Elektrovoz turlari va tortuvchi dvigatellar tavsifi, elektrovozlarni boshqarish sxemalari va ularni ishlash rejimi


Download 0.79 Mb.
Sana20.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1788012
Bog'liq
Elektrovoz tur


Elektrovoz turlari va tortuvchi dvigatellar tavsifi, elektrovozlarni boshqarish sxemalari va ularni ishlash rejimi

Elektrovoz transporti


Karyer transporti ustida olib borilgan tadqiqorlar va ko`p yillik tajribalar shuni ko'rsatadiki, karyer sharoitlarida ko'proq elektrovoz trasporti samaraliroq ishlatiladi. Ochiq kon ishlarida elektrovozlar doimiy va o ’zgaruvchan tokda ishlaydi. Doimiy tokda ishlavdigan elektr tortuvchi lar 550, 750, 1500 va 3000 v kuchlanishlarda ishlashi mumkin. Zamonaviy qudratli elektrovozlar asosan 1500 v kuchlanishda ishlaydi. Bir fazali o'zgaruvchan tok tizimi o'zgarmas tok tizimidan qator afzalliklari bilan farqlananib. bunda qimmatbaho to’grilagich (o'zgaruvchan tokni o'zgarmas tokka aylantiruvchi) podstansiya talab etilmaydi. O'zgaruvchan tokda, normal chastotada ishlovchi yuqori samarali tortish dvigatelini yaratish qiyinligi hozirgi vaqtgacha o'zgaruvchan tok elektrovozlarini ishlab chiqarishni qiyinlashtirmoqda. Keyingi vaqtlarda bir fazali o'zgaruvchan tokda yuqori kuchlanishlarda ishlatiladigan elektrovozlar ishlab chiqarilmoqda, biroq ularda ham shaxsiy to'g'rilagich qurilmasi o'rnatiladi. bunda elektr ta ’minotida bir qancha soddalashish va yengillashish yuzaga keladi.

Elektr energiyasini qabul qilish bo`yicha elektrovozlar kontaktli,akamulyatorli, kontakt kabelli va kontakt dizelli turlarga b`linadi.


1.Kontaktli elektrovozlar 40-450/00 qiyalikda o`z tezligini kamaytirmasdan torta oladi .Dvigatellar quvvati 2000-2500kVt ga yetadi .
2. Akkumulatorli elektrovozlarning asosiy afzalligi kontakt tarmog'ini talab etmasligidir. Akkumulator batareyalarining quvvathajmi chegaralanganligi uchun ishlatilish kо 'lami ham chegaralangan bo'ladi. asosan. manyovr ishlarida qo`llaniladi. Birikish og'irligi 60-70 t ni, dvigateli quvvati 150-200 kVt ni tashkil etadi.
3. Kontakt-kabelli elektrovozlar elektrlashtirilmagan ustuplarda va ag'darmalarda ishlatilib, kabel barabaniga ega bo'ladi. Talab etiladigan kabelning uzunligi, elektrovozning kichik tezlig . kichik quvvati va kabellaming tez ishdan chiqishi bu turdagi elektrovozlarni amalda qo'llashni qiyinlashliradi va deyarli ishlatilmaydi.
4. Kontakt-akkumulatorli elektrovozlar suriluvchan va ag'darma yo'llarida kontakt tarmog'ini o'tkazishni bekor qiladi. Ular asosiy yo'llarda kontakt orqali, tarmoq o'tkazilmagan yo'llarda akkumulator batareyalari orqali elektr quvvati bilan ta'minlanadi. Bu elektrovozlar kontaktli elektrovozlarga qaraganda bir muncha murakkab konstruksiyaga ega. ishlatish va ta'mirlash bir muncha murakkabliklar
keltirib chiqaradi.
5. Kontakt-dizelli elektrovozlar qo'shimcha dizel qurilmasiga egadir. Dizel generatori elektrovoz nominal quvvatidan 40-50 % ni aylantira oladi. Bu elektrovozlar kontaktli elektrovozlarga qaraganda 20-25 % qimmatdir. Bu elektrovozlar AQSh konlarida ishlatilgan, birikish og'irligi 125 t. elektrovoz dvigateli quvvati 1000 kVt, dizel generatori quvvati esa 650 ot kuchini tashkil etadi. Karyer elektrovozlari birikish og'irligiga bog'liq ravishda ikki o'qli. to'rt o'qli va olti o'qli ko'rinishida ishlab chiqariladi. Kichik radiusli egri yo'llarda elektrovozlarning ravon harakatini ta ’minlash uchun odatda elektrovozlar buriluvchi telejkalarga o'rnatiladi.
Elektrovozlar tuzilishi
Elektrovoz mexanik, pnevmatik va elektr qisrnlardan tashkil topgan. Mexanik qismlariga kuzovi. yurish uskunalari, zarb-tortuvchi asboblari, pnevmatik qismlariga - tormozlash tizimi va boshqarish asboblari. elektr qismlariga esa - tortuvchi elektryuritmalari, vordamchi mashinalari. tokqabulqilgich va elektrovozni boshqarish apparatlari kiradi.
Elektr qismi. Elektrovozni kontakt tarmog'idan tok bilan taminlash markaziy va yon tok qabul qilgichlar orqali amalga oshiriladi.
Markaziy tok qabulqilgich (pontograf) lar sharnirli konstruksiyaga egadir. elektrovoz harakati vaqtida pontografning ulanish qismi kontakt tarmog`iga 8-12 kg kuch bilan tegib turadi. Pontograf pnevmatik boshqariladi. Yon tok qabul qilgichlar suriluvchan zaboy va ag'darma yo'llarida yon tarafdan kontakt tarmog'i o`tkazilgan vaqtlarda ishlatiladi. Ko'pchilik elektrovozlar ketma-ket qo'zg'alishli elektr yuritmalari bilan jihozlangan.



Olti o'qli elektrovozda tortish elektr dvigatellarining ulanishi: a - ketma-ket; b-ketma-ket - parallel; v-parallel; 1 - ishga tushiruvchi rezistor, 2-tortish elektr dvigateli yakori; 3-qo'zg'atuvchi cho'lg'am

VL10 rusumli elektrovozda jihozlarning joylashishi: 1 - boshqaruv pulti: 2-mashinist o'rindig'i; 3-tezkor ishlovchi uzgich; 4, 5-induktiv shunt va rezistorlarning balkalari; 6, 8 - ulash rezistorining bloki; 7-tok qabul qilgich; 9- motor-ventilyator; 10-motor-kompressor; 11-elektrovoz ikkinchi bo'limining kuzovi; 12-tortish elektr dvigateli; 13 - g'ildirak jufti



Foydalanilgan adabiyotlar
1.Transport mashinalari.G.M.Mirsaidov
2.You tube .3dfab.ru
3.Kon mashinalarini elektr jihozlari va avtomatlashtirish.J.B.Toshov O.U.Zoxidov A.A. Xamzayev
Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling