Elektrotexnika sanoati korxonalarini innovatsion rivojlantirishda mis klasterining o’rni


Download 1.22 Mb.
bet3/5
Sana08.05.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1447019
1   2   3   4   5
Bog'liq
Elektrotexnika sanoatini innovatison rivojlantirishda mis sanoatining o

NATIJALAR VA MUHOKAMA
Soʼnggi yillarda mamlakatimizning elektrotexnika sanoati rivojida ijobiy dinamika kuzatilayotgan boʼlib, uning Oʼzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish “drayver”laridan biriga aylanishi kutilmoqda. “2022-2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi”da ushbu davr ichida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravar, jumladan, elektrotexnika sanoatida yuqori qoʼshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2 baravar, eksportini esa 3 baravarga oshirish vazifasi qoʼyilgan. Mamlakatimizda ushbu tarmoqda qariyb 500 ta ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritmoqda. Ularning aksariyati kichik korxonalar hisoblanib, 2 mingdan ziyod nomdagi mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shugʼullanadi. Sohada 32 ming nafar kishi faoliyat koʼrsatyapti. Butun elektrotexnika mahsulotlari hajmining 90 foizdan ortiq qismini ishlab chiqaradigan eng yirik 86 ta korxona “Oʼzeltexsanoat” uyushmasi tarkibiga kiradi va ulardan 39 tasi maishiy texnika, 17 tasi kabelь-sim mahsulotlari, 30 tasi quvvat uskunalari va boshqa elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaradi.
2017 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan besh yillik vaqt oralig‘ida elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 5 baravar, ya'ni 3,4 trln so‘mdan 16,7 trln so‘mga, maishiy texnika – 6 baravar, kabelь-sim mahsulotlari – 1,5 baravar, quvvat uskunalari va boshqa mahsulotlar – 8,7 baravarga oshdi.
Prezidentning 2021 yil 2 martdagi PQ-5011-son qarorida 2021-2022 yillar uchun elektrotexnika tarmog‘i rivojining asosiy ko‘rsatkichlari belgilab berilgan edi. Ushbu ko‘rsatkichlar 2021 yil yakunigacha ortig‘i bilan bajarildi. Jumladan, ishlab chiqarish hajmi 16,7 trln so‘mni (reja bo‘yicha 15 trln so‘m), eksport hajmi 562,5 mln dollarni (reja bo‘yicha 450 mln dollar) tashkil etdi.
2022 yilning birinchi yarmida elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,2 foizga, ya'ni 7,21 trln so‘mdan 8,23 trln so‘mga oshdi. Shu bilan birga, 6 oylik yakunlarga ko‘ra, ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining umumiy hajmida soha mahsulotlarining ulushi (2021 yilda) 3,6 foizdan joriy yilda 3,27 foizga kamaydi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling