Mavzu: Ijtimoiy taminot fanining tamoyillari Reja: Ijtimoiy taminot tamoyillari


Download 0.62 Mb.
Sana16.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1493998
Bog'liq
ijtimoiy taminot fani tamoyillari

Mavzu:Ijtimoiy taminot fanining tamoyillari

Reja:

1.Ijtimoiy taminot tamoyillari

2. Ijtimoiy ta’minot huquqi tamoyillari tushunchasi

3. Ijtimoiy taminot fani aholini ijtimoiy ta’minlash va himoyalashdagi o ‘rni


Ijtimoiy ta'minot huquqining tamoyillari umumhuquqiy tamoyillardan hamda turli shakllardagi ijtimoiy ta'minotning amalga oshirilishiga bevosita taalluqli bo‘lgan o‘ziga xos tamoyiilardan iboratdir.
Ijtimoiy ta'minotning amalga oshirilishida qonuniylikka amal qilish, kamsitishga yo‘1 qo'ymaslik, insonparvarlik, demokratizm kabi umumhuquqiy tamoyillarga so‘zsiz amal qiladi. Bu tamoyillaming ro'yobga chiqarilishi Respublikamiz Konstitutsiyasi va boshqa qonunlar bilan to ‘la kafolatlangan bo‘lib, ulardan qandaydir tarzda chekinish inson huquqlarining poymol etilishi sifatida baholanadi hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqiy javobgariiklarni keltirib chiqaradi.
Ijtimoiy ta'm inot huquqining maxsus tamoyillari jumlasiga quyidagilami kiritish mumkin: 1. Ijtimoiy ta'minotning umumiyiigi va keng qamrovli tusga egaligi. Bunda fuqarolami millati, jinsi, ijtimoiy mavqeyi va boshqa farqlaridan qat’i nazar muayyan ko'rsatkichlar mavjud bo‘lgani taqdirda teng asoslarda ijtimoiy ta'minot olishlari tushuniladi. Shuni qayd etish kifoyaki, bugungi kunda uch yarim millionga yaqin fuqarolar davlat pensiyalari bilan, yuz minglab oilalar hamda ehtiyojmand fuqarolar nafaqalar va boshqa moddiy yordam olmoqdalar, ana shu maqsadlar uchun davlat budjetidan katta moliyaviy mablag‘lar sarflanmoqda.
2. Ijtimoiy himoyaning manzilli va aniq y o ‘naltirilganligi hamda boqimandalikka y o ‘i qo‘yilmasligi. Ijtimoiy himoya choralari o'zining salomatligi, ahvoli, yoshi, oilaviy sharoiti yoki boshqa obyektiv sabablarga ko‘ra, o'zini o‘zi mustaqil ta’minlashga qodir kutubxonasi bo‘lmagan, davlat va jamiyat ko‘magiga muhtoj boMgan va muhtoj deb topilgan fuqarolar va oilalargagina ko'rsatilishi mumkin.
Bozor munosabatlari chog‘ida o‘z salohiyat va imkoniyatlaridan to'liq foydalanmagan holda davlat yordamiga ko‘z tikishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, zero, davlatning barcha fuqarolarini teng va yalpisiga ijtimoiy ta'minlash imkoni mavjud emas. Shu sababli mehnatga yaroqli fuqarolar eng awalo, o‘z kuch va imkoniyatlariga tayanmoqlari lozim. Ijtimoiy himoyaning aniq yo‘naltirilganligi va manzilli tarzda amalga oshirilishi qonun hujjatlari bilan mustahkamlangan'.
3. Ijtimoiy ta'minot uchun ajratiladigan mablag‘ning yetarli darajadatigi. Ya’ni: pensiyalar miqdorini belgilash paytida turmush kechirish uchun zarur bo‘lgan eng kam mablag' ko‘rsatkichi, iste'mol dasturi tarkibiga kiruvchi eng zarur mahsulotlar va xizmatlar to'plami uchun zarur boMgan mablag'ning eng kam darajasi e’tiborga olinishi ushbu tamoyil mohiyatini tashkil etadi. Pensiyalaming eng kam miqdorlari qonun hujjatlari bilan belgilab qo'yilishi hamda ushbu eng kam miqdordan kam boMishiga yo‘1 qo‘yilmasligi, vaqt-vaqti bilan qayta ko'rilib, indeksatsiya qilib turilishi orqali mazkur tamoyil ro‘yobga chiqariladi.
4. Ijtimoiy ta 'minotning amalga oshirilishida fuqarolarning o ‘zini o ‘zi boshqarish organlari, lcorxona va tashkilotlar, jamoat birlashmalarining bevosita ishtirok etishlari tamoyili. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati barpo etilayotganligi, kuchli davlatchilikdan kuchli jamiyatga tomon rivojlanib borilayotganligi namoyon boMishi ko‘rinishlaridan biri — davlatga xos funksiyalar jamiyatga o‘tkaza borilayotganligida, avval davlat organlari bajarib kelgan vazifalar bosqichma-bosqich fuqarolar yig‘inlari, boshqa jamoat organlari zimmasiga yuklanayotganligida ko'zga tashlanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 13-yanvardagi „Aholini aniq yo'naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta'minlashda fuqarolaming o‘zini o ‘zi boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risida“gi Farmoni qabul qilindi. Bugungi kunda ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilishida korxona va tashkilotlar, ulaming mehnat jamoalari, turli nodavlat nohukumat jamg‘armalari, xayriya tashkilotlari, tadbirkor fuqarolar va boshqa shaxslar ham ishtirok etib kelmoqdalar
5. Mamlakatimizda xilma-xil shakilarda ijtimoiy ta 'minotning amalga oshirilish tamoyili. Ijtimoiy ta'minotga oid qonunchilik hujjatlarida ta'minot har xil shakllarda, xususan, pensiyalar, bir m artalik moddiy yordam lar, ijtimoiy xizm atlar ko‘rsatish, muayyan imtiyozlar va turlicha yengilliklar ko‘rinishida amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Kelgusida ijtimoiy yordam ko‘rsatish shakllari yanada xilma-xillashuvi, shaklan mukammallashib borishi kutilmoqda
Ijtimoiy ta'minotning qaysi shaklda amalga oshirilish masalasi aniq shart-sharoitlami hisobga olgan holda qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi. Ijtimoiy ta'minotning asosiy shakli pensiyalar va nafaqalar berishdan iborat ekanligi shubhasiz hamda ijtimoiy ta'minotning ushbu ikki shakli yetakchi mavqeyini saqlab qolishi aniq, ammo pensiya va nafaqalar ham shaklan takomillashib borishi tabiiy holdir
6. Ijtimoiy ta'minotni nodavlat, homiylar mablagjari hisobidan amalga oshirilishining davlat tomonidan har tomonlama rag‘batlantirilishi va qo ‘llab-quvvatianishi tamoyili. Odatda, fuqarolar ijtimoiy ta'minot uchun oldindan badallar toMamaydilar (qonunda inobatga olingan hollardan, yakka tadbirkor va dehqon xo‘jaligi a’zosi bo‘lgan fuqarolardan tashqari) va ijtimoiy ta'minot budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari pensiya jam g‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi
7. Ijtimoiy ta 'minotni amalga oshirilishi ustidan davlat va jamoat nazoratining o ‘matilganligi tamoyili. Ijtimoiy ta'minotga oid mablag'lami o‘z vaqtida va to‘liq hajmda to'lanishi, maqsadga muvofiq va to‘g‘ri sarflanishi, ijtimoiy ta'minotni amalga oshiruvchi davlat hamda jamoat organlari, ulaming mansabdor shaxslari faoliyatining qonuniyligi ustidan umumiy nazoratni 0 ‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari amalga oshiradi.
Ijtimoiy ta'm inotning to ‘g‘ri amalga oshirilishi ustidan ta'sirchan va samarali nazorat o'matilishi bu sohada qonuniylikni ta'minlash, mablag'larni o‘z egalariga yetib borishini ta'm inlashning asosiy kafolatlaridan sanaladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi insonparvar demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati barpo etar ekan, xalqaro huquqning umume'tirof etgan qoidalari ustunligini tan oladi va fuqarolarga jahon standartlari darajasida moddiy-ijtimoiy turmush sharoiti va darajasini ta'minlab berishga, har bir shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kafolatlanishi uchun kerakli chora-tadbirlar ko'radi.
Keksayib, mehnatga bo'lgan layoqatini yo‘qotganda, boquvchisidan judo bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan tegishli hollarda moddiy jihatdan ta'minlanish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanish huquqiga bo‘!gan egalik inson huquqlari orasida muhim o'rin tutadi. Bu huquqlar hamda ularning ta'minlab berilishi haqida universal va mintaqaviy xalqaro tashkilotlaming xalqaro hujjatlarida belgilab qo‘yilgan, bu huquqlami ta'minlab berish majburiyati xalqaro hamjamiyat a’zosi bo‘lgan har bir davlat zimmasiga muhim majburiyat sifatida yuklatib qo'yilgandir

Etiboringiz uchun rahmat


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling