"elektrotexnika"fakulteti "elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar"
Download 90.63 Kb.
|
Sanoat kor.el.tam kurs ishi ЛОТИН
- Bu sahifa navigatsiya:
- USLUBIY KO‘RSATMA ANDIJON-2022 «TASDIQLAYMAN»
- «MAQULLANGAN»
- Sanoat korxonalarida elektr taʼminoti” fanidan kurs loyihasini bajarish maqsadi va vazifalari.
- 2. Kurs loyihasining bajarishni tashkil qilish.
- 3. Kurs loyihasini shakllantirish talablari.
- 4. Kurs loyihasining strukturasi va mazmuni.
- 5. Kurs loyihasini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar.
- 6. Kurs loyihasi bo‘limlarining andozaviy masalalarini echish. 6.1 Sexning ichki elektr energiya taqsimoti.
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI “ELEKTROTEXNIKA”FAKULTETI “ELEKTROTEXNIKA, ELEKTROMEXANIKA VA ELEKTROTEXNOLOGIYALAR” KAFEDRASI « SANOAT KORXONALARIDA ELEKTR TA`MINOTI» fanidan kurs loyixasini bajarish bo‘yicha 5310200 ─ «Elektr energetikasi»(elektr taʼminoti) taʼlim yo‘nalishi talabalari uchun USLUBIY KO‘RSATMA ANDIJON-2022 «TASDIQLAYMAN» Andijon Mashinasozlik instituti O‘quv –uslubiy Kengashida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan Kengash raisi v.v.b.____________S. Aliyev №______ «_____» _______ 2022- yil «MAQULLANGAN» «Elektrotexnika» fakulteti kengashida muxokama qilingan va maʼqullangan Kengash raisi____________ Sh. Daliyev №______ «_____» _______ 2022 - yil «TAVSIYA ETILGAN» «Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar» kafedrasi majlisida muxokama qilingan vatavsiya etilgan Kafedra mudiri ______________ B. Mamajonov №______ «_____» _______ 2022 - yil Taqrizchilar: 1. Ismoilov A – Andijon Mashinasozlik instituti «EEE» kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi 2. Abdurahmonov S. - Andijon mashinasozlik instituti «EEE» kafedrasi katta o‘qituvchisi Tuzuvchi: «EEE» kafedrasi assistenti A.Malikov «EEE» kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi M-B.Xodjimatov Kirish. “Sanoat korxonalarining elektr taʼminoti” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni yechish talabalarni oʼqitishning asosiy bir bosqichi hisoblanib, bunda talabalar fanni oʼzlashtirish jarayonidaolgan nazariy bilimlarini kengaytirish, tizimlashtirish va mustahkamlashni oʼziga maqsad qiladi. “Sanoat korxonalarining elektr taʼminoti” fani bo‘yicha tuzilgan ushbu namunaviy dastur qo‘yilgan DTS talablari asosida tuzilgan. Ushbu dastur sanoat korxonalari elektr taʼminotining umumiy masalalarini, elektr energiyasini sifat ko‘rsatgichlarini, elektr yuklamalar grafiklarini, hisobiy yuklamalarni aniqlashni, sex elektr tarmoqlarini hisoblash va ular himoyasini, sanoat korxonalarining elektr sxemalarini, kuch transformatorlarini tanlashni, o‘tkazgichlar va kabel o‘zaklarining ko‘ndalang kesimlarini qabul qilishini, reaktiv quvvatini kompensatsiyalash va himoyaviy zaminlashlarni qamrab oladi. Bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun talabalar quydagilarni o‘zlashtirishi lozim: elektr isteʼmolchilarining guruhlashi va ularning tavsifini, elektr energiyasining sifat ko‘rsatgichlari, elektr yuklamalar grafigi va hisobiy yuklamalarni aniqlash metodikalari, sex elektr tarmoqlari sxemalari va ularning himoyalarini, yuklamalar kartogrammasini va yuklamalar markazini aniqlash, tashqi elektr taʼminotining xarakterli sxemalarni, podstantsiyalarda transformatorlarning sonini va quvvatini aniqlash, o‘tkazgichlar va kabellar o‘zaklarini ko‘ndalang kesimlarini tanlash, qisqa tutashuv toki asosida elektr apparatlarni tanlash, reaktiv quvvat kompensatsiyalash uskunalarini hisoblash, neytral holati va himoyaviy zaminlash, neytrali mustahkam zaminlangan va izolyatsiyalangan elektr qurilmalar, zaminlovchi qurilmalarning hisobiga ega bo‘lishi kerak. Sanoat korxonalarining elektr taʼminoti fani asosiy elektr energetika fani hisoblanadi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy(oliy matematika, fizika) metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash; elektr texnikaning nazariy asoslari, energetika gidro va issiqlik qurilmalari, elektr texnologik qurilmalar, shaxarlarning elektr taminoti, elektr tarmoqlar va tizimlar va h.k fanlardan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari talab etiladi. Sanoat korxonalarning elektr taʼminoti elementlari to‘g‘risida tushuncha hosil qilish va ularning tuzilishini tahlil qilish zarurdir. Ushbu fan talabaga yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun zaruriy bilimlarni beradi. Shuning uchun ushbu fan elektr energetika fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnalogik tizimining ajralmas bo‘g‘indir. Kurs loyihasining maqsadi bakalavrlarni mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish, olgan nazariy bilimlarini qo‘llashda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish va samonaviy texnika hamda texnologiyalarni qo‘llashni o‘rganishdir. Kurs loyihasini bajarishda bakaalavr elektr yuritmaning asosiy sxemalari, mexanikasi, ularning texnik va mexanik ko‘rsatgichlarini tahlil qilish hamda elektr kattaliklarni hisoblash, o‘quv adabiyotlardagi jadval va ifodalarni o‘rganishi kerak. Kurs loyihasini bajarishda bakalavr sanoat korxonalarida, elektr energiya taqsimlanishini taxlil qilish, elektr kattaliklarni hisoblash, elektr taʼminoti uskunalari konstruktiv elementlarini o‘ganish, o‘quv adabiyotlaridan jadval va ifodalaridan foydalanishni o‘zlashtirishi kerek. ”Sanoat korxonalarida elektr taʼminoti” fanidan kurs loyihasini bajarish maqsadi va vazifalari. ”Sanoat korxonalarida elektr taʼminoti” fanidan kurs loyihasi “Elektr energetikasi” yo‘nalishi talabalari tomonidan bajariladi. Kurs loyihasi ”Sanoat korxonalarida elektr taʼminoti” fanining bo‘limlarini o‘z ichiga oladi va uning maqsadi talabalar tomonidan nazariy bilimlarni mustahkamlash, nazariy materialni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasiga ega bo‘lish.. Fanning o‘qitilishidan maqsad - istemolchilarni kerakli miqdorda va sifatda elektr energiyasi bilan taʼminlab beruvchi elektr taʼminottizimini o‘rganishdir. O‘quv fanini o‘rganishning asosiy vazifalari: elektr taʼminot sistemasini ratsional qurish yo‘llarini, shu sistemada ishlatadigan uskunlarni to‘g‘ri tanlash masalalarini, elektr taʼminotsistemasini optimal ishlashini oshirish metodlarini talabalar o‘zlashtirishdir. Ushbu uslubiy qo‘llanmada keltirilgan misollar elektr taʼminoti asoslari darsligining ko‘pgina qismlarini o‘z ichiga oladi. Jumladan: Sanoat korxonasining hisobiy yuklamalarini aniqlash; Sanoat korxonalarida reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish masalalari; Bosh pasaytiruvchi podstansiyaning o‘rnatish joyini aniqlash va elektr yuklamalari kartogrammasi; Transformatorlarning soni va uvvatini aniqlash; Havo va kabel liniyalarining ko‘ndalang kesim yuzalarini tanlash. 2. Kurs loyihasining bajarishni tashkil qilish. Talabalarga kurs loyihasiga topshiriq VI semestr boshida taqdim etiladi.Sanoat korxonalarida elektr taʼminoti fanining amaliy mashg‘ulotlarida talabalar elektr yuritmalarni loyihalashga oid mashqlarni bajaradilar, loyihalash masalalari bo‘yicha maslaxatlar olishadi, loyihani ayrim bo‘limlari bo‘yicha aniqliklar va static momentni xarakteri bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritiladi,elektr dvigatelni tormozlash va tezligini rostlash usullari aniqlanadi va h.k. Kurs loyihasini yakunlanishida loyiha raxbari hisoblashlarni to‘g‘ri bajarilganligi, grafik qismi sifatli tayyorlanganligi, topshiq bandlarini to‘liq echimini topganligi to‘g‘risida xulosa beradi va loyihani himoyaga tavsiya etadi. Kurs loyihasini himoyasi natijasi bo‘yicha talaba ishi baholanadi va diplom loyihasini bajarishda qo‘llash mumkinligi haqida hulosa chiqaradi. 3. Kurs loyihasini shakllantirish talablari. Kurs loyihasi A4 formatdagi qog‘ozda bajarilgan muqovalangan, tikilgan hisob-yozma bayoni (HYoB) ko‘rinishida tayyorlanib, tekshirish uchun loyiha raxbariga topshiriladi.Loyihani grafik qismi (GQ) 2ta A2 formatli vatmanda ilova qilinadi. Loyihani hisob-yozma bayoni aniq va tushunarli qilib ko‘k yoki qora pastali ruchkada qo‘l bilan yoziladi, shatrli belgilar va formulalar texnik standartlar talabiga mos kelish shart. Hisob-yozma bayonidagi maʼlumotlar mantiqiy ketma-ketlikda berilishi, hisoblashlar va qabul qilingan echimlar asoslangan, iboralar aniq va qisqa bo‘lishi lozim. HYoBning titul varagi o‘rnatilgan tartiba tayyorlanishi kerak. Kurs loyihasini boblari va bo‘limlarining nomlari raqamlanadi. Masalan: 2.3.(nomi) – ikkinchi bo‘lim uchinchi qism(punkt) va h.k. HYoB betlari nomerlanadi, bo‘lim va punktlarining nomlarini betlari ko‘rsatilgan holda mundarijaga chiqariladi. Kurs loyihasini chizma sxemalar qismi qalam bilan texnik chizmachilik talablariga rioya qilgan holda bajariladi, asosiy yozuvlar shrift bilan yoziladi, nomlanadi va ijrochi tomonidan imzolanadi. Yakunlangan va himoyaga tavsiya etilgan kurs loyihasi loyiha raxbari va kafedra mudiri tomonidan imzolanadi. Kafedra tomonidan tasdiqlangan topshiriq bo‘yicha bajarilmagan va yuqoridagi talablarga jovob bermaydigan loyihalar himoyaga qo‘yilmaydi. 4. Kurs loyihasining strukturasi va mazmuni. Sanoat korxonalarida elektr taʼminoti fanidan kurs loyihasiga oid hisoblashlar, hamda chizmalardan iborat bo‘ladi. Kurs loyihasining mavzusi loyiha raxbari tomonidan belgilanadi. Kurs loyihasining hajmi, strukturasi va mazmuni kurs loyihasini topshirig‘i asosida aniqlanadi (ilova-1). 5. Kurs loyihasini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar. Kurs loyihasi talabaning mustaqil ishi hisoblanadi, uni bajarish davomida “Sanoat korxonalarida elektr taʼminoti” fanidan olgan nazariy bilimlarni ishlatishni o‘rganadi. Loyihani bajarish natijasida talaba texnik adabiyotlar va hujjatlardan foydalanish ko‘nikmasini oladi, elektrotexnik sxema elementlari va ularni shartli belgilanishini yodlaydi, korxona elektr taʼminoti sxemalarini o‘qishni o‘rganadi. Kurs loyihasini hisob-yozma bayonida loyihalash topshirig‘i va boshlangich maʼlumotlar beriladi. Loyihani kirish qismida sanoat korxonalari elektr taʼminotining umumiy masalalarini, elektr energiyasini sifat ko‘rsatgichlarini, elektr yuklamalar grafiklarini, hisobiy yuklamalarni aniqlashni, sex elektr tarmoqlarini hisoblash va ular himoyasini, sanoat korxonalarining elektr sxemalarini, kuch transformatorlarini, o‘tkazgichlar va kabel o‘zaklarining ko‘ndalang kesimlarini tanlash, reaktiv quvvatini kompensatsiyalash va himoyaviy zaminlashlarni ko‘rsatilgan. Tok turi taqsimlovchi tarmoq kuchlanishi kattaligi, sex kuch tarmoqlarini konstruksiyalari tanlanadi. Sex kuch tarmoqlari elementlarini sex planiga joylashtiriladi va elektr energiyani taʼminlovchi va taqsimlovchi sxemalari tuziladi. Sexlar bo‘yicha yoritish quvvati, yuklama xisobiy quvvati aniqlanadi. Sex kuch tarmoqlari uchastkalari yuklamalari, korxona bo‘yicha umumiy yuklama va quvvat koeffitsiyenti aniqlanadi. Kuch tarmoqlari elementlariga kelayotgan o‘tkazgich ko‘ndalang kesim yuzasi topiladi. Sex to‘la yuklamalari aniqlash, sex taʼminlovchi tarmog‘ini xisoblash, taʼminlovchi tarmoq tizimlarini, konstruksiyasini va sex yoritish sistemasini tanlash. Yoritish chiroqlarini, bosh pasaytirish va sex podstansiyalarini joylashtirish. Qisqa tutashuv tokini xisoblash, yuqori kuchlanishli kommutatsiya va ximoya vositalarini, tarmoqlar konstruksiyasini tanlash va manbadan sex podstansiyalariga energiya uzatish sxemalarini tuzish. 6. Kurs loyihasi bo‘limlarining andozaviy masalalarini echish. 6.1 Sexning ichki elektr energiya taqsimoti. a)Sex kuch elektr tarmoqlarini konstruksiyalarini tanlash. b)Sex kuch tarmoqlari elementlarini sex planiga joylashtirish va elektr energiyani taʼminlovchi va taqsimlovchi sxemalarini tuzish. v)Sex kuch tarmoqlari uchastkalari yuklamalarini aniqlash. O‘rtacha aktiv quvvat РC=Ки Pуст O‘rtacha reaktiv quvvat QC= РC tgφ Xisobiy aktiv quvvat РР=КР Ки Pуст Xisobiy reaktiv quvvat QР= РР tgφ To‘la xisobiy quvvat g)Kuch tarmoqlari elementlariga kelayotgan o‘tkazgich ko‘ndalang kesim yuzasini topish. Xisobiy tok topiladi ; Ip>Iотк “Elektr qurilmalarini o‘rnatish qoidalari”dan standart o‘tkazgich qabul qilinadi e)Sex to‘la yuklamalarini aniqlash. Yoritish, kuch va umumiy quvvat koeffitsiyenti. Yoritish xisobiy quvvatini topish , j)Sex taʼminlovchi tarmog‘ini xisoblash, taʼminlovchi tarmoq tizimlari va konstruksiyasini tanlash. Tarmoq xisobiy toki bo‘yicha Ip>Istandart – kuch kabellari, avtomatlar, saqlagichlar standartdagi modellari tanlanadi. d)Sex yoritish sistemasini tanlash va yoritish chiroqlarini joylashtirish. Sexlar katta-kichik quvvatlari asosida quyidagi turlarga bo‘linadi: 1.To‘rt o‘tkazgichli sistema 2. Uch o‘tkazgichli sistema, nol+2faza 3.Ikki o‘tkazgichli sistema, 4. Uch o‘tkazgichli sistema, uch faza 220V nol+1faza Chiroqlarni joylashtirishda yoritilgan sex yuzasi bo‘yicha bir xil bo‘lishi kerak. Download 90.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling