Elektrotexnik vositalar sifatini nazorat qilish Reja
Avtomatika elementlari va ularning asosiy kо'rsatkichlari
Download 63.7 Kb.
|
Elektrotexnik vositalar sifatini
Avtomatika elementlari va ularning asosiy kо'rsatkichlariAvtomatika elementi deb о‗lchanayotgan fizik kattalikni birlamchi о‗zgartiruvchi moslamaga aytiladi. Avtomatika elementlari tо‗rt xil strukturaviy belgilanish sxemalaridan iborat bо‗ladi (1.1- jadval): oddiy bir martali (birlamchi) tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri о‗zgartirish; ketma-ketli tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri о‗zgartirish; v) differensial sxemali; g) kompensatsion sxemali. Oddiy о‗lchash о‗zgartirgichlari (a) bir dona elementdan tashkil topgan bо‗ladi. Ketma-ketli о‗zgartgichlarda esa (b) oldindagi о‗zgartirgichning kirish kо‗rsatgichi keyindagi о‗zgartgichning chiqishi hisoblanadi. Odatda birlamchi о‗zgartirgich sezgirlik elementi (SE), ohirgi (keyingi) о‗zgartirgich esa chiqish elemeti deb yuritiladi. О‗zgartirgichlarning ketma-ketligi ulanish usuli bir martali о‗zgartirishda chiqish signalidan foydalanish qulay bо‗lgan sharoitda qо‗llaniladi. Differensial sxemali о‗lchash о‗zgartirgichlari nazorat qilinayotgan kattalikni uning etalon qiymatlari bilan solishtirish zarurati bо‗lganda qо‗llaniladi. Kompensatsion sxemali о‗zgartirgichlar usuli esa yuqori aniqlik bilan ishlashi, universalligi hamda о‗zgartirish koeffitsiyentining tashqi ta‘sirlarga deyarli bog‗lik emasligi bilan ajralib turadi. Avtomatika elementlari tizimning eng asosiy qismi bо‗lib, quyidagi funksiyalardan birini bajaradi: nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni qulay kо‗rinishdagi signalga о‗zgartirish (birlamchi о‗zgartgich - datchiklar); bir energiya kо‗rinishidagi signalni boshqa energiya kо‗rinishdagi signalga о‗zgartirish (elektromexanik, termoelektrik, pnevmoelektrik, fotoelektrik va xakozo о‗zgartgichlari); signal tabiatini о‗zgartirmasdan uning kattaliklarini о‗zgartirish (kuchaytirgichlar); signalning kо‗rinishini о‗zgartirish (analog-raqam, raqam analog о‗zgartkichlari). signalning formasini о‗zgartirish (taqqoslash vositalari), mantiqiy operatsiyalarni bajarish (mantiqiy elementlar), signallarni taqsimlash (taqsimlagich va kommutatorlar), signallarni saqlash (xotira va saqlash elementlari), programmali signallarni hosil qilish (programmali elementlar), bevosita jarayonga ta‘sir qiluvchi vositalar (ijrochi elementlar). Avtomatika elementlarining funksiyalari xar hil bо‗lganiga qaramay, ularning parametrlari umumiy hisoblanadi va ularga quyidagilar kiradi: statik va dinamik rejimlardagi tavsifnomalari; uzatish koeffitsiyenti (sezgirlik, kuchaytirish va stabilizatsiya koeffitsiyentlari); - xatolik (nostabillik); - sezgirlik chegarasi. Har bir avtomatika elementi uchun turg‗unlashgan rejimda kirish X va chiqish signallari U orasida u=f(x) bog‗liqlik mavjud. Ushbu bog‗liqlik elementning statik tavsifnomasi deyiladi. Kо‗rinish bо‗yicha (1.2.-rasm) avtomatika elementlarining statik tavsifnomalari uch guruxga ajratiladi: a) chiziqli, b) uzluksiz nochiziqli, v) nochiziq uzlukli. Avtomatika elementining ishlash sharoitlari turg‗unlashmagan, ya‘ni X va U qiymatlari vaqt davomida о‗zgarilayotgan payti dinamik rejim deyiladi. Chiqish qiymatining vaqt davomida о‗zgarishi esa dinamik tavsifnomasi deyiladi. 10.1-jadval Avtomatika elementlarining strukturaviy belgilanish sxemalari Izox: x - о‗lchanayotgan (kirish) kо‗rsatkichi; u - о‗lchash о‗zgartirgichining chiqish signali. z- qо‗shimcha energiya manbaisi. Avtomatika elementlari ma‘lum inersionlikka ega, ya‘ni chiqish signali kirish signaliga nisbatan kechikishi bilan о‗zgariladi. Elementlarning bu xususiyatlari avtomatik tizimining dinamik rejimidagi ishini aniqlaydi. Har bir elementning umumiy va asosiy xarakteristikasi uning о‗zgartirish koeffitsiyenti, ya‘ni element chiqish kattaligining kirish kattaligiga bо‗lgan nisbatiga teng. Avtomatik tizimlarning elementlari miqdor va sifat о‗zgartirishlarni bajaradi. Miqdor о‗zgartirishlar kuchaytirish, stabillash va boshqa koeffitsiyentlarni nazarda tutadi. Sifat о‗zgartirishda bir fizikaviy kattalik ikkinchisiga о‗tadi. Bu holda о‗zgartirish koeffitsiyenti element sezgirligi deyiladi. 10.2.- rasm. Avtomatika elementlarining statik tavsifnomalari. a) - chiziqli Ks= Kg= const; b) - uzluksiz nochiziqli; KsKg const. v)- nochiziq uzlukli KsKq const F Avtomatika elementining yana bir muhim tavsifnomasi – element (kirish kattaligi о‗zgarishiga bog‗lik bо‗lmagan) chiqish kattaligining о‗zgarishidan hosil bо‗lgan о‗zgartirish xatosidir. Bu xatoga sabab atrof-muhit xaroratining, ta‘minlash kuchlanishining о‗zgarishi va kabilar bо‗lishi mumkin. Element xarakteristikalarining о‗zgarishi natijasida paydo bо‗ladigan hato nostabillik deb ataladi. Ba‘zi elementlarning chiqish va kirish kattaliklari о‗rtasida kо‗p qiymatli bog‗lanish mavjud. Bunga quruq ishqalanish, gisterezis va boshqalar sabab bо‗lishi mumkin. Bunda kattalikning xar bir kirish qiymatiga uning bir necha chiqish qiymatlari mos keladi. Sezgirlik chegarasining mavjudligi shu hodisa bilan bog‗liq. Kirish kattaligining element chiqishidagi signalini sezilarli darajada о‗zgartirish qobiliyatiga ega bо‗lgan qiymati sezgirlik chegarasi deyiladi. Avtomatika elementlari mustahkamlik bilan xam xarakterlanadi. Elementlarning sanoat ekspluatatsiyasida о‗z parametrlarini yо‗l qо‗yiladigan chegarada saqlash qobiliyatiga mustahkamlik deb ataladi. Mustahkamlik elementni loyihalash vaqtida hisoblanadi va uni ishlab chiqarilgandan sо‗ng ekspluatatsiya jarayonida sinaladi. Download 63.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling