Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi
Download 20.72 Kb.
|
Sharx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqrizchi. Toshmuhammedov. B.Z
“Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi” fakulteti AB-214 guruh talabasi Toshov Mirg'olib tomonidan bajarilgan Ikki yo’lli uchastkalarda avtoblokirovkani qo’llash orqali harakat xavfsizligini ta’minlash bitiruv malakaviy ishiga FIKRNOMA Muallif o‘z ishida O‘zbekiston temir yo‘llarida avtobilokirovkaning qo’llanish masalalarini ko‘rib chiqqan. Malakaviy bitiruv ishining tuzilishi va mazmuni, mavzuni to‘liq ochib berishga imkon beradi. Tahliliy qism, texnik talablar, ekspluatatsiya bo’lim, texnik bo’lim, maxsus topshiriq, hayot faoliyati xavfsizligi, xulosa, foydalanilgan manbalar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan 6 ta bo’limdan iborat. Birinchi bo’limda avtoblokirovka tizimining tuzilishi va tasnifi, tizimning afzalliklari haqida bayon etilgan. Ikkinchi bo’limda avtoblokirovka qurilmalariga qo’yiladigan texnik talablar ko’rsatib berilgan. Uchinchi bo’limda tezlik egriligi bo’yicha svetoforlarni joylashtirish, avtoblokirovka tizimini tanlash, peregon yo’l rejasi va qurilmalarni elektr bn ta’minlash ishlari ko’rib chiqilgan. To‘rtinchi bo’limda elektr markazlashtirish tizimining tanlanishi, stansiyaning bir ipli va ikki ipli rejasi, stansiyaning rels zanjirlari rels zanjirlarining kodlash sxemalari ko’rib chiqilgan. Beshinchi bo’limda maxsus topshiriq AB-E2 mikroprotsessorli avtoblokirovka tizimi yoritib berilgan. Oltinchi bo’limda yashindan himoyalanish hisobi ko’rib chikilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, bitiruv malakaviy ishini bajarish davrida talaba yuqori tahlil qobilyatini, to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish va tizimlashtirish qobilyatini, shuningdek mustaqil xulosalar, takliflar va umumlashtirishlarni namoyish etdi. Talaba intizomi tashkiliy – bitiruv ishlari izchil va rejaga muvofiq amalga oshirildi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Toshov Mirg’olib G’ayrat o’g’li bakalavr darajasini olish uchun taqdim etgan bitiruv malakaviy ishi qo‘yilgan talablarning barchasiga javob beradi, hamda bajarilgan bitiruv malakaviy ishini a’lo bahoga baholayman va himoya qilish uchun tavsiya etaman. Taqrizchi. Toshmuhammedov. B.Z Download 20.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling