MUSTAQIL TA’LIM
MAVZU:ZIRAAT BANK
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
BAJARDI: RAXMATOV.E
QABUL QILDI: ABIYEV.D
REJA:
1.BANK HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
2.BANK OMONATLARI
3.BANK KREDITLARI
4.BANK ILOVASI VA KARTALARI
1993-yilning 25-oktyabrida O`zbekistonning "Agroprombank"i va Turkiyaning "Ziraat Bankasi"-Turkiya qishloq xo`jalik banki o`rtasida qo`shma bitim imzolanib, O`zbekiston-Turkiya banki tashkil etilgan edi.
Faoliyatning ilk kunlaridanoq moliya muassasasi mamlakatimizning bank tizimida o`zining keng ko`lamdagi zamonaviy xizmatlari bilan ishonchli biznes hamkor qolaversa, universal moliyaviy muassasaga aylanib ulgurdi.
2016-yil Toshkentda O`zbekiston-Turkiya bankining "Yunusobod" filiali ham ochildi. Muhtaram Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan sa`yi-harakatlari natijasida 2017-yil dekabr oyida Turkiyaning "Ziraat Bankasi" "Agrobank" ATBning O`zbekiston-Turkiya banki ustav sarmoyasidagi 50% ulushini sotib oldi va O`zbekiston-Turkiya bankining to`liq egalik huquqini qo`lga kiritdi.
Shundan so`ng Turkiyaning "Ziraat Bankasi" tomonidan bankning nomi “Ziraat Bank Uzbekistan” deb o`zgartirildi.
“Ziraat Bank Uzbekistan’’ aksiyadorlik jamiyatining yangi
tahrirdagi ustavi (22.02.2023)
305.303.965.202 so’m
Bankning ustav kapitali
260.943.560 dona
oddiy aksiyalarga bo’lingan
Jismoniy shaxslar uchun kreditlar
Bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan, tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan xo‘jalik yurituvchi yuridik shaxslarga ularning tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish uchun turli kreditlar ajratadi.
Kreditlar qaytarishlik, to‘lovlilik, ta'minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi xamda bank mijozlariga naqdsiz pul shaklida (pul o‘tkazish yo‘li bilan) ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |