Elektrotexnika materiallari


Download 457.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana22.02.2023
Hajmi457.77 Kb.
#1223286
  1   2
Bog'liq
Извлеченные страницы из Elektrotexnika materiallari



18 
Yuqori ish haroratiga ega bo’lgan yangi turdagi dielektriklar aviatsiya, raketa 
texnikasida va boshqa sohalarda ishlatilmoqda (1.16-rasm).
9
Elektrotexnika materiallari
O’tkazgichlar
Yarim o’tkazgichlar
Magnit materiallar
Dielektriklar
1.16-rasm. Elektrotexnika materiallarining sinflanishi 
So’nggi paytda ko’plab ishlab chiqarilayotgan yangidan-yangi sun’iy 
materiallar xalq xo’jaligining turli sohalarida, jumladan, elektrotexnikada keng 
miqyosda qo’llanilmoqda. 
Hozirgi davrda o’z ish faoliyatini yuqori darajada bajarib, xalq xo’jaligini 
sifatli kabel mahsulotlari bilan ta’minlayotgan “O’zkabel” AJ ishlab chiqarish 
korxonasida dielektrik va o’tkazgich materiallar ko’p ishlatiladi. Bulardan 
asosiysini polietelen va mis tashkil etadi. Bo’lajak mutaxassislar uchun elektr 
texnika materiallarini chuqur o’rganish katta amaliy ahamiyatga ega. 
 
1.4. Qattiq jismlar fizikasining asosiy tushunchalari 
Qattiq jismlar fizikasining nazariy masalalari bilan shug’ullangan Y.I.Frenkel 
1930 yili yarim о‘tkazgichlar va dielektriklarda elektronlarning kо‘zg’algan 
holatida eksiton nazariyasini ishlab chiqqan edi. Bu nazariyaning tо‘g‘ri ekanligini 
1952 yilga kelib Y.F. Gross tomonidan isbot qilindi ya’ni eksitonning mavjud 
ekanligi etildi. Qattiq jismlar fizikasi xususan, yarim о‘tkazgichlar fizikasining 
nazariy masalalari ustida ishlab, uning rivojiga katta ta’sir kо‘rsatgan Sovet 
olimlaridan L.D.Londau, S.P.Pekar, L.E.Gurevich, S.G.Kalashnikov va boshqa 
nazariyotilarni kо‘rsatish mumkin (1.17-rasm).
10
9
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United States 
of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 12-bet. 
10
Bijay_Kumar Sharma., Electrical and Electronic Materials Science./ - OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 8-bet. 


19 
a) b) c) 
1.17-rasm. Kristallar 
Qattiq jismlar - atom va molekulalarning joylashishiga qarab amorf kristall 
jismlarga bо‘linadi, amorf jismlar izotropik hossaga ega bо‘lib ularning fizikaviy 
hossalari hamma yо‘nalishlar bо‘yicha bir xil bо‘ladi. Amorf jismlarning xossalari 
о‘ta qovishqoq sо‘yuqliklar xossalariga о‘xshashdir. Shu sababli xozirgi vaqtda 
amorf jismlarrni о‘ta sovigan suyuqlik deb qaralib, qattiq jism terminida faqat 
kristall tuzilishga ega bо‘lgan jismlarnigina harakterlashda foydalaniladi. Biz 
kristall jismlarning xossalari, xususan yarim о‘tkazgich kristall jism ustida sо‘z 
yuritar ekanmiz qattiq jism terminini ishlatganimizda kristall jismini nazarda 
tutamiz. 
Kristall qattiq jismlarda - atom va molekulalar ma’lum tartibda joylashgan 
bо‘lib har xil kristall panjarani hosil qiladi shu sababli ularni fizikaviy xossalari 
turli yо‘nalishlar bо‘yicha bir xil bо‘lmaydi ya’ni anizotropik hossaga ega bо‘ladi. 

Download 457.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling