Elektrotexnika materiallari


 Gazlarning elektr teshilishi


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/104
Sana21.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1714931
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   104
Bog'liq
elektrotexnika materiallari.

2.10. Gazlarning elektr teshilishi 
Elekro texnika konstruksiyalarining kattagina qismi – transformator
kondensator, uzgich (uzib-ulagich), elektr havo liniyalari va hokazolarda tashqi 
izolyatsiya vazifasini havo bajaradi. Normal sharoitda havoning elektr 
mustahkamligi suyuq va qattiq dielektriklarning elektr mustahkamligidan ancha 
kichikdir. 
Gaz tarkibida ion va elektronlar issiqlik ta’sirida siniq chiziqli betartib 
harakatda bo’ladi. Agar gazga elektr maydoni ta’sir ettirilsa, elektron yoki ionlar 
aniq yo’nalish olib, qo’shimcha tezlik bilan harakatlanadi. Bunda gazning 
zaryadlangan zarrachalari qo’shimcha energiya oladi; 
W = q U

bu erda: q- zaryad; U

- erkin harakat uzunligi (

) dagi kuchlanish farqi.
70
Elektron yadrodan uzoqroq qobiqqa o’tib, molekula ionlanadi, natijada u 
manfiy elektron va musbat ionlarga ajraladi. Ion va elektron o’z yo’lida uchragan 
gaz molekulalarini ionlantiradi. Ionlanish sodir bo’lishi uchun zarur sharoit W

 W
i
bo’lib, tekis maydonda = Eq bo’ladi. Bunda 

- erkin o’tish uzunligi. Ionlanish 
energiyasi W
i
va ionlanish kuchlanishi
q
W
U
i
i

munosabat orqali bog’langan. 
Ko’pchilik gazlar uchun U
i
qiymati 4-25 V oralig’ida o’zgarib, ionlanish 
energiyasi 4-25 eV ga to’g’ri keladi (2.29-rasm). 
70
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United 
States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 125-bet. 


88 
Gs
U
tesh f
/U
tesh 0
2.29-rasm. Gazlarning teshilishi 
Har bir gaz uchun q va 

qiymatlari o’zgarmasdir. Ma’lum masofani 
to’qnashuvsiz o’tgan elektronning tezligi =600 
i
bo’ladi; elektron gaz 
molekulalarining katta tezligi ionlanishini ta’minlaydi. Gaz molekulalarining 
ionlanishi uchun elektronning harakat tezligi 1000 km/s dan yuqori bo’lishi lozim 
(2.30-rasm). 
2.30-rasm. Gazlarda razryadlarning yuzaga kelishi 


89 
Elektronning siljishi ion siljuvchanligiga nisbatan ancha yuqori bo’ladi. 
Ionlanish paytida ajralib chiqqan elektron molekulalarining ionlanishini 
ta’minlaydi, ular zaryadlarga yoritiladi. Elektrodlar orasidagi gazda razryad 
bo’lganida musbat ionlar katod yuzasini bombardimon qilib elektroddan
elektronlarni ozod etadi.
71
Ayrim hollarda elektr maydonida tezlanish olgan elektron molekulalarning 
ionlanishini ta’minlamay, ularni uyg’ongan holatga olib keladi, xolos. Bunday 
molekulalar ortiqcha energiyani nurlatish hisobiga, o’zidan foton ajratadi. Foton 
o’z navbatida boshqa molekulaga yutilib, uni ionlantiradi. Gazlarda sodir 
bo’ladigan ichki foton ionlanishi nurlanish orqali katta tezlikda o’z yo’li elektrod 
oraligida yuqori elektr o’tkazuvchan gaz kanali hosil qiladi. Chizmada elektron 
ko’chka shtrixlangan konus shaklida keltirilgan. Elektron molekulalariga urilishi 
natijasida gazda ionlanish sodir bo’ladi. Natijada anod tomon siljiyotgan 
elektronlar soni keskin ortib, ular o’z yo’lida katod tomon yo’nalgan musbat 
ionlar sonini oshirib boradi. Elektron urilishi natijasida atomlardan to’lqinli nurlar 
- fotonlar ajratadi. Foton tezligi yorug’lik tezligiga teng bo’lganligi sababli, 
ko’chkidan ancha ilgarilab ketib, yo’lida duch kelgan zarrachalarning ionlanishini 
ta’minlaydi. Anod tomon siljiyotgan elektron birinchi sodir bo’lgan ko’chkini 
ancha ilgarilab, yangi ko’chki hosil qiladi. 
Shunday qilib, birinchi kuchni AV uzunlikka o’sib yetguncha, strimer SD 
oraliqda yuqori o’tkazuvchanlikka ega yo’l hosil qiladi. Keyingi bosqichda manfiy 
strimerdagi alohida ko’chkilar bir-birini quvib, birlashib, umumiy ionlangan kanal 
hosil qiladi. Keyingi bosqichda strimerdagi alohida ko’chkilar bir – birini quvib, 
birlashib umumiy ionlangan kanal hosil qiladi.
72
Katoddan anodga tomon harakatlanayotgan strimerning o’sishi bilan bir 
vaqtda qarama-qarshi tomondan musbat zaryadlangan ko’chki oqimi hosil bo’la 
boshlaydi. Musbat zaryadli strimer gaz razryad plazmali yo’ldan tashkil topadi. 
71
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 62-bet 
72
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United 
States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 128-bet. 


90 
Elektron ko’chkilar o’z yo’lida ko’p miqdorda yangidan paydo bo’lgan musbat 
ionlar qoldiradi va bu ionlarning katta quyuni anod yaqinida sodir bo’ladi. 
Musbat zaryad bilan to’lgan va elektron bilan to’yingan elektrodlar orasidagi 
masofada katta o’tkazuvchanlikka ega gaz plazmasi hosil bo’ladi. Katodga musbat 
ionlar urilishi natijasida metall yuzasida dog’ hosil bo’lib, u o’zidan elektronlar 
ajratadi. Keltirilgan jarayonlar asosida gazda teshilish sodir bo’ladi. U odatda katta 
tezlikda, ya’ni 1 sm oraliq 10
-7
– 10
-8
sekundda bosib o’tadi. Elektrodlar orasida 
berilgan kuchlanish qancha yuqori bo’lsa, gazda elektr teshilishi shuncha katta 
tezlikda sodir bo’ladi. Agar ta’sir etuvchi kuchlanish vaqti kam bo’lsa, teshilish 
kuchlanishining qiymati o’sadi va bu o’sish impuls koeffitsienti bilan ifodalanadi: 
50

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling