Kuchining bajargan ishi yo`lning shakliga bogliq bo`lmagan maydonga potensial maydon deyiladi.
Binobarin, elektr zaryadlari hosil qilgan elektr maydon potensial maydondir.
3.Zaryadlarning potensial energiyasi. Potensial maydonda bajarilgan ish maydon potensial energiyasining o`zgarishiga teng. Shuning uchun ham, elektr maydonda q0 zaryadni bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko`chirish uchun bajarilgan ish shu nuqtalardagi zaryadlar potensial energiyalarining farqiga teng bo`ladi, yani
(79)
Bu ifodani () bilan taqqoslash natijasida q zaryad hosil qilgan maydonning 1 va 2 nuqtalariga joylashgan q0 zaryadning potensial energiyalari mos ravishda quyidagiga teng bo`ladi:
(80)
Bundan maydonning ihtiyoriy nuqtasiga joylashgan q0 zaryadning potensial energiyasi umumiy ko`rinishda quyidagicha yoziladi:
(81)
Elektr mayidondagi q0 zaryadning potensial energiyasi maydonni hosil qilgan zaryadga ham bogliq bo`lgani uchun, uni zaryadlarning o`zaro potensial energiyasi deb ham yuritiladi.
Ikki nuqtaviy zaryadning o`zaro potensial energiyasi zaryadlar ko`paytmasiga to`gri, ular orasidagi masofaga esa teskari proporsional.
4.Elektr maydonning potensiali va potensiallar ayirmasi. Elektr maydonning biror nuqtasiga joylashgan har hil sinov zaryadlarining sinov zaryadga bo`lgan nisbati maydon ayni nuqtasi uchun o`zgarmas fizik kattalikdan iborat bo`ladi. Bu fizik kattalikka potensial deyilib, u harfi bilan belgilanadi:
(82)
Bunga asosan elektr maydon potensialini quyidagicha tariflash mumikn:
Elektr maydonning biror nuqtasidagi potensial deb, maydonning shu nuqtasiga kiritilgan bir birlik musbat sinov zaryadiga mos kelgan potensial energiyasi teng bo`lgan fizik kattalikka aytiladi.
(82) ifoda asosida nuqtaviy zaryad hosil qilgan maydonning biror nuqtasidagi potensiali quyidagiga teng bo`ladi:
(83)
Iuqoridagi ifodaga binoan ekanini hisobga olsak () formula asosida zaryadni elektr maydon bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga ko`chirishda bajarilgan ish quyidagiga teng bo`ladi:
(84)
Bundan elektr maydonning ikki nuqtasi orasidagi potensiallar ayirmasi:
(85)
ga asosan potensiallar ayirmasini quyidagicha tariflash mumkin:
Elektr maydonning ikki nuqtasi orasidagi potensiallar ayirmasi deb, bir birlik musbat zaryadni maydonning bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga ko`chirishda bajarilgan ishga miqdor jihatdan teng bo`lgan fizik kattalikka aytiladi.
Agar elektr maydonni bitta emas bir necha zaryadlar sistemasi hosil qilgan bo`lsa, natijaviy maydonning biror nuqtasidagi potensiali zaryadlarning mustaqil hosil qilgan maydonlar potensiallarining algebraik yigindisiga teng:
(86)
Bu muosabat maydonlar superpozisiyasi prinsipining bevosita natijasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |