Elektrotexnik vositalar sifatini nazorat qilish Reja
Download 63.7 Kb.
|
Elektrotexnik vositalar sifatini
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtomatik nazorat qilinadigan kattaliklar xaqida tushuncha
Elektrotexnik vositalar sifatini nazorat qilish Reja: Avtomatik nazorat qilinadigan kattaliklar xaqida tushuncha. Avtomatika elementlari va ularning asosiy kо„rsatkichlari. Avtomatikaning boshqarish sxemalari Avtomatik nazorat qilinadigan kattaliklar xaqida tushuncha Hozirgi davrda xalq xо‗jaligi sohalarini avtomatlashtirish jarayonlarida 3000 dan ortiq fizik kattaliklar va texnologik kо‗rsatkichlarni nazorat qilish kerak bо‗ladi. Qishloq xо‗jaligini avtomatlashtirishda barcha nazorat qilinadigan kattaliklar va kо‗rsatkichlar asosan besh guruxga bо‗linadi: teploenergetik kо‗rsatkichlar; elektroenergetik kо‗rsatkichlar; mexanik kо‗rsatkichlar; kimyoviy tarkibi va fizikaviy tuzilishi. Teploenergetik kо‗rsatkichlarga: xarorat, bosim, satx va sarf kabi kattaliklar, elektroenergetik kо‗rsatkichlarga: о‗zgarmas va о‗zgaruvchan tok va kuchlanish, aktiv reaktiv va tо‗la quvvat, quvvat koeffitsiyenti, chastota, izolyatsiya qarshilig, mexanik kо‗rsatkichlar: burchak tezlanish, deformatsiya, kuch, aylanish momentlari, detallar soni, materiallar qattiqligi, tebranish, massa, kimyoviy kо‗rsatkichlar: konsentratsiya, kimyoviy tuzilishi va tarkibi va fizikaviy kattaliklar: namlik, elektr о‗tkazuvchanlik, zichlik, yumshoqlik, yoritilganlik va kabilar kiradi. Nazorat qilinadigan kattaliklar bilan о‗zgartirgichlar va signallarning strukturaviy bog‗lanish sxemasi 10.1- rasmda keltirilgan. Bajariladigan vazifalariga qarab avtomatlashtirishni quyidagilarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik ximoya, avtomatik boshqarish, avtomatik rostlash. Avtomatik nazorat о‗z navbatida avtomatik signalizatsiya, avtomatik о‗lchash, avtomatik saralash va avtomatik axborotni yig‗ishga ajratiladi. Avtomatik signalizatsiya xizmatchilarni, texnologik jarayon kо‗rsatkichlari chegaraviy kо‗rsatkichlarga yaqinlashganlik haqida axborot beradi. Avtomatik о‗lchash texnologik jarayonni asosiy kо‗rsatkichlarini maxsus asboblarga uzatib berishga xizmat qiladi. Avtomatik saralash maxsulotni og‗irlik о‗lchamlari, rangi va boshqa fiziko-mexanikaviy xususiyatlariga qarab ajratishga xizmat qiladi. Avtomatik axborotni yig‗ish texnologik jarayon о‗tishi, maxsulotni sifati, soni va boshqa kо‗rsatkichlari xaqida ma‘lumot yig‗ishda xizmat qiladi. Avtomatik ximoya nonormal va xalokat xolatlarida qо‗llaniladi. Bu holda himoya vositalari jarayonni tо‗xtatib yoki avtomatik ravishda ushbu xolatlarni chetlashtirishga xizmat qiladi. 10.1- rasm. О‗lchash о‗zgartirgichlarining strukturaviy bog‗lanish sxemasi. Download 63.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling