Elektrotexnika va elektronika asoslari


 Qayta tiklanadigan energiya manbalari


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana07.06.2020
Hajmi0.51 Mb.
#115935
1   2   3
Bog'liq
elektr energiyasini ishlab chiqarish muqobil energiya manbalari


2. Qayta tiklanadigan energiya manbalari 

 

       O„zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo„mitasi, 



Yevropada  xavfsizlik  va  hamkorlik  tashkiloti  loyihalarining  O„zbekistondagi 

koordinatori,  Markaziy  Osiyo  qayta  tiklanadigan  energiya  manbalari  mintaqaviy 

markazi  hamkorligida  tashkil  etilgan  tadbirda  mutaxassislar,  fermer  xo„jaliklari  va 

mahalliy  hokimlik  vakillari,  korxona  va  tashkilotlar  rahbarlari  ishtirok  etdi.  

       Prezidentimiz  rahnamoligida  qayta  tiklanadigan  energiya  manbalarini  qo„llash 

ko„lamini  kengaytirish,  ushbu  yo„nalishdagi  milliy  bozor  va  texnologiyalarni 

rivojlantirish  bo„yicha  keng  ko„lamli  chora-tadbirlar  amalga  oshirilmoqda. 

Davlatimiz  rahbarining  2013-yil  1-martda  qabul  qilingan  “Muqobil  energiya 

manbalarini  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to„g„risida”gi  farmoni  bu 

boradagi  ishlar  samaradorligini  oshirish,  jumladan,  muqobil  energetikani  yanada 

rivojlantirish,  boy  tabiiy  resurslarni  o„zlashtirish,  qayta  tiklanadigan  energiya 

manbalarini  joriy  etish,  soha  uchun  malakali  mutaxassislar  tayyorlash,  muqobil 

energiya  manbalarini  qo„llash  sohasida  ilmiy  tadqiqotlarni  rag„batlantirishga 

xizmat 


qilmoqda.  

       Mamlakatimiz  muqobil  energiya  sohasida  ulkan  salohiyatga  ega.  Noan‟anaviy 

resurslar,  jumladan,  quyosh  energiyasidan  keng  foydalanishga  yo„naltirilgan  zarur 

me‟yoriy-huquqiy 

baza 

shakllantirilmoqda.  



Muqobil  energiya  manbalaridan  foydalanish  iqtisodiyotni  barqaror  rivojlantirish  va 

uning  raqobatbardoshligini  oshirishning  muhim  omilidir. 

          Prezidentimiz  rahnamoligida  zamonaviy  quyosh  batareyalaridan  olinadigan 

energiya  manbalaridan  foydalanishga  alohida  e‟tibor  qaratilayotir.  Deyarli  yil 

davomida  oftob  charaqlab  turadigan  yurtimizda  qayta  tiklanadigan  bu  energiya 

manbalari  aholiga  juda  katta  qulaylik  tug„diradi.Elektr  energiyasidan  tejab 

foydalanishda  yangi  texnologiyalarni  joriy  etish,  quyosh,  shamol  va  biologik 

chiqindilardan  energiya  olish  elektr  energiyasiga  ketadigan  sarf-xarajatlarni 

sezilarli 

darajada 

qisqartirish 

imkonini 

bermoqda.  

        Mamlakatimizda  20  dan  ortiq  quyosh  qurilmalari  ishlab  chiqaruvchi  korxona 



 

16 


faoliyat  yuritayotir.  O„zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat 

qo„mitasi  qoshida  tashkil  etilgan  “Eko-energiya”  ilmiy-tatbiqiy  markazi  ham  bu 

borada  muayyan  ishlarni  amalga  oshirmoqda.  Mamlakatimiz  bo„yicha  umumiy 

quvvati  9,4  kVt.  bo„lgan  19  fotoelektr  stansiya  o„rnatilib,  ishga  tushirildi.  Yil 

yakuniga  qadar yana 4 stansiyani  foydalanishga  topshirish ko„zda tutilmoqda.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

17 


3. Muqobil energiya - iqtisodiy barqarorlik omili 

 

 

 



         Ma‟lumki,  keyingi  yillarda  energetika  sohasining  muqobil  turi  hisoblangan 

qayta  tiklanuvchi  energiya  manbalari  global  ahamiyat  kasb  etib,  dunyo 

iqtisodiyotidagi  ustuvor yo„nalishlardan  biriga  aylanib  bormoqda. 

         Mutaxassislarning  fikricha,  yaqin  kelajakda  u  yoki  bu  davlatning  barqaror 

rivojlanishi  uchun  energetika  tarmog„ida  qayta  tiklanuvchi  energiya  manbalaridan 

foydalanish  salmog„iga  uzviy  bog„liq  bo„lib  qolishi  ehtimoldan  xoli  emas. 

Shu  bois  ushbu  sohaning  qonunchilik  bazasini  takomillashtirishga  e‟tibor 

qaratilmoqda.  Chunki  aynan  shu  yo„l  orqali  ushbu  soha  munosabatlari  huquqiy 

jihatdan 

tartibga 

solinadi 

va 


uning 

rivoji 


ta‟minlanadi. 

      Tahlillarga  qaraganda,  hozirgacha  80  ga  yaqin  mamlakatda  muqobil  energiya 

manbalari  sohasida  milliy  qonunchilik  yaratilgan.  Ayniqsa,  so„nggi  o„n  yillikda 

mazkur  sohada  Avstraliya,  Avstriya,  Belgiya,  Braziliya,  Kanada,  Xitoy,  Daniya, 

Estoniya,  Chexiya,  Fransiya,  Germaniya,  Irlandiya,  Janubiy  Koreya,  Niderlandiya, 

Portugaliya,  Singapur,  Shvetsiya,  Shveysariya,  AQSH,  Hindiston  va  Mongoliya 

kabi 

mamlakatlarda 



tegishli 

qonunlar 

qabul 

qilingan 



hamda 

amaldagi 

qonunchilikka 

o„zgartish 

va 

qo„shimchalar 



kiritilgan. 

        Ko„pgina  mamlakatlarda  qonun  yo„li  bilan  davlat,  biznes  va  nodavlat  sektor 

e‟tiborini  mazkur  sohaga  qaratish,  muqobil  energiya  manbalarining  rivoji  uchun 

davlat  tomonidan  rag„batlantiruvchi  choralarni  ko„rish,  subsidiyalar  siyosatini 

qo„llashga  nisbatan  munosabat  shakllangan.  50  dan  ortiq  davlat  qonunchiligida 


 

18 


rag„batlantirish  va  subsidiya  aks  ettirilgan.  Masalan,  Xitoyda  qabul  qilingan 

huquqiy  hujjatlarga  ko„ra,  qayta  tiklanuvchi  energiya  manbani,  xususan, quyosh va 

shamol  energiyasidan  olinadigan  elektr  manbaini  umummilliy  elektr  tamroqlariga 

ulash  nazarda  tutilgan.  Bu  davlatda  qayta  tiklanuvchi  energiya  manbalari  sohasida 

bir  qator  imtiyozlar  belgilangan.  2020-yilga  borib  bu  erda  mazkur  manbadan 

olinadigan 

energiya 

hajmi 


15 

foizga 


etkazilishi 

mo„ljallangan. 

         Muqobil  energiya  manbalari  bo„yicha  xalqaro  qonunchilik  tajribasi  haqida 

gapirganda  Evropa  Ittifoqida  bu  boradagi  amaliyotga  alohida  to„xtalib  o„tish 

maqsadga  muvofikdir.  Zero,  bu  mintaqada  mazkur  sohada  etarlicha  tajriba 

to„plangan  bo„lib,  bunday  manbalarni  rivojlantirish  mintaqa  energetika 

siyosatining  muhim  yo„nalishi  hisoblanadi.  Xususan,  ushbu  ittifoqning  strategik 

hujjatida  mintaqada  2010-yilgacha  qayta  tiklanuvchi  energiya  manbaining  hissasi 

12  foizdan  past  bo„lmasligi  belgilangan  edi.  Hozir  bu  ko„rsatkich  salkam  13 foizni 

tashkil  etmoqda.  2001-yilda  qabul  qilingan  hujjatlarda  qayta  tiklanuvchi  manbalar 

yordamida  olinadigan  elektr  energiyasining  ulushi  2020-yilga  borib  20  foizga 

etkazish  nazarda  tutilgan.  2004-yilda  hayotga  tatbiq  etila  boshlangan  boshqa  bir 

hujjatda  bioyoqilg„i  hajmini  anchaga  oshirish  belgilangan.  Xullas,  amaldagi  qator 

qonunchilikka  binoan,  ko„riladigan  choralar  natijasida  Evropa  Ittifoqida  2020-yilda 

qayta  tiklanuvchi  energiya  manbai  sohasida  2,8  mln.ta  ish  o„rni  yaratilishi,  qayta 

tiklanuvchi  energiya  industriyasining  ittifoq  YAIMdagi  hissasi  1,1  foizni  tashkil 

etishi 

kutilmoqda. 



Shuni  ham  alohida  ta‟kidlash  joizki,  ushbu  mintaqadagi  har  bir  davlatning  o„zida 

mustaqil  ravishda  soha  qonunchiligini  takomillashtirishga  harakat  qilinmoqda.  Bu 

bejiz  emas.  Chunki  muqobil  energiya  manbai  yo„nalishida  hamma  joyda  ham  bir 

xilda  imkoniyat  mavjud  deb  bo„lmaydi.  Masalan,  Islandiya  geotermik,  ya‟ni  er 

bag„ridagi  issiqlikdan  energiya  manbai  sifatida  foydalanish  borasida  keng 

salohiyatga  ega  bo„lsa,  Italiya  va  Ispaniya  quyosh  energiyasidan  foydalanishda  bir 

qator  ustunliklarga  ega.  Ayniqsa,  Ispaniyada  2005-yilda  Quyosh  Ordonansi  qabul 

qilinganidan  so„ng,  ushbu  sohada  shiddat  bilan  o„sish  kuzatilmoqda.  Daniya  va 

Germaniya  shamol  energiyasidan  foydalanish  bo„yicha  Evropa  Ittifoqida  etakchilik 


 

19 


qilishmoqda.  2008-yilda  Evrokomissiya  tomonidan  chiqarilgan  xulosaga  ko„ra, 

ushbu  ittifoqqa  kiruvchi  aksariyat  mamlakatlardagi  sohani  rag„batlantirish  va 

subsidiyalar 

berish 


siyosatini  joriy  etish  muqobil  energiya  manbalarini 

rivojlantirishga 

ijobiy 

ta‟sir 


ko„rsatmoqda. 

         Umuman,  muqobil  energiya  manbai  sohasini  rivojlantirishni  qo„llab- 

quvvatlash  usullari  turli  bo„lib,  bunday  energiya  manbai  asosida  vujudga  kelgan 

elektr  energiyasini  sotish  uchun  imtiyozli  tariflar  dunyoning  50  tadan  ziyod 

davlatida  joriy  etilgan.  Maxsus  yashil  sertifikatlardan  foydalanish,  ya‟ni  qayta 

tiklanuvchi  energiya  manbai  orqali  hosil  qilingan  energiyani  yuqori  narxda  oluvchi 

iste‟molchilarga  sotish  jarayoni  Shvetsiya,  Buyuk  Britaniya,  Italiya,  Belgiya, 

Polshada  amal  qiladi.  Bu  boradagi  soliq  imtiyozlari  Malta,  Finlyandiya,  Kipr, 

Buyuk  Britaniya,  Chexiyada  tatbiq  etilgan.  Bundan  tashqari,  imtiyozli  kreditlar, 

sohada  ilmiy-tadqiqotlar  olib  boruvchilarni  hamda  turli  xil  uskuna,  qurilmalarni 

ishlab  chiqaruvchilarini  qo„llab-quvvatlash,  kadrlar  tayyorlash  va  malakasini 

oshirish,  namunaviy  loyihalarni  namoyish  etgan  holda  qayta  tiklanuvchi  energiya 

manbalari  haqida  jamoatchilik  o„rtasida  keng  targ„ibot-tashviqot  ishlarini  olib 

borishni  rag„batlantirish  kabi  jarayonlarga  qaratilgan  alohida  yondashuv  va 

e‟tiborni 

jahon 


tajribasida 

ko„p 


kuzatish 

mumkin.  

         Mamlakatimizda  mazkur  sohadagi  munosabatlar  “Energiyadan  oqilona 

foydalanish  to„g„risida”gi,  “Elektr  energetikasi  to„g„risida”gi  qonunlari  bilan 

tartibga  solingan.  Bu  borada  Prezidentimizning  2013-yil  1-martdagi  “Muqobil 

energiya  manbalarini  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to„g„risida”gi  Farmoni 

alohida  ahamiyatga  molik  hujjat  sanaladi.  Unda  qayd  etilganidek,  O„zbekistonda 

muqobil  energiya  manbalaridan,  eng  avvalo,  quyosh  energiyasidan  foydalanish 

sohasida  ilmiy  va  eksperimental  tadqiqotlar  olib  borish  borasida  salmoqli  tajriba 

to„plangan  bo„lib,  ular  yuzasidan  bir  qancha  o„n  yillar  mobaynida  ishlanmalar olib 

borilmoqda.  Markaziy  Osiyoda  o„xshashi  yo„q  ilmiy-eksperimental  markaz 

hisoblangan  O„zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasining  “Fizika-Quyosh” 

ilmiy-ishlab  chiqarish  birlashmasi  tomonidan  olib  borilayotgan  tadqiqotlar 

natijalari 

jahon 

miqyosida 



e‟tirof 

etilgan. 



 

20 


 

          Farmondan  ko„zda  tutilgan  maqsad  to„plangan  tajribani  e‟tiborga  olgan 

holda  va  tadqiqotlar  hamda  tajriba-sanoat  ishlanmalarini  yuqoriroq  texnik  va  ilmiy 

darajada  o„tkazishni  yanada  davom  ettirish,  jahon  tajribasini  hisobga  olib,  yurtimiz 

sharoitida  muqobil  energiya  manbalaridan  foydalanish  borasidagi  ayrim  echimlarni 

amalda  qo„llash,  shuningdek,  mazkur  soha  uchun  zamonaviy  uskunalar  va 

texnologiyalarni  shu  erda  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish  choralarini  ko„rishga 

qaratilgan.  Eng  muhimi,  unda  soha  qonunchiligini  takomillashtirib,  “Muqobil 

energiya  manbalari  to„g„risida”gi  qonun  loyihasini  ishlab  chiqish  lozimligi 

belgilangan. 

        Ayni  paytda  mazkur  qonun  loyihasini  tayyorlash  ustida  ish  qizg„in 

ketayotganini  ta‟kidlash  bilan  birga,  uning  qabul  qilinishidan,  avvalo,  an‟anaviy 

energiya  manbalarining  tejamkorligiga,  atmosfera  havosiga  zaharli  gazlar 

chiqishining  kamayishiga,  ayrim  hududlardagi  energiyaga  bo„lgan  muammolarni 

bartaraf  etishga  erishish  hamda  butun  respublikani  uzluksiz  energiya  bilan 

ta‟minlash  uchun  zarur  shart-sharoitlar  yaratilishi  kutilayotganini  e‟tirof  etish 

darkor. 

        Bundan  tashqari,  mamlakatimizda  qayta  tiklanuvchi  energiya  manbai 

yo„nalishida  milliy  reja,  maxsus  dastur  ishlab  chiqish,  mazkur  soha  uchun  oliy  va 

o„rta-maxsus  o„quv  yurtlarida  kadrlar  tayyorlash  bo„yicha  tizim  yaratish  kabilar 

dolzarb  vazifalarning  amaliyoti  muhim  ahamiyatga  ega.  Chunki  uglevodorod  xom 

ashyosining  jahon  miqyosidagi  zaxiralari  kamayib  borayotgan  sharoitda  muqobil 

energiya  manbalaridan  amalda  foydalanishga  iqtisodiyotning  barqaror  rivojlanishi 

va raqobatbardoshligini  oshirishning  eng muhim  omili  sifatida qaralmoqda. 

 

 

 



 

 

 



 

21 


4. Quyosh energiyasidan foydalanish 

 

         Jahon  energetika  kengashi  tomonidan  taqdim  etilgan  rejaga  muvofiq,  kurrai 

zaminimizda  har  yili  ishlatiladigan  yoqilg`i  15  milliard  tonna  neft  yoqilg`isi 

ekvivalenti  energiyasidan  oshmagan  taqdirdagina  bunday  halokatning  oldini  olish 

mumkin. 

Buning 


uchun 

2050-yilga 

borib 

sarflanishi 



mo`ljallanayotgan 

yoqilg`ining  qirq foizi quyosh, shamol, oqar suv yordamida hamda biologik usulda 

hosil   qilinadigan  energiya  kabi  qayta  tiklanuvchan  issiqlik  manbalaridan 

foydalanish 

hisobiga 

qoplanishi 

lozim. 

         O`zbekiston  quyosh  energiyasidan  xalq  xo`jaligining  turli  jabhalarida 



foydalanish  uchun  qulay  tabiiy  sharoitda  joylashgan.  Yurtimiz  iqlim  sharoitida  har 

yili  bir  kvadrat  metr  yer  sathiga  bir  million  yetti  yuz  ming  kilovatt-soat  miqdorida 

quyosh 

energiyasi 



tushadi.  

          O`zbekiston  Fanlar  akademiyasining  "Fizika-Quyosh"  ilmiy  ishlab  chiqarish 

birlashmasi  selektiv  qoplamalar  va  quyosh  issiqlik  qurilmalari  laboratoriyasida 

bunday  vazifalar  echimini  topishga  xizmat  qiladigan  noan`anaviy,  qayta 

tiklanuvchan  va  ekologik  toza  quyosh  energiyasidan  issiqlik  manbai  sifatida 

foydalanuvchi  qurilmalar  majmuasi  yaratildi.  O`zbekiston  energetiklarining  bu  

borada  qo`lga  kiritgan  yutuqlari  quyosh  energiyasidan  issiqlik  ta`minoti  tizimlarida 

keng 


foydalanish 

imkonini 

beradi. 

          Respublikamizda  ishlab  chiqarilayotgan  65  million  tonna  shartli  yoqilg`ining 

uchdan  bir  qismi  aholining  issiqlik  energiyasiga  bo`lgan  ehtiyojini  qoplash  uchun 

sarflanadi.  Agar  uning  25  foizi  quyosh  energiyasi  hisobiga  qoplansa,  talab 

qilinadigan  an`anaviy  yoqilg`i  miqdori  sezilarli  kamayadi,  atrof-  muhitga 

yetkazilayotgan 

zararning 

oldi 


olinadi. 

           Quyosh  energiyasini  issiqlik  energiyasiga  aylantiruvchi  qurilma  quyosh 

kollektori  deb  ataladi.  Iste`molchilarning  issiqlik  energiyasi  yoki  issiq  suvga 

bo`lgan  ehtiyojini  istalgan  vaqtda  qondirish  uchun  yana  qo`shimcha  issiqlik 

energiyasi  akkumulyatorlari  talab  etiladi.  Hozirgi  paytda  olimlarimiz  shunday 

qurilmalarning  keng  ko`lamda  foydalanishga  mo`ljallangan  nusxalarini  ishlab 



 

22 


chiqib, 

amaliyotga 

tatbiq 

etish 


borasida 

izlanmoqda. 

         Quyosh  energiyasidan  amalda  foydalanishning  yana  bir  muhim  yo`nalishi uni 

fotoelektrik 

batareyalar 

yordamida 

elektr 

energiyasiga 



aylantirish 

va 


markazlashgan  elektr  tarmoqlari  etib  bormagan  joylardagi  iste`molchilarni 

ta`minlashdir.  Bu  borada  jahonning  rivojlangan  mamlakatlarida  samarali  usullar 

yaratilgan. 

         Quyoshdan  olinadigan  elektr  energiyasi  narxini  yanada  pasaytirishning 

istiqbolli  yo`llaridan  biri  termodinamik  usuldir.  Bunda  dastlab  quyosh  energiyasi 

harorati  300-350  daraja  bo`lgan  issiqlik  energiyasiga  aylantiriladi,  keyin  undan 

an`anaviy  bug`-kuch  qurilmalari  yordamida  elektr  energiyasi  hosil  qilinadi.  Bu  

usulda  ishlab  chiqilgan  har  bir  kilovatt-soat  elektr  energiyasining  narxi                          

O`zbekiston  iqlimi  sharoitida  0,1  AQSh  dollarigacha  pasayishi  mumkin. 

Tabiiyki,  markaziy  elektr  tarmoqlaridan  uzoqda  joylashgan  kam  quvvatli  energiya 

talab  qiluvchi  iste`molchilarni  an`anaviy  usulda  elektr  energiyasi  bilan  ta`minlash 

iqtisodiy  jihatdan  murakkab  jarayon.  Ilmiy  izlanishlar  natijasida  yaratilgan  yangi 

qurilma 

bunday 


muammoni 

bartaraf 

etishda 

nihoyatda 

qo`l 

keladi.  



Hozir  respublikamizning  tog`oldi  va  cho`l  hududlarida  shunday  qurilmalardan  bir 

nechtasi ishlab turibdi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

23 


5. Shamolni jilovlab elektr energiyasi ishlab chiqarish 

 

       Manbalarda  keltirilishicha,  shamol  tegirmonlari  eramizdan  oldingi  II  asrda 

Eronda  don  yanchish  maqsadida  qo'llanila  boshlangan.  Keyinchalik  dunyoda  keng 

tarqalgan  bunday  tegirmonlar  XIII  asrdan  boshlab  Yevropaga  kirib  borgan.  Elektr 

toki  ishlab  chiqarishga  mo'ljallangan  shamol  tegirmonlari  XIX  asrda  Daniyad a 

kashf  qilingan  va  u  erda  1890-yilda  dastlabki  shamol  elektrostansiyasi  (ShES) 

bunyod  etilgan.  Zamonaviy,  gorizontal  o'qli  ShESlarning  birinchisi  100  kVt 

quvvatga 

ega 

bo'lib, 


1931-yilda 

Yalta 

shahrida 



qurilgan.  

        Hozirgi  vaqtga  kelib,  ShESlarning  qo'llanilish  geografiyasi  g'arbiy  Yevropani 

deyarli  qamrab  olmoqda.  Bu  holga  birlamchi  sabab,  muqobil  elektr  energiyasiga 

bo'lgan  zaruriyatning  shiddat  bilan o'sib borishi bo'lsa, ikkinchi sabab, tabiiy shart-

sharoitdir.  Zero  zamonaviy  ShESlar  3-4  m/s  dan  25  m/s  gacha  bo'lgan  tezlikdagi 

shamol  sharoitida  va  relefi  nisbatan  baland  bo'lmagan  joylarda  optimal  ishlaydi.                       

Ma'lumotlarga  ko'ra,  ShESlarni  ishlab  chiqarish  va  ulardan  foydalanish  bo'yicha 

Germaniya  jahonda  etakchilik  qilmoqda.  Mazkur  mamlakatda qisqa vaqt davomida 

9000  MVt  dan  ziyod  quvvatli  ShESlar  o'rnatildi  va  bu  jarayon  jadal  davom 

ettirilmoqda.  ShESlarni  ishlab  chiqarish  Germaniya  va  Daniya  mamlakatlari 

eksportining  salmoqli  qismiga  aylandi.  Ayni  vaqtda  Yevropa  mamlakatlari 

sanoatining  ShESlar  bilan  bog'liq  tarmoqlarida  60  mingdan  ziyod  kishi  doimiy  ish 

bilan 

ta'minlangan.  



        Ba'zi  mamlakatlarda  shamol  energetikasi  sohasini  maqsadli  rivojlantirishga 

yo'naltirilgan  tadbirlarga  e'tibor  qarataylik.  2020-yilga  kelib,  Germaniya  20  foiz 

elektr  energiyasini  ShESlar  yordamida  ishlab  chiqarishni  rejalashtirgan.  Buyuk 

Britaniya,  Norvegiya,  Kanada,  Hindiston,  Yaponiya,  Ispaniya,  Yangi  Zelandiya, 

Misr  kabi  mamlakatlarda  yaqin  kelajakda  shamol  energetikasi  sohasini  maqsadli 

rivojlantirish  bilan  bog'liq  davlat  rejalari  ishlab  chiqilgan.  Xalqaro  Energetika 

Agentligi  (IEA)ning  taxminiga  ko'ra,  2030-yilga  kelib,  sayyoramizda  shamol 

energetikasiga 

bo'lgan 

ehtiyoj 


4800 

gigavattni 

tashkil 

etadi!  


Endi  shamol  energetikasining  ba'zi  iqtisodiy  va  ekologik  afzalliklari  haqida 

 

24 


to'xtalib  o'tsak.  Ishlab  chiqarilayotgan  elektr  energiyasi  tannarxining  asosiy  qismini 

ShESni  qurishga  sarflangan  dastlabki  xarajatlar  tashkil  etadi.  ShES  minorasining 

poydevori odatda to'laligicha yer ostida bo'ladi. Bu hol o'sha joyda bemalol qishloq 

xo'jaligi  mahsulotlari  etishtirishda  davom  etish  imkonini  beradi.  Shunday  qilib, 

ShESlar  uchun  ajratilgan  er  maydonlari  ekinlar  hosilining  salmog'iga  deyarli  ta'sir 

qilmaydi.  Ekspluatasiya  davomida  ShES  amalda  hech  qanday  yoqilg'i  talab 

etmaydi.  Misol  uchun,  1  MVt  quvvatli  ShES  20  yilda  taxminan  29  ming  tonna 

ko'mir  yoki  92  ming  barrel  neftni  tejash  imkonini  beradi.  Boshqa  energiya  ishlab 

chiqaruvchilardan  farqli  holda  ular  zararli  chiqindilar  bilan  tevarak-atrofni 

ifloslantirmaydi.  1  MVt  quvvatli  bunday  ShES  sayyoramiz  atmosferasiga  har  yili 

chiqarilayotgan  karbonat  angidrid  (CO

2

)  gazini  1800  tonnaga,  sulfat  oksidi  (SO2) 



gazini 

tonnaga, 



azot 

oksidini 

tonnaga 


qisqartiradi.                                                                                                                

Global  Wind  Energy  Council  tashkilotining  hisob-kitoblarga  asoslanib  tarqatgan 

ma'lumotiga  ko'ra,  2050-yilga  kelib  jahon  shamol  energetikasi  atmosferaga 

chiqarilayotgan  CO

2

  gazining  yillik  hajmini  1,5  milliard  tonnaga  qisqartirar  ekan. 



ShESlarning  yana  bir  afzallik  tomoni  shuki,  ular  muayyan  sharoitlarda  qayta 

tiklanmaydigan  boshqa  energiya  manbalari  bilan  raqobatlasha  oladi.  Eng  muhimi, 

ShES  uchun  energiya  manbai  bo'lgan  shamol  tabiatan  bitmas-tuganmasdir.  Zero, 

mutaxassislarning  aniqlashlaricha,  shamol  energiyasi  manbasi  sayyoramizdagi 

barcha  daryolarda  mavjud  suv  energiyasi  manbalaridan  100  marta  ko'pdir.  Yer 

sathidan  7-14  kilometr  balandlikdagi  shamol  oqimlarining  tezligi  er  sathidagidan 

ko'ra  10-15  barobar  yuqori  va  bu  oqimlarning  tezligi  yil  davomida  deyarli 

o'zgarmaydi.  Bu  hol  jahon  shamol  energetikasi  istiqboliga  ishonch  bilan  qarashga 

umid 

uyg'otadi.  



        Albatta,  barcha  sohalar  kabi  shamol  energetikasini  amaliyotga  tadbiq  etish 

bilan  bog'liq  qator  muammolar  mavjud.  Bu  tabiiy  hol.  Zero  muammolarsiz  hech 

bir  soha  shakllanmagan  va  rivojlanmagan.  Birlamchi,  asosiy  muammo  bu 

shamolning  beqarorligidir.  Bunday  beqarorlik  shamol  yo'nalishi  va  tezligining  tez-

tez o'zgarishida namoyon bo'ladi. Bu esa ShES quvvatining ba'zan salbiy o'zgarishi 

ehtimolini  vujudga  keltiradi.  Bunday  holda  ShESlarning  nisbatan  lokal  tarmog'ida 



 

25 


muayyan  quvvatdagi  energiya  ta'minotini  uzatish  mumkin  bo'lmay  qoladi.  ShES 

tarmog'ining  turg'un  va  barqaror  ishlashini  ta'minlash  maqsadida  akkumulyator 

batareyalaridan  foydalaniladi.  Ular  ShES  ishlab  chiqargan  elektr  energiyasini 

to'playdi  va  bir  maromda iste'molga uzatadi. Ta'minot uzluksiz davom etishi uchun 

bu  batareyalarni  boshqa  energiya  manbalariga  bog'lash  zarurati  mavjud.  Bunday 

manbalar  sifatida  quyosh batareyalaridan  foydalanish  mumkin.   

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

26 


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling