2.
|
Fanning mazmuni
Ushbu dasturda “Elektrotexnik materiallar” fanining mazmuni, predmeti va metodi, uning maqsadi va vazifalari. Elektrotexnika materiallari fani dasturi o‘zlashtirish jaraenida amalga oshiriladigan masalalar doyirasida bakalavr: Elektrotexnika materiallarini rivojining tarixi va istiqboli; Elektrotexnika materiallarini turlari va klassifikatsiyasini; Elektrotexnika materiallarini ishlatish prinsiplarini, ishlatiladigan materiallarini xosalarini o‘z ichiga olgan bo‘limlaridan tashkil topgan. “Elektrotexnik materiallar” fanini chuqur o‘rganish tegishl isohalar muammolarini hal qilish.
“Elektrotexnik materiallar” fanining o‘qitishdan maqsad –talabalarda Elektrotexnika materiallari tanlash taffakkurini shakllantirish va rivojlantirish, o‘zinin gfikr-mulohaza, xulosalarini asosli tarzda aniq bayon etishga o‘rgatish hamda egallangan bilimlar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – uni o‘rganuvchilarga: talabalarga Elektrotexnik materiallar nazariy va amaliy masalalarini echa olish, ishlash prinsiplari, klassifikatsiyasi, sozlanish, egallashga va uni qo‘llashga, shuningdek, iqtisodiy masalalarning echish va modelini tuzish va tahlil qilishga o‘rgatishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
1-Mavzu:“Elektrotexnik materiallar” fanining mazmuni, predmeti va maqsadi
2-Mavzu:Dielektriklarda energiya isrofining asosiy tushunchalari
3-Mavzu:Dielektriklarda teshilish turlari. Dielektrik materiallar
4-Mavzu: O‘tkazgich materiallarning asosiy xossalari.
5- Mavzu: Yarim o‘tkazgich materiallar
6-Mavzu: Magnit materiallar.
III. Amaliy mashg’ulotlari bo’yicha ko’rsatma tavsiyalar
Amaliy mashg’ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Elektr maydon ta’sirida dielektriklar.
Dielektriklarda elektr o’tkazuvchanlik.
Dielektriklarda energiya isrofi. Dielektriklarni teshilishi. Dielektrik materiallar.
O’tkazgich, Yarim o’tkazgich va magnit materiallar.
Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo’yicha olgan bilim va ko’nikmalarini amaliy masalalar orqali yanada boyitadilar.
“Elektrotexnik materiallar” fani bo’yicha tajriba mashg’ulotlari
Havo qatlami elektr mustahkamligini aniqlash.
Transformator moyining elektr mustahkamligini aniqlash.
Dielektrik qo‘lqoplar, etiklar va kalishlarni sinash.
Izolyatsion materiallarning solishtirma hajm va solishtirma yuza qarshiliklarini aniqlash.
|