, - Agar real gaz uchun molekulalarning xususiy hajmini hisobga oluvchi b tuzatma asosiy rol o‘ynasa, bunday real gaz Joul-Tomson manfiy effektini beradi; agar real gaz molekulalar orasidagi tortishish kuchlarini hisobga oluvchi a tuzatma asosiy rolni o‘ynasa, bunday real gaz Joul-Tomson musbat effektini beradi.
- Ayni bir gaz uchun, uning harorati va bosimiga qarab, goh b tuzatma, goh a tuzatma katta rol o‘ynashi mumkin. Shu sababli, tashqi sharoitga qarab, ayni bir real gazning o‘zi goh musbat, goh manfiy Joul-Tomson effektini berishi mumkin. Juda katta bosimlarda har qanday gaz uchun ham molekulalarning xususiy hajmi, ya'ni, b tuzatma kattaroq ahamiyat kasb etadi, demak, juda katta bosimlarda barcha gazlar Joul-Tomson manfiy effektini beradi.
- Bosim p va harorat T ning ba'zi qiymatlarida har ikki a va b tuzatmalarning roli birday bo‘ladi; bunday holatdagi real gaz Joul-Tomson nol effektini beradi, ya'ni, gaz kengayganda isimaydi ham, sovimaydi ham. Joul-Tomson effekti nolga teng bo‘lgan holat inversiya nuqtasi deyiladi. Inversiya nuqtalarining to‘plami, grafikda ifodalanganda rasmda ko‘rsatilgandek egri chiziqni hosil qiladi. p va T ning berilgan qiymatlariga mos kelgan nuqta uchun Joul-Tomson effekti, u nuqta inversiya chizig‘ining qaysi tarafida yotishiga qarab, manfiy yoki, musbat ishoraga ega bo‘lishi mumkin: agar u pastda bo‘lsa, Joul-Tomson effekti musbat, agar nuqta egri chiziqdan yuqorida bo‘lsa, Joul-Tomson effekti manfiy bo‘ladi.
- Gazlarni suyultirish - gazlarni kritik (chegaraviy) temperaturadan pastroq temperaturalarda siqish yoʻli bilan suyuq holatga oʻtkazish. Kritik temperaturasi atrof muhit temperaturasi (amalda 220 K) dan yuqori boʻlgan Cl2, SO2, NH3 va b. gazlarni sanoat maqsadlarida suyultirish uchun kompressorlar vositasida siqiladi, soʻngra issiqlik almashtirgichda kondensatsiyalanadi. Bu holda sovituvchi agent (suv yoki nomakob) gazning kondensatsiyalanish issiqligini olib ketadi. Kritik temperaturasi xona temperaturasidan past boʻlgan gazlarni suyultirish uchun tegishli sovitish sikllaridan foydalangan holda, dastavval, ularni har bir gazga xos boʻlgan kritik temperaturadan pastroq temperaturagacha sovitiladi, soʻngra tegishli bosim ostida siqib, suyuq holga keltiriladi. Past temperaturalarda qaynaydigan gazlar (N2, O2 va b.)ni suyultirishda kaskad usuli qoʻllanilgan. Chuqur sovitish usulida quyidagilardan foydalaniladi: 1. Gazni drossellashda (maye, ventil orqali) gazning sovishi Joul— Tomson effekti tufayli yuz beradi. Bu holda drossellash oldidan gazning temperaturasi Joul — Tomson effekta tufayli oʻz ishorasini oʻzgartiradigan inversiya nuqtasidan pastroqqa tushirilishi lozim. Shu sababli ham, maye, N2 ni suyuq N2 b-n, Ne ni esa suyuq N2 bilan sovitiladi; havo koʻpincha ammiak yoki freon bilan sovitilib, suyuqlikning chiqish miqaorini orttirish mumkin. 2. Gazni detanderda suyultirishda izoentropik kengaytirish usulidan foy-dalaniladi. Siklning termodinamik qaytuvchanligini oshirish uchun turlicha temperaturalar maromida ishlaydigan bir nechta detander ishlatiladi. Maye, Ne ni ikki detanderli siklda suyultirish uchun sovuqdik uch temperatura bosqichida hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |