy shakldagi yo`l bo`ylab siljigandagi bajarilgan ishni qarab chiqaylik. 1 va 2 nuqtalar orasidagi yo`lni kichik elementar bo`lakchalarga ajratamiz. Bu elementar masofada bajarilgan ish quyidagiga teng:
(75)
9–rasm.
bunda F–maydonga kiritilgan q0 zaryadga tasir qiluvchi kuch bo`lib, u quyidagiga teng edi:
(76)
elementar masofaning F kuch yo`nalishiga proeksiyasi bo`lib, u ga teng. Natijada ifodani quyidagi ko`rinishda yozish mumkin:
(77)
Bundan q0 zaryadni elektr maydonidagi 1 nuqtadan 2 nuqtaga ko`chirishdagi bajarilgan A12 ish esa elementar bajarilgan ishlarning yigindisiga teng bo`lib, u oliy matematika yordamida chiqariladi. Shuning uchun biz A12 –ishni ifodalovchi formulani keltirib chiqarmasdan tayyor holda yozamiz:
(78)
Bu ifodadan ko`rinadiki, elektr maydonda zaryadni ko`chirishda bajarilgan ish yo`lning shakliga bogliq bo`lmasdan zaryadning boshlangich va ohirgi holatiga bogliqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |