Elektrotexnika materiallari
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
elektrotexnika materiallari.
t
t U U bunda; U t – berilgan impulsdagi teshish kuchlanishi, kV: U t50 –50 Gs chastotali o’zgaruvchan yoki o’zgarmas kuchlanishdagi teshish kuchlanishi, kV. Bir jinsli bo’lmagan elektr maydonidagi impuls koeffitsienti 1,5. Gazda sodir bo’ladigan teshilish ta’sir etayotgan elektr maydon turiga bog’liq. Bir jinsli elektr maydoni yassi yuzali, chekkalari yumaloq shaklli qo’ziqorinsimon elektrodlar, yoki oralaridagi masofa diametridan uncha katta bo’lmagan ikki shar orasida hosil qilinadi. Bunday maydonda teshilish kuchlanishining gaz harorati va bosimiga bog’liq ma’lum qiymatida to’satdan ro’y beradi. Kuchlanish manbai katta quvvatga ega bo’lsa, elektrodlar orasida uchqun razryadi emas, balki yoy razryadi sodir bo’ladi. Gazning elektr mustahkamligi haroratga teskari, bosimga esa to’gri proporsionaldir. Gazning harorat va bosimi kam o’zgarganda teshilish kuchlanishi gazning zichligiga bog’liq bo’ladi: U t =U to , Bunda; U to - normal sharoit (t =20 0 C: p 0,1 Mpa) dagi teshilish kuchlanishi: U t - berilgan harorat va bosimdagi teshilish kuchlanishi. Havoning nisbiy zichligi quyidagicha hisoblanadi: 91 273 386 , 0 t P bunda t-harorat, 0 C: p-gaz bosimi, mm sim. ust. 2.31-rasm. Gaz mustahkamligini va bosim orasidagi o’zgarish grafigi Bosim yuqori bo’lganda gaz zichligi ortib, molekulalar orasidagi masofa qisqaradi va elektronlarning erkin harakatlanish masofasi ( ) qisqaradi (2.31- rasm). Natijada teshilish kuchlanishning katta qiymatlarida sodir bo’ladi. Gaz bosimi kamaytirilsa, uning elektr mustahkamligi pasayadi va bosimning mal’um qiymatidan boshlab elektr mustahkamlik orta boradi. Bu gaz hajmidagi molekulalar sonining keskin kamayishi va elektronlar gaz molekulalari bilan to’qnashuvining pasayib ketishi orqali isbotlanadi. Kuchli vakuumda elektr teshilish elektronlarning elektrod yuzasidan ajrab chiqish hodisasi (sovuq emissiya) bilan tushuntiriladi. Bunda elektr mustahkamlik ancha yuqori qiymatga erishadi. Bu esa yuqori chastotali kuchlanish uchun mo’ljallangan vakuum kondensatorlarini yasashda qo’l keladi. Yuqori bosimli gazlar yuqori kuchlanishli apparatlar uchun izolyatsiya sifatida shuningdek kabellar va yuqori kuchlanishli kondensatorlar tayyorlashda ishlatiladi. 73 Bir jinsli bo’lmagan elektr maydonida gazning teshilish jarayoni o’zgacha bo’lib, kuchlanganlik yuqori qiymatga ega nuqtada toj ko’rinishidagi razryad vujudga keladi. Maydon kuchlanishli yuksaltirilsa, toj razryad uchqun yoki yoy razryadga o’tadi. Agar igna – tekislik elektrodlari oralig’idagi gazning elektr mustahkamligini tekshirsak, ignaga musbat kuchlatish (impuls) berilganda oraliqda sodir bo’lganda teshilish kuchlanishining qiymati ignaga manfiy kuchlanish 73 T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 63-bet 92 berilgan holdagina ancha past bo’ladi (igna deganda uchi konus shaklli elektrod nazarda tutilmoqda). Bu quyidagicha tushuntiriladi. Gazning ionlanishi igna yaqinida vujudga keladi, chunki bu yerda maydon kuchlanganligi o’zining yuqori qiymatiga ega bo’ladi. Igna atrofida musbat zaryadlangan ion (molekula) lar “buluti” hosil bo’ladi. Ignada musbat kuchlanish bo’lganida esa bunday hajmiy zaryad igna uzunligining sun’iy o’sishiga va elektrodlar orasida razryadlanish masofasining qisqarishiga olib keladi. Qattiq dielektrik yuzasi yaqinida havoda hosil bo’lganida razryad yuza qoplanish razryadi deb ataladi. Mazkur razryad odatda elektrodlar orasida faqat havo bo’lgan holdagiga qaraganda ancha past kuchlanishlarda ro’y beradi. Razryad kuchlanishining qiymati elektr maydon tuzilishi (elektrod va dielektrikning shakli)ga maydon chastotasi, dielektrik yuzasining holati va havo bosimiga bog’liqdir. Havo nisbiy namligining ortishi izolyatorning razryad kuchlanishini ancha pasaytiradi. Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling