4.4. Yarim о‘tkazgichlarning xususiyatlari Barcha qattiq jismlar о‘zlarining solishtirma о‘tkazuv-chanliklariga kо‘ra
metallar, dielektriklar (izolyatorlar) va yarim о‘tkazgichlarga bо‘linadi.
Metallarning solishtirma о‘tkazuvchanligi 10
2
dan 10
4
Sm gacha bо‘lgan oraliqda
о‘zga-radi, dielektriklar uchun bu oraliq 10
24
dan 10
12
gacha bо‘lsa, yarim
о‘tkazgichlarda 10
11
dan 10
1
Sm gacha qiymatlarni tash-kil etadi. Yarim
о‘tkazgichlarning eng harakterli jihatlaridan biri ularning solishtirma
о‘tkazuvchanliklarining temperatura kо‘tarilishiga bog‘liq holda ortishida
namoyon bо‘ladi. Ammo bu xususiyat temperatura о‘zgarishining har qanday
oralig‘ida ham yuzaga kelavermaydi yoki har qanday yarim о‘tkazgichda ham
kuzatilavermaydi.
Yarim о‘tkazgichlarning xususiyati ularning о‘tkazuvchan-ligini tashqi
ta’sirlar (temperatura, yoritilganlik, radioaktiv nurlanish) ostida, shuningdek uncha
katta bо‘lmagan miqdorda aralashma atom kiritish (legirlash) natijasida
о‘zgartirish imkonining mavjudligidadir. Ularning bu xususiyatlaridan qattiq jism
elektronikasida yarim о‘t-kazgichlardan amalda foydalanish asosini tashkil etadi.
Kimyoviy tarkibiga kо‘ra yarim о‘tkazgichlar faqat bitta kimyoviy element
atomidan iborat elementar, ikki va undan kо‘proq kimyoviy elementlar
191
atomlaridan iborat bо‘lgan kompozitsion, yoki murakkab holda bо‘ladi. Ulardan
birinchisiga davriy sistemaning IV guruh elementlari ger-maniy va kremniy,
ikkinchi guruhiga III va V, hamda II va VI guruhlar elementlarining mos holda A III B V va A II B VI kо‘rinishdagi shartli belgilar bilan ifodalanuvchi aralashmalari
kiradi.