Elektrotexnika materiallari


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/104
Sana21.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1714931
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   104
Bog'liq
elektrotexnika materiallari.

 
Nazorat savollari 
1. Tashqi elektr maydoni ta’sirida dielektriklarning qutblanishini tushuntirib 
bering? 
2. Ikki nuqtaviy zaryadlar orasidagi mexanik ta’sir kuchi qanday yuz beradi. 
3. Ikki metall qoplama orasiga dielektrik joylashtirilganda kondensator 
qoplamalari orasidagi erkin zaryadlar qanday aniqlanadi. 
4. Qutbli va qutbsiz dielektriklar. 
5. Dielektrik qutblanishning asosiy turlari. 
6. Dielektriklarning elektr o’tkazuvchanligi. 
7. Dielektrik orqali o’tayotgan ichki va yuza tok oqimlari. 
8. Gazlarning elektr o’tkazuvchanligi. 
9. Suyuq dielektriklarda volt-amper harakteristikasini tushuntirib bering. 
10. Qattiq dielektriklarning elektr o’tkazuvchanligi. 
11. Dielektriklarda energiya isrofi. 
12. Dielektriklarning isrof burchagini aniqlash. 
13. Gazsimon, suyuq va qattiq dielektriklardagi isroflar. 
14. Gazlarda razryadlarning yuzaga kelishi. 
15. Suyuq dielektriklarning teshilishi. 
16. Qattiq dielektriklarning teshilishi. 
17. Elektrkimyoviy teshilish. 
18. Dielektrikning namlanishi. 
19. Dielektrikning nam singdiruvchanligi. 
20. Dielektrikning mexanik xossalari. 
21. Dielektrikning fizik xossalari. 
22. Izolyatsiyani namlikdan himoya qilish. 
23. Dielektriklarning issiqlik xossalari. 


166 
24. Gazsimon dielektriklar va ularning qo’llanilish sohasi. 
25. Suyuq holatdagi dielektriklar va ularning qo’llanilish sohasi. 
26. Suyuq sintetik dielektriklar. 
27. Organik dielektriklar. 
28. Anorganik dielektriklar. 
 
 


167 
3-Bob.O’tkazgich materiallar 
3.1. O’tkazgich materiallarining klassifikasiyasi 
Elektr toki o’tkazgichlari sifatida qattiq jismlar, suyuqliklar va ma’lum 
sharoitlarda esa gaz ham qo’llanilishi mumkin. Elektr texnikada qo’llaniladigan 
aksariyat qattiq o’tkazuvchi materiallarga metall va uning qotishmalari kiradi (3.1-
rasm). 
a) b) c) 
3.1-rasm. Yuqori elektr o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan o’tkazgich materiallar 
Yuqori elektr o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan o’tkazgich materiallarga normal 
harorat sharoitida solishtirma qarshiligi 

0,05 mkOm

m bo’lgan metallar kiradi. 
Normal haroratda solishtirma qarshiligi kamida 0,3 mkOm

m bo’lgan qotishmalar 
yuqori qarshilikka ega qotishmalar deyiladi.
120
Yuqori o’tkazuvchanlikka ega 
metallar sim, tok o’tkazuvchi kabellarda, elektr mashinasi va transformatorlarning 
chulg’amlarida va boshqa asbob-uskunalarda ishlatiladi. Yuqori qarshilikka ega 
metall va qotishmalar rezistorlar, elektr isitkich asboblari, cho’g’lanma 
lampalarning tolalarini tayyorlashda foydalaniladi (3.2-rasm). 
a) b) c) 
3.2-rasm. Yuqori elektr o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan o’tkazgich materiallar 
120
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 135-bet 


168 
O’ta past (kriogen) haroratlarda solishtirma qarshiligi o’ta kichik bo’lgan 
materiallar – o’ta o’tkazgichlar va krio-o’tkazgichlar alohida ahamiyatga ega. 
Suyuq o’tkazgichlarga erigan metallar hamda turli elektrolitlar kiradi.Bunga 
misol tariqasida suyuqlanish harorati - 39

C bo’lgan simobni keltirish mumkin 
(3.3-rasm). 
a) b) 
3.3-rasm. Suyuq o’tkazgichlar 
Qattiq va suyuq holatdagi metallardan elektr toki o’tish jarayoni elektr 
maydoni ta’sirida ozod elektronlarning tartibli haroratiga asoslanadi. Shu sababli, 
metallar elektronli elektr o’tkazgich yoki birinchi darajali elektr o’tkazgich yoki 
elektrolitlarga kislota, ishqor va tuzli eritmalar kiradi (3.4-rasm).
3.4-rasm. Qattiq o’tkazgich materiallar 


169 
Mazkur moddalardan tok o’tishi, Faradey qonuniga asosan, elektr zaryadlari 
bilan birgalikda ionlarning siljishi bilan tushuntiriladi. Tok uzluksiz o’tishi 
jarayonida bunday elektrolit tarkibi asta-sekin o’zgara boradi va elektrodlarda 
elektroliz mahsulotlari to’plana boradi. Erigan holatdagi ion kristallari ham 
ikkinchi darajali o’tkazgichlarga kiradi. 
Gaz yoki metall bug’i kuchsiz elektr maydonida o’zidan elektr tokini 
o’tkazmaydi. Agar elektr maydon kuchlanganligi o’zining urilish va fotoionlashish 
sodir qiladigan keskin qiymatidan o’tsa, gazlar elektronli va ionli elektr 
o’tkazuvchanlikka ega bo’ladi (3.5-rasm). 
a) b) 
3.5-rasm. Qattiq o’tkazgich ion panjarali kristall sistema ko’rinishi 
Qattiq o’tkazgich ion panjarali kristall sistema ko’rinishida bo’lib, ichki 
qismida ozod elektronlar joylashgan deb faraz qilinadi.Odatda, bu elektronlar 
issiqlik ta’sirida betartib, elektr maydoni ta’sirida esa aniq yo’nalish bo’yicha 
harakatlanadi. Elektronlar harakat davomida kristall panjara tugunlari bilan 
to’qnashishi natijasida ajralib chiqadigan energiya o’tkazgichning metall asosiga 
Joul-Lens qonuni keltirib chiqarilgan, ya’ni metallarda elektr o’tkazuvchanlik va 
elektr energiya isrofi tushuntirib berilgan. Bundan tashqari, mazkur qonun 
metallarning elektr va issiqlik o’tkazuvchanliklari orasidagi bog’lanishni ham 
izohlaydi.
121

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling