Elektrotexnika materiallari


 Slyuda va slyudali materiallar


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/104
Sana21.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1714931
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   104
Bog'liq
elektrotexnika materiallari.

2.36. Slyuda va slyudali materiallar 
Slyuda tabiiy va sintetik turlarga bo’linadi. Tabiiy slyuda kristall strukturali, 
qatlamli tuzilishga ega mineraldir. Slyuda juda yaxshi dielektrik xossalarga
egiluvchanlikka va mexanik mustahkamlikka ega kimyoviy chidamli hamda 
issiqbardosh mineraldir. Kimyoviy tarkibi bo’yicha slyudaning turli xillari suvli 
alyuminiy silikati va ishqorli metall birikmalaridan iborat anizatrop materialdir. 
Slyuda kristallarida kislorod va kremniy hamda elementar qatlamlarni tashkil 
etuvchi alyuminiy va magniy ionlari o’zaro mustahkam bog’langandir. Shu 
sababli, slyuda elektr maydon kuch chiziqlari yo’nalishida yuqori dielektrik 
xossalarga ega. U yupqa qatlamli, o’ta egiluvchan, yonmaydigan mineraldir. 
Texnikada tabiiy slyudaning ikki turi: muskovit va flogopitdan foydalaniladi. 
Slyuda tabiatda juda kam ychraydigan qimmatbaho materialdir. Uning qatlam 
bo’yicha elektr izolyatsiya xossalari juda past, solishtirma hajmiy qarshiligi 
10
6

10
8
Om

m qiymati muskovitda 11

16, flogopitda 23

46 atrofda bo’ladi. 
Slyudaning elektr o’tkazuvchanligiga namlik va harorat kuchli ta’sir etadi. Slyuda 
qayta ishlanib, undan mikanit, mikanitli tasma va mikafoliy ishlab chiqariladi. 
Ularni tayyorlash uchun qalinligi 5

45 mkm li slyuda ishlatilib, ularning yuzasi 
4

6 sm
2
dan 50

65 sm
2
gacha o’zgartiriladi. Slyudaning erish harorati 
1145

1400

C atrofida bo’lib, mazkur mineralning suvsizlanishi: muskavitda 
200

600

C, flogopitda esa 800

900

C da ro’y beradi.
119
Slyudaning qutblanishi, asosan, ionli bo’ladi. Issiqlik o’tkazuvchanlik 
koeffitsienti muskovitda 0,44 Vt/m

K, flogopitda 0,51 Vt/m

K. 
Mikanit-varaqsimon slyudali material bo’lib, u o’z navbatida argonik (gliftal) 
lok yoki anorganik bog’lovchi modda (eruvchan shisha) yordamida tayyorlanadi. 
119
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 123-bet 


165 
Mikanit asosan kollektorli (elektr mashina kollektrlarida), quyma (elektr mashina 
kollektor konusida), egiluvchan (elektr mashina izolyatsiyasida) va qistirmali 
turlariga bo’linadi. 

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling