Elektrotexnika fakulteti elektr


Download 0.7 Mb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1491565
1   2   3
Bog'liq
INOMIDDINOV OMADILLO NAZARIY

Metrologik me’yorlar va qoidalarning xalqaro va tarmoqlararo ahamiyatini hisobga olgan holda o‘zaro tushunish va harakatlarni kelishishda metrologik atamalarning birliligi va qabul qilingan tushunchalarga aniq rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasining «Metrologiya to‘g‘risida»gi Qo- nunida metrologiya bo‘yicha quyidagi asosiy atamalarning izohi berilgan.

Metrologiya — o‘lchashlar, ularning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka eri- shish usullari to‘g‘risidagi fan. O‘lchashlar birliligi — o‘lchashlarning natijalari qonunlash- tirilgan birliklarda ifodalangan va o‘lchashlarning xatoliklari berilgan ehtimollik bilan ma’lum bo‘lgan holat. O‘lchash vositalari — o‘lchashlar uchun foydalaniladigan va me’yorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lgan texnik vosita

Birlik etaloni — o‘lchov birligini boshqa o‘lchash vositasiga o‘tkazish maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun mo‘l- jallangan o‘lchash vositasi. Davlat etaloni — O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘lchov birligining o‘lchamini o‘rnatish uchun milliy idora vakilining qarori bilan boshlang‘ich etalon sifatida tan olingan etalon. Metrologik xizmat — davlat idoralari va yuridik shaxslarning metrologik xizmatlari tarmoqlari hamda ularning o‘lchovlar birliligini ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyati.

Davlat metrologik nazorati — metrologiya qoidalariga amal qilinayotganligini tekshirish maqsadida davlat metrologik xizmat idoralari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat. O‘lchash vositalarini qiyoslash — o‘lchash vositalarining o‘rna- tilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologik xizmat idoralari (boshqa vakolatli idoralar, tashkilotlar) bajaradigan amallar majmuyi.

O‘lchash vositalarini kalibrlash — o‘lchash vositalarining metrologik tafsilotlarining haqiqiy qiymatlari va qo‘llanishga yaroqli ekanligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan amallar majmuyi. O‘lchash vositalarini tayyorlash (ta’mirlash, sotish, ijaraga berish)ga litsenziya — ko‘rsatilgan faoliyat turlari bilan shug‘ul- lanish huquqini tasdiqlovchi, yuridik va jismoniy shaxslarga davlat metrologik xizmat idoralari tomonidan beriladigan hujjat.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling