Elektrotexnika materiallari
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
elektrotexnika materiallari.
2.29. Lokli matolar Elektr izolyatsiya loki shimdirilgan, egiluvchan ip-gazlama yoki shoyi matolar lokli matolar deyiladi. To’qilgan mato, asosan, mexanik mustahkamlikni ta’minlasa, undagi lok pardasi esa materialning elektr mustahkamligini ta’minlaydi. Lokli matolar elektr mashinasi va asboblar izolyatsiyasida, chulg’am, o’rama, qistirma va hokazo ko’rinishdagi kabel mahsulotlarida keng qo’llaniladi. Loklangan shoyi loklangan ip-gazlama matoga nisbatan yupqa, nafis bo’lib, kichik hajmli elektr asboblari ishlab chiqarishga imkon yaratish bilan birga, yuqori elektr mustahkamlikni ham ta’minlaydi. Mazkur loklangan matolarning yuqori ish 147 harorati 105 C ga tengdir. So’nggi paytlarda kapron va shisha tolalari asosidagi lokli matolar ham elektr izolyatsiyasida keng qo’llanilmoqda. Ochiq rangli lokli matolarning ip-gazlama asosidagisining elektr mustahkamligi 35-50 MV/m, shoyi asosidagisiniki 55-90 MV/m. zichligi mos ravishda birinchisida 1100 kg/m 3 , ikkinchisida 900-1000 kg/m 3 ga teng. Ochiq rangli loklangan matolar organik erituvchilar ta’siriga chidamli, lekin issiqlik ta’sirida eskirishi mumkin. Qora rangli loklangan matoning gigroskopikligi kichik bo’lib, organik erituvchilar ta’siriga chidamsizdir. Loklangan matolar eni 700-1050 mm bo’lgan o’ramlar holida ishlab chiqarilib, ularning qalinligi: ip-gazlama matolarda 0,15-0,30 mm, shoyi matolarda 0,04-0,15 mm, kapronda 0,10-0,15 mm atrofida boladi. 109 Mahsulotning tannarxini pasaytirish maqsadida ip-gazlama va shoyi materiallar loklangan qog’oz bilan almashtiriladi. So’nggi paytlarda uskunalar izolyatsiyasida loklangan mato yoki loklangan qog’oz o’rniga sintetik plyonkalar ishlatilmoqda. Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling