- Real gazning holat tenglamasi. Van-Der-Vaals izotermalari.
Reja: - 1. Van-der-vaals tenglamasi
- 2. Real gaz
- 3. Izotermik jarayon
Van-der-vaals tenglamasi - Van-der-vaals tenglamasi -real (ideal boʻlmagan) gaz holatini ifodalaydigan tenglama. Molekulalar hajmining chekliligini hamda molekulalararo oʻzaro tortishish kuchi mavjudligini hisobga olgan holda chiqarilgan had ichki bosim deb yuritiladi. Kuchli siyraklashtirilgan gazlar uchun V.-d.V.t. ideal gaz tenglamasi r V=R 7"ga oʻtadi. Bu tenglamani Ya. D. Van-derVaals taklif qilgan (1873).
Real gaz - Real gaz — xossalari molekula (atom) larining oʻzaro taʼsiriga bogʻliq gaz. Oddiy sharoitda molekulalarning oʻrtacha potensial energiyasi kinetik energiyasidan ancha kichik boʻlganda R.g.ni ideal gaz deb hisoblash mumkin. Bunda R. g. ideal gaz krnunlariga boʻysunadi. Yuqori bosim va past tralarda R. g. ideal gazdan keskin farq qiladi.
Izotermik jarayon - Izotermik jarayon (yun. ἴσος (izos) - "barobar" va θέρμη (termon) - "issiq") deb oʻzgarmas haroratda tizim holatining oʻzgarishiga aytiladi.[1] Bu jarayonda harorat sobit qoladi: ΔT = 0. Havoning asta-sekin siqilishini yoki meshdan gazni soʻrib chiqarganda nasos porsheni ostida gazning kengayishini taxminiy oʻlaroq izotermik jarayon, deb hisoblash mumkin. Izotermik jarayonni oʻtkazish uchun odatda tizimga termostat oʻrnatiladi. Bunda jarayonning kechishi yanada tezlashadi. Tizim harorati esa termostat haroratidan farq etmaydi. Izotermik jarayon shunday jarayonki, gaz vazni, molyar gaz va harorat є — konstanta hisoblanadi.
Izotermik jarayon - Izotermik jarayon (izo... va yun. therme — issiqlik) — oʻzgarmas t-rada fizik sistemada roʻy beradigan fizik yoki kimyoviy jarayon. Mas, oʻzgarmas bosimda suyuqlikning qaynashi, kattik, jismning erishi va b. Qaytar va kaytmas I. j.lar bor. I. j.da ideal gaz bosimi b-n hajmi oʻzaro teskari proporsional holda oʻzgaradi. I. j. issiqlik mashinalarida ham roʻy beradi. Uning grafigi izoterma deyiladi. I. j. tarkibiy qism sifatida Karno siklitʼ kiradi.
Xulosa: - Men bu mustaqil ishda Real gazning holat tenglamasi, Van-Der-Vaals tenglamasi va Izotermik jarayonni bilib oldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |