Xalkopirit-piritli mis boyitmalarining ratsional tarkibi
Download 80.85 Kb.
|
XALKOPIRIT
XALKOPIRIT-PIRITLI MIS BOYITMALARINING RATSIONAL TARKIBIREJA: Xalkapirit Xalkopirit-piritli mis boyitmalarining ratsional tarkibini hisoblashXalkopirit (yun. Chalkos mis va pirit), mis kolchedani — mineral, mis va temir sulfidi. Kimyoviy tarkibi CuFeS2 (34,57% mis, 30,54% temir, 34,9% oltingugurt), aralashma holda Ag, Zn, Au, As, Se, Sn bor. Tetragonal va kub singoniyada kristallanadi. Moʻrt. Yarimoʻtkazgich; antiferromagnetik. Donador, yashirin kristalli, baʼzan buyraksimon agregatlar hosil qiladi. Rangi oltindek sariq, toʻq sariq. Metalldek yaltiroq. Qattikligi 3—4; zichligi 4,1—4,3 g/sm3. Deyarli barcha genetik tipdagi magmatik konlardan choʻkindi konlargacha uchraydi. Intruziv jinslar orasida joylashgan misnikel sulfid konlarida pirrotin, pentlandit, magnetit, kubanit va boshqa minerallar bilan birga topiladi. Nurash jarayonida X. hisobiga kuprit, malaxit, limonit, xrizokolla va boshqa minerallar hosil boʻladi. X. misning eng koʻp tarqalgan minerali va mis rudalarining asosiy minerali. Konlari Rossiya Federatsiyasi (Norilsk), Qozogʻiston (Jezqazgan), Kanada, Ispaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, Markaziy Afrikada mavjud. Oʻzbekistonda Olmaliq, Qoʻngʻirot, Qoʻrgʻoshinkon, Qalmoqqir, Qoʻshbuloq, Qoramozor konlarida topilgan. Ratsional tarkibni hisoblash xuddi boshqa metallurgiyadagi hisoblashlar kabi 100 kg quruq modda uchun olib boriladi. Hisoblashni olib borish uchun, albatta, boyitmaning mineralogik tarkibini hamda kimyoviy tarkibini bilish talab qilinadi.
2.1-jadval Mis boyitmasining ratsional tarkibi, % Download 80.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling