Elektrotexnika sanoati korxonalarini innovatsion rivojlantirishda mis klasterining o’rni


Download 1.22 Mb.
bet2/5
Sana08.05.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1447019
1   2   3   4   5
Bog'liq
Elektrotexnika sanoatini innovatison rivojlantirishda mis sanoatining o

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
So’nggi yillarda yurtimizda elektrotexnika sanoati jadal rivojlanib, sanoatimizning asosiy bo’g’iniga aylanib bormoqda. Shu maqsadda respublikamizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2017-2021 yillarga moʼljallangan “Harakatlar strategiyasi” diqqat markazida turgan eng muhim ustuvor vazifalardan biri ham – “milliy iqtisodiyotning tarkibida sanoat ulushini koʼpaytirish, yuqori texnologiyali sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, har bir hududning sanoat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni taʼminlash”1 boʼyicha ustuvor vazifalar belgilangan. Bundan keyin prezidentimizning 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning “Taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risidagi farmoni imzolanib, bunda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy, tijorat va ma’muriy-maishiy bino va inshootlarning energiya samaradorligini oshirish dasturlari qabul qilindi.2
Shuningdek sanoat korxonalarini innovatsion rivojlantirishning ilmiy va nazariy jihatlari xorijlik va MDH mamlakatlari olimlari tarafidan atroflicha oʼrganilgan. Jumladan, G.Аzoev, O.Belenov, Ye.Golubkov, J.O`Shonessi, D.Yampolskoy, K.Devid, А.А.Bravermana, S.Minett, N.Molchanov, O.Uolker, X.Boyd, J.Larshe, Dj.Mallins, V.Saliy, I.Solskaya, R.Fatxuddinov, G.Xarding, V.Shkardun kabi taniqli xorijiy olimlar tomonidan tadqiq etilgan.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida respublikamiz sanoat korxonalarida innovatsion strategiyalarni shakllantirish masalalari А.Bekmurodov, G.Аxunova, M.Boltaboev, А.Fattaxov, M.Yusupov, M.Qosimova, Sh.Ergashxodjaeva larning ilmiy izlanishlarida oʼz aksini topgan.3
Taʼkidlash lozimki, mamlakatimiz olimlari tomonidan xalqaro raqobat va milliy ishlab chiqarishni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalari innovatsion salohiyatini takomillashtirish bo’yicha nazariy va uslubiy asoslarini rivojlantirish maxsus, mustaqil ilmiy tadqiqot obʼekti sifatida o’rganilmoqda. Аyniqsa, Oʼzbekistonda sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni boshqarish mexanizmlaridan foydalanish masalalari to’liq tadqiq etilmagani ushbu sohada ko’plab izlanishlarni talab etadi. Аynan shu jihat maqola mavzusini tanlash va tadqiqot vazifalari doirasini belgilashga asos boʼldi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling