Elektrotexnika materiallari
Slyuda va slyudali materiallar
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
elektrotexnika materiallari.
2.36. Slyuda va slyudali materiallar
Slyuda tabiiy va sintetik turlarga bo’linadi. Tabiiy slyuda kristall strukturali, qatlamli tuzilishga ega mineraldir. Slyuda juda yaxshi dielektrik xossalarga, egiluvchanlikka va mexanik mustahkamlikka ega kimyoviy chidamli hamda issiqbardosh mineraldir. Kimyoviy tarkibi bo’yicha slyudaning turli xillari suvli alyuminiy silikati va ishqorli metall birikmalaridan iborat anizatrop materialdir. Slyuda kristallarida kislorod va kremniy hamda elementar qatlamlarni tashkil etuvchi alyuminiy va magniy ionlari o’zaro mustahkam bog’langandir. Shu sababli, slyuda elektr maydon kuch chiziqlari yo’nalishida yuqori dielektrik xossalarga ega. U yupqa qatlamli, o’ta egiluvchan, yonmaydigan mineraldir. Texnikada tabiiy slyudaning ikki turi: muskovit va flogopitdan foydalaniladi. Slyuda tabiatda juda kam ychraydigan qimmatbaho materialdir. Uning qatlam bo’yicha elektr izolyatsiya xossalari juda past, solishtirma hajmiy qarshiligi 10 6 10 8 Om m qiymati muskovitda 11 16, flogopitda 23 46 atrofda bo’ladi. Slyudaning elektr o’tkazuvchanligiga namlik va harorat kuchli ta’sir etadi. Slyuda qayta ishlanib, undan mikanit, mikanitli tasma va mikafoliy ishlab chiqariladi. Ularni tayyorlash uchun qalinligi 5 45 mkm li slyuda ishlatilib, ularning yuzasi 4 6 sm 2 dan 50 65 sm 2 gacha o’zgartiriladi. Slyudaning erish harorati 1145 1400 C atrofida bo’lib, mazkur mineralning suvsizlanishi: muskavitda 200 600 C, flogopitda esa 800 900 C da ro’y beradi. 119 Slyudaning qutblanishi, asosan, ionli bo’ladi. Issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti muskovitda 0,44 Vt/m K, flogopitda 0,51 Vt/m K. Mikanit-varaqsimon slyudali material bo’lib, u o’z navbatida argonik (gliftal) lok yoki anorganik bog’lovchi modda (eruvchan shisha) yordamida tayyorlanadi. 119 T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 123-bet |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling