«elеktrotеxnika» fakultеti «elеktr mеxanikasi elеktr tеxnikasi va elеktr tеxnologiyalar» kafеdrasi


Download 406.73 Kb.
bet3/31
Sana31.10.2023
Hajmi406.73 Kb.
#1735473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
1 Ma\'ruzalar NE EE sirtqi (1)

Alessandro Antonio Volta (1745–1827), Italiyan fizigi va fiziologi. Ilmiy ishlari elektr, kimiyo fiziologiyaga doir. Elektr asboblari elektrofor, elektrometr, konensator, elektroskoplarni ixtiro qilgan. Volta 1775-yilda yonuvchi gaz –metanni topgan, Galvanini kashf qilgan. Volta 1800- yilda birinchi o‘zgarmas tok manbayi – Volta ustunini kashf qilgan, har xil metallar bir-biriga tekkanda elektrlashib qolganini aniqlagan.




Elektromagnit o‘lchash birligi absolyut tizimini nemis olimlari K.F. Gauss va T. Veber 1831-1833 yillari yaratdilar.[2]
Tokning issiqlik ta’siri - Joul-Lens qonunini ingliz fizigi D. Joul 1841 yili va rus akademigi E. Lens 1842 yilda ta’riflab berishgan. 1844 yil E. Lens elektromagnit inersiya qonunini bayon qilgan. Nemis olimi G. Kirxgof 1845 yilda elektr zanjirlarga oid ikkita muhim qonunga ta’rif bergan.
Vektor potensiali, induktivlik va o‘zaro induktivlikni birinchi bor 1845 yil nemis olimi F. Neyman ifodalagan. Buyuk ingliz olimi D. Maksvell 1873 yili siljish toklari tushunchasini kiritdi, hamda uni nomi bilan ataladigan o‘zgaruvchan elektromagnit maydon tenglamalarini yaratdi. Bundan faqat 25 yildan keyingina elektromagnit maydon mustaqil tarzdagi materiya deb isbot etildi.
Elastik muhitda energiya harakati rus olimi N.Umov tomonidan 1874 yilda nazariy jihatdan tadqiq qilingan.
Rus injeneri F. Pirotskiy 1875 yilda quvvati 4,4 kVt o‘zgarmas tokni 1 km masofaga uzatish tajribasini o‘tkazgan.
Cho‘g‘lanish lampasi 1875 yil A. Lodigin tomonidan kashf etilgan.
1884 yil ingliz olimi D. Poyting elektromagnit maydon energiyasini uzatishni nazariy jihatdan tadqiq etgan.[3]
1889 yil rus injeneri M.O. Dolivo-Dobrovolskiy elektr energiyaning uch fazali tizimi qismlari (generator, transformator) ni ishlab chiqqan va kuchlanishi 15 kV, quvvati 150 kVA bo‘lgan elektr energiyani 175 km masofaga uzatishni amalga oshirgan.
1872 yilda rus olimi A. Stoletov fotoeffekt hodisasini kashf etgan. Dunyoda birinchi bo‘lib A. Popov radio aloqani amalga oshirgan.
1887-88 yillarda nemis olimi G. Gers elektromagnit to‘lqinlarni mavjudligini eksprimental ravishda isbot etdi.
Relyativistik elektrodinamikaning rivojlanishi 1905-1908 yillarda G. Lorens va G. Minkovskilarning izlanishlari bilan bog‘liq.
O‘ta o‘tkazuvchanlik hodisasi nemis olimi G. Kamerling Onessom tomonidan 1911 yilda kashf etilgan.
«Elektrotexnikaning nazariy asoslari» faniga bevosita aloqasi bo‘lgan matematik va umumnazariy ishlar to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni berish mumkin.
Fransuz matematigi J.Dalamber, Peterburg fanlar akademiyasi akademiklari L. Eyler va D. Bernullilar bilan birgalikda to‘lqin tenglamalari nazariyasini hamda matematik fizika asoslarini yaratishdi.
Laplasning to‘g‘ri o‘zgartirish formulasi 1782 yilda taklif etilgan. Hajm integralini sirt integraliga o‘zgartirish formulasini M.V. Ostrogradskiy 1828 yilda bergan.
Differensial tenglamalarni operator usulida integrallashni rus matematigi M. Vahenko-Zaxarchenko taklif etgan.
O‘rama (svertka) teoremasi birinchi bor P.L. CHebishev tomonidan 1867 yil, Dyuamel integrali esa 1883 yil berilgan. Ma’lum harakatning turg‘unlik nazariyasini akademik A.M. Lyapunov bayon etgan. Operator usuli elektrotexnika faniga O. Xevisayd tomonidan 1892-1912 yillarda tadbiq etilgan.
Sinusoidal tok elektr zanjirlarini simvolik usulda hisoblash usulini amerika olimi Ch. Shteynmets 1894 yilda taklif etgan. Garmonik balans usulida nochiziq elektr zanjirlarni hisoblash usulini fransuz olimi M. Joli 1911 yil joriy etgan. Sekin o‘zgaradigan amplitudalar usulini 1927 yil golland olimi B. Vander-Pol taklif etgan. Kichik parametrlar usulini esa 1928 yil fransuz olimi G. Puankare taklif etgan.
Nochiziq tebranishlar nazariyasidagi fundamental ishlarni akademiklar L. Mandelshtamm, N. Papaleksi va A. Andronov 1937 yil amalga oshirdilar.
Nochiziq zanjirlarni chastotaviy usulda tahlil etishni rus olimlari N.M. Krilov va N.N. Bogolyubov birinchi bo‘lib taklif etdilar. Elektr zanjirlar sintezini birinchi bor nemis olimlari I.O. Sobel (1924 y.), amerika olimi R. Foster (1924 y.) rus olimlari S. Evlanov (1937 y) hamda B.V. Bulgakov (1949 y.) nazariy jihatdan asosladilar.
Elektr zanjirlarni signal graflar bilan tahlil qilishni rus olimi B.N. Petrov (1945 y.) va amerika olimi S. Mezon (1953 y.) taklif etishgan.
Maydon nazariyasi masalalarini echishda integral tenglamalarni qo‘llashni rus olimlari G.A. Granberg, V.M. Alexin, O.V. Tozoni, E.V. Kotelnikovlar (1948 y.) taklif etdilar.
1904 yilda Peterburg politexnika institutida professor V.F. Mitkevich «Elektr va magnit xossalari» fanidan, 1915 yilda Moskva Bauman oliy texnologiya o‘quv yurtida professor K.A. Krug «O‘zgaruvchan toklar nazariyasi» fanidan ma’ruzalar o‘qidi.
O‘zbekistonda energetika va elektrotexnika fanlarini o‘rganish va rivojlantirish XX-asrning 30 yillaridan boshlandi. Respublikadagi energetika va elektrotexnikaning asosiy ilmiy yo‘nalishlari N. SHcherdin va akademik X. Fozilov rahbarligida belgilandi va elektr stansiyalar elektr tizimi va jihozlarini takomillashtirish, puxtaligini oshirish, samaradorligini ko‘tarishga qaratildi. Elektr tizimlarini hisoblashning ixcham usullari (X.Fozilov, K.R. Allaev, T.X. Nosirov, 1960-70yillar) taklif etildi.
Elektr tizimlari rejimini ifodalaydigan katta o‘lchamli nochiziq tenglamalarni echish (S. Solihov) masalalari tadqiq qilindi.
An’anaviy energiya hamda tiklanuvchi energiyadan kompleks foydalanish (R.A. Zoxidov) masalalari xalq xo‘jaligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
1970-1980 yillarda akademik J.Abdullaev tomonidan energetika tizimlarida o‘lchash texnikasi aniqligi, puxtaligi va samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim tadqiqotlar amalga oshirildi. SHu yillarda o‘zbek olimlari (M.Z.Xomidxonov, S.Z.Usmonov, N.M.Usmonxodjaev, M.Xusanov, O.O.Xoshimov, K.Mo‘minov) avtomatlashgan elektr yuritmalarning yangi avlodini hamda ko‘p rotorli asinxron motorlarni (A.Dadajonov) yaratishga muvaffaq bo‘ldilar. Elektr tarmoqlari optimal rejimlarini boshqarish asoslari (E. Payziev) yaratildi.
Nazariy elektrotexnika sohasida nochiziq elektr zanjirlari va tizimlari nazariyasi (G.R. Raximov, Z.I. Ismoilov, P.F. Xasanov) hamda avtoparametrik tebranishlar zanjirlarida o‘zgaruvchan tok fazalar soni va chastotasini o‘zgartirish nazariyasi (A.S.Karimov, M.I. Ibodullaev) tako-millashtirildi.
Tarqoq parametrli zanjirlar nazariyasi va ular asosida elektrotexnik hamda elektr o‘lchash o‘zgartkichlarini takomillashtirish (M.F. Zaripov) yo‘nalishlarida ijobiy natijalarga erishildi.
Elektr o‘lchashlar fanida yangi xarakteristikalarga ega chastotasi o‘zgaruvchan o‘zgartgichlar va o‘lchash ko‘priklari nazariyasi  Sh.Sh. Zoxidov tomonidan takomillashtirildi.
Elektr zaryadlarining har qanday tartibli bir tomonga yoʻnalgan harakati tok deb yuritiladi. Agar oʻtkazgichda tashqi elektr maydoni hosil qilinsa va uni mahlum vaqt ushlab turilsa, oʻtkazgichdagi erkin zaryadlarning oʻtkazgich boʻylab, tartibli koʻchishi sodir boʻladi. Bunda musbat zaryadlar maydon yoʻnalishda, manfiylari maydonga teskari yoʻnalishda harakat qiladi. Tokning shartli musbat yoʻnalishi qilib, musbat zaryadlarning yoʻnalishi qabul qilingan.
Elektr tokining miqdoriy oʻlchovi boʻlib, tok kuchi xizmat qiladi. U skalyar fizik kattalik boʻlib, oʻtkazgichning koʻndalang kesimidan birlik vaqt ichida oʻtgan zaryad miqdori bilan aniqlanadi.
I= .
Tokning kuchi va yoʻnalishi vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmasa, unday tok oʻzgarmas tok deb yuritiladi. Oʻzgarmas tok uchun tok kuchi formulasi quyidagicha yoziladi:
I= ,
q - oʻtkazgich koʻndalang kesimidan t vaqt ichida oʻtgan zaryad miqdori.
Tok kuchi birligi qilib, amper (A) qabul qilingan.
Oʻtkazgichning tok yoʻnalishiga perpendikulyar joylashgan birlik yuzasidan oʻtayotgan tok kuchi tokning zichligi deb yuritiladi:
.
Tok zichligi vektor kattalik boʻlib, yoʻnalishi musbat zaryadlarning tartibli yoʻnalishiga mos keladi, uning birligi qilib A/m2 qabul qilingan.
Ixtiyoriy sirt (S) orqali tok kuchini topsak u vektorining S sirt orqali oqimiga teng boʻladi:

I= .


Oʻtkazgichdagi elektr maydonini maxsus qurilmalar yordamida hosil qilinadi, bunday qurilmalar boshqa tur energiyalarni elektr energiyasiga aylantirish uchun xizmat qiladi. Bu qurilmalar tok manbalari yoki elektr manbalari deb yuritiladi. Elektr manbalari issiqlik, yorugʻlik, mexanik va ximiyaviy reaktsiya energiyalari hisobiga elektr energiyasi hosil qilishi mumkin. Masalan, akkumulyator, galpvanik elementlarda ximiyaviy energiya elektr energiyasiga aylanadi.
Manbadagi elektr tabiatiga ega boʻlmagan kuchlar yoki tashqi kuchlar tahsirida manba ichida har xil ishorali zaryadlarning ajralishi vujudga kelib, manba uchlarida musbat va manfiy zaryadlar toʻplanib, potentsiallar farqi vujudga keladi. Tashqi kuchlar tahsirida elektr zaryadlari manba ichida elektr maydoniga teskari yoʻnalishda harakat qiladi. Natijada tashqi zanjirda potentsiallar farqining doimiy turishi tahminlanadi.
Birlik musbat zaryadning tashqi kuchlar tahsirida koʻchirishda bajarilgan ishi manbaning elektr yurituvchi kuchi (EYuK) deb yuritiladi:
E= .
U manba klemmalari orasidagi potentsiallar farqiga son jihatidan teng boʻladi:
E= .

EYuK va potentsiallar farqi volgʻtlarda oʻlchanadi.


Elektr zanjirining EYuK qatnashmaydigan qismidagi potentsiallar farqi kuchlanish boʻladi:

UAV= , eAB=0 , UAV= .





Download 406.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling